3-bob. TIJORAT BANKLARI
3.1. Tijorat banklari to„g„risida umumiy tushunchalar
[68]. Tijorat banklari – bank tizimining quyi bo„g„ini bo„lib, jis-
moniy va yuridik shaxslarning bo„sh turgan pul mablag„larini jalb qilish
va ularni o„z nomidan, to„lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti aso-
sida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank faoliyati deb hisob-
lanadigan barcha operatsiyalarni bajaruvchi tijorat tashkilotidir.
Hozirgi davrda tijorat banklarining faoliyati juda ham xilma-xildir.
Ular pul muomalasi va kredit munosabatlarini tashkil qilishdan tashqari,
xalq xo„jaligini mablag„ bilan ta‟minlash, sug„urta operatsiyalari, qimmatli
qog„ozlar oldi-sotdisi, ayrim hollarda vositachilikni va mulkni boshqa-
rishni amalga oshiradi. Shuningdek, maslahatchi sifatida xalq xo„jalik
dasturlarini muhokama qilishda ishtirok etadilar, statistikani olib boradilar.
Tijorat bankining mohiyatini aniqlash uchun ularning:
nima bilan shug„ullanishini;
qanday operatsiyalarni bajarishini;
qanday sifatlarga egaligini;
o„ziga xos xususiyatlarini;
asosi nima bilan belgilanishini;
ichki tizimi qandayligini tushunib etmoq lozim.
Demak, tijorat banki tushunchasi bank faoliyatini xarakterlovchi
tasodifiy savollar yig„indisi emas, balki uslub bo„yicha qo„yiladigan
aniq savollarni ko„rib chiqishni talab etadi. Bunday yondashish bankka
quyidagilar nuqtayi nazaridan ta‟rif berishga asos bo„lishi mumkin:
bank tashkilot yoki muassasa sifatida;
bank korxona sifatida;
bank tijorat yoki savdo korxonasi sifatida;
bank vositachi korxona sifatida;
bank birja agenti sifatida;
bank kredit beruvchi korxona sifatida.
Bankka tashkilot nuqtayi nazardan qarash ko„z oldimizga boshqaruv
apparatini gavdalantirsa, korxona sifatida qarash esa uni har qanday
korxona singari mustaqil xo„jalik subyekti ekanligiga ishonch hosil
qildiradi. Bank faoliyatini savdo bilan qiyoslash ham tasodifiy emas.
Haqiqatan ham, banklar resurslarni «sotib oladi», ularni «sotadi»,
taqsimlash sohasida faoliyat ko„rsatib, tovarlar ayirboshlashini amalga
oshiradi.
99
Bank yetarli miqdorda mablag„ to„plab, turli qarz oluvchilar talabiga
ko„ra har xil muddatli kreditlarni tanlash imkonini hosil qiladi. Bu holda
bank ikki subyekt – qarz beruvchi va qarz oluvchi o„rtasida vositachi
rolini o„ynaydi. Lekin shuni qayd qilish lozimki turli vositachilar bir
qator xizmat turlarini: yuridik, komission, pochta kabi xizmatlarni
bajarishlari mumkin. Lekin bu bilan ular bank bo„la olmaydilar. Bank
vositachi sifatida bir qator oddiy vositachilardan farq qiluvchi, ya‟ni
ham qarz beruvchi, ham qarz oluvchi hamda ular o„rtasida aloqa
bog„lovchi, shuningdek, hisob-kitoblar vositachisidir.
Bankning muomala sohasidagi faoliyati bilan bog„liq birja agenti
sifatidagi tasavvurlar 20-yillarda paydo bo„lgan. Bunda banklar mustaqil
ravishda birja operatsiyalarini amalga oshirishi, qimmatli qog„ozlar oldi-
sotdisi bilan bog„liq operatsiyalarni bajarishi mumkin.
Nihoyat, banklar valuta ayirboshlashi (oldi-sotdisi) kredit savdosi,
korxona va aholi tomonidan qo„yilgan bo„sh mablag„larga to„lovlar
berish va ularni qarz oluvchilariga «sotish» bilan bog„liq operatsiyalarni
amalga oshiradi. Aytish joizki, bank aslida bank zaminini yaratgan
kreditning rivojlanish natijasida paydo bo„lgan. Shu yerda bank
faoliyatining savdo tashkiloti sifatidagi ta‟rifdan farqini qayd etish
kerak. Savdoda tovar o„z mulk egasini o„zgartirsa, kreditlashda esa mulk
egasi o„zgarmaydi.
Tijorat banklari bir-biridan quyidagilar bilan farq qiladi (7-jadval).
Yuksak rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarning aksariyat
qismi mulk shakli bo„yicha aksioner va xususiy banklar hisoblanadi. Va
hozirgi paytda ham omonatchilar, kichik va o„rta biznes korxonalarga
xizmat ko„rsatish asosan unchalik katta bo„lmagan xususiy banklar
hissasiga to„g„ri keladi. Xususiy banklar:
iqtisodiyotga xususiy sarmoyalarni jalb etish orqali samaradorligi
yuqori ilg„or investitsiya-loyihalariga yo„naltirilgan mablag„larning
ko„payishiga;
kichik va o„rta tadbirkorlarga bank xizmati ko„rsatish saviyasi-
ning oshishiga;
yangi turdagi bank instrumentlarining rivojlanishiga ijobiy ta‟sir
etadi.
Ayniqsa, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil aprel-
dagi «Xususiy tijorat banklarini tashkil etishni rag„batlantirish chora-
tadbirlari to„g„risida»gi farmoni mazkur jabhada muhim ahamiyatga
molik bo„ldi. Faqat 1998-1999-yillar ichida Toshkentda «Alp-Jamol-
100
bank», «Turkistonbank», «XIFbank», Andijonda «Hamkorbank», Qarshi
shahrida «O„ktambank», Qoraqalpog„istonda «Adiletbank», Samarqand-
da «Parvinabank» kabi banklar tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |