3.2. Tijorat banklari resurslari va ularning
kapital bazasi
[76]. Tijorat banklarining resurslari bankning:
o„z resurslari;
jalb qilingan mablag„lari;
emitentlashgan mablag„lar hisobidan shakllanadi.
Bu resurslar banklar tomonidan quyidagi passiv operatsiyalarni
amalga oshirish natijasida yuzaga keladi:
qimmatli qog„ozlarni muomalaga chiqarish yo„li bilan resurslar
yig„ish;
foyda hisobidan har xil fondlar tashkil qilish yoki fondlar sum-
masini oshirish;
boshqa kreditorlar mablag„larini jalb qilish;
depozit operatsiyalarini amalga oshirish.
Bu operatsiyalar bank balansining passiv qismida aks ettiriladi. N-
mamlakatdagi tijorat banklarining resurslari quyidagilar bilan tavsif-
lanadi (8-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |