Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish kreditorlar va omonatchilar
oldida majburiyatlar bajarilishini ta‟minlash imkoniyatiga ega bo„lgan
bank aksiyadorlari umumiy yig„ilishi (ishtirokchilari) tomonidan qaror
qabul qilingan holda amalga oshirilishi mumkin.
Bank aksiyadorlar yoki muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig„ili-
shi qaroriga asosan bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga ruxsat berish
to„g„risidagi iltimosnoma bilan Markaziy bankka murojaat qiladi. Ilti-
mosnoma bilan birga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi:
aksiyadorlar umumiy yig„ilishi tomonidan bankni tugatish to„g„-
risidagi tugatish sabablari ko„rsatilib, qabul qilingan qaror;
bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to„g„risidagi iltimosnoma bilan
Markaziy bankka murojaat qilingan vaqtdagi balans hisoboti;
tugatish komissiyasi a‟zolari ro„yxati;
aksiyadorlar umumiy yig„ilishi tasdiqlagan tugatish qarori.
Bankni majburiy tarzda tugatish Markaziy bankning bank faoliyatini
amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasini qaytarib olish to„g„-
risidagi qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bankni tugatish jarayoni qu-
yidagi bosqichlarni o„z ichiga oladi:
moddiy nazorat va inventarlash;
aktivlarni tekshirish;
aktivlarni baholash va sotish;
sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish;
tugatish jarayonini yakunlash.
Likvidator (tugatuvchi) yoki tugatish komissiyasi Markaziy bankka
quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tugatish komissiyasining hisoboti;
bank aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy yig„ilishining bankni
tugatish (ixtiyoriy ravishda tugatilganda) to„g„risidagi bayonnoma;
Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyani qaytarib olish
to„g„risidagi qarori;
bankni tugatish to„g„risida gazetalarda e‟lon qilingan axborot
nusxasi;
tugatish komissiyasini tuzish to„g„risida qaror;
bankning oxirgi ish kunidagi balansi;
tugatish balansi;
balansdan tashqari hisobvaraqlar bo„yicha tugatish balansi;
soliq inspeksiyasining tugatish dalolatnomasi;
yo„q qilish uchun bank hujjatlari va yig„ma jildlari ajratilganligi
110
to„g„risida dalolatnoma;
hujjatlarni arxivda saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolat-
nomasi;
muhrlarni yo„q qilish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga
topshirilganligi to„g„risida tasdiqnoma.
Markaziy bank taqdim etilgan hujjatlarni ko„rib chiqib, bankni,
banklarni ro„yxatga olish Davlat kitobidan chiqarib tashlash to„g„risidagi
qarorni qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |