44
Ma‟muriy va iqtisodiy usullarga quyidagicha ta‟riflar berish mumkin:
– ma‟muriy usullar direktiv boshqaruvchi va me‟yoriy qoidalar shaklini
oladi, iqtisodiy usullar esa bozor mexanizmi orqali bilvosita amal qiladi:
– ma‟muriy usullar tijorat banklar balansining o„zgarishlariga bevosita
sabab bo„ladi, iqtisodiy usullarning ta‟siri esa Markaziy bank balansida
bilvosita aks etadi;
– ma‟muriy usullar tijorat banklari beradigan kreditlarga to„g„ridan-
to„g„ri ta‟sir ko„rsatadi, iqtisodiy usullar esa banklarning kredit imkoni-
yatlarini kamaytirib yoki ko„paytirib, ularning likvidligiga bilvosita ta‟sir
ko„rsatadi.
Shunday qilib, Markaziy bank pul muomalasiga ikki yo„l bilan, ya‟ni
kreditlar hajmlarining va ular bo„yicha foiz stavkalarining miqdorlarini
(yoki o„zgarishlar yo„lagini) bevosita belgilash yoki pul bozoridagi talab
bilan taklif shartlarini tartibga solish yo„li bilan ta‟sir ko„rsatishi mumkin.
[33]. Foiz stavkalari ustidan nazorat turli shakllarda amalga oshi-
rilishi mumkin. Binobarin, foiz miqdorini ma‟muriy tartibda bevosita
belgilabgina qolmay, balki banklar uchun qayta moliyalashning tartibga
solinadigan stavkalari va qat‟iy belgilangan marjalarni joriy etish yo„li
bilan ham nazorat qilinadi.
Moliyaviy munosabatlar sohasida tijorat banklari bilan ularning
bankdan tashqaridagi mijozlari o„rtasidagi depozit va jamg„arma omo-
natlari bo„yicha foiz stavkalari mustaqil belgilanadi va Markaziy bank
tomonidan faqat me‟yoriy qoidalar yordamida bevosita nazorat qilinadi.
Pul bozoridagi foiz stavkalari pul muomalasi tezligiga va pul-kredit
siyosatining samaradorligiga o„z ta‟sirini ko„rsatadi. Masalan, muoma-
ladagi pul massasining ko„payishi pulni arzonlashtiradi yoki foiz stavka-
larini kamaytiradi. Ammo foiz stavkalarining pasayishi amalda depozit
va kredit bozorlarida ko„pincha bir xil bo„lmaydi, ya‟ni:
– banklar depozit stavkalari pasayganda kredit foiz stavkalarini pasay-
tirmasliklari mumkin, bunda muomala tezligi uncha o„zgarmasligi yoki
umuman o„zgarmasligi mumkin. Bu hol ko„zlangan maqsadlarni barqaror
qilib qo„yadi.
– foiz stavkalari bir tekis pasayib borganida depozit va kredit foiz
stavkalarining pul mablag„lari muomalasi tezligiga ta‟siri bir-birini yo„qqa
Markaziy bank o„zining hisob va kredit operatsiyalari bo„yicha stavkalarni
mustaqil ravishda belgilaydi. (27-modda)
45
chiqarib yuboradi va pul-kredit siyosatining amal qilishi tobora samarador
bo„ladi.
Pul taklif qilish maqsadlari bilan foiz stavkalari o„rtasidagi
nomuvofiqlik maqsadlar dilemmasini keltirib chiqaradi. Bu dilemma
rahbar pul taklif qilishni hamda foiz stavkalarini bir vaqtning o„zida
barqarorlashtira olmaganida ham kelib chiqadi.
Qarama-qarshi maqsadlar kolliziyasi natijasida ancha pragmatik,
maqsadli o„rtacha pozitsiyani ishlab chiqish mumkin bo„ladiki, bunda
foiz stavkalariga ham, shuningdek, pul taklif qilishga ham ma‟lum dara-
jada e‟tibor beriladi. Biroq ularning birortasi ham ochiqdan-ochiq afzal
ko„rilmaydi.
Moliya bozorlari yetarli rivojlanmagan bir sharoitda pul-kredit
siyosati vositalari bilan foiz stavkalari o„rtasida bog„lanish kuchsizligi
ayniqsa aniq kuzatiladi. Masalan, 1990-1995-yillarda O„zbekistonda
bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida pul-kredit siyosati pul
bozorlarida foizlar hosil bo„lishiga sezilarli ta‟sir ko„rsatgani yo„q.
Tijorat banklarini qayta moliyalashda markazlashtirilgan va banklararo
kreditlarning ustunlik qilishi, zaxira talab qilishdagi yuqori me‟yorlar
pul bozorlarida foiz belgilash shakllantirilishiga to„sqinlik qildi.
Moliya bozori rivojlanmaganligi natijasida turli foiz stavkalari o„rta-
sida o„zaro kuchsiz bog„lanish mavjud bo„lib turdi. Bu hol Markaziy
bankning foiz siyosatiga to„sqinlik qilgan va uni tijorat banklari krediti
bo„yicha foizlar belgilash ustidan nazorat qilishning bevosita
choralarini qo„llashga majbur qilgan edi.
Davlatning xalqaro siyosati ham foiz stavkalariga o„z ta‟sirini
ko„rsatadi. Foiz stavkalarini oshirish mamlakatga chet el moliyaviy
investitsiyalarni ko„paytiradi, ichki milliy valutaga bo„lgan talabni ku-
chaytiradi. Milliy valuta qiymatining oshishi uning chet el valutalariga
nisbatan kursi oshishiga, sof eksportning pasayishiga olib keladi.
Foiz stavkasining pasayishi xorijdan moliyaviy kapital kirib keli-
shini kamaytiradi. Binobarin, milliy valuta kursi pasayadi, sof eksport
esa oshib boradi. Shu sababli, mamlakatda foiz stavkasining o„zgarishi
tufayli kelib chiqqan kapital oqimlari mamlakat ichida pul-kredit si-
yosatini kuchaytiradi.
[34]. Kreditning eng yuqori miqdoriy chegarasini belgilash usuli
yordamida pul-kredit siyosatini o„tkazish, odatda, iqtisodiyot tuzilmasini
qayta qurish davrida muvaffaqiyatli qo„llaniladi. Bunday kredit resurs-
lari birinchi navbatda ustuvor tarmoqlarga ajratiladi. Boshqa tarmoqlar
46
uchun cheklangan kreditlash tartibi joriy etiladi. Kreditning eng ko„p
miqdorlarini belgilash quyidagi hollarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: