Klassik banknotlar veksel (tovar) va oltin (Markaziy bankning
oltin zaxirasi) bilan ta‟minlanadi.
Klassik banknotlarning ikki tomonlama – kredit va metall bilan ta‟-
minlanishi banknotlar muomalasining nisbatan barqaror va moslashuv-
chan bo„lishiga kafolat beradi. 30-yillardan boshlab barcha rivojlangan
mamlakatlarda oltinga almashtirilmaydigan banknotlargina chiqarila
boshlandi. Hozir faqat ayrim mamlakatlar qonunlarida banknotlar oltin
bilan ta‟minlanishi ko„zda tutilgan. Aksariyat davlatlarda u qonun yo„li
bilan bekor qilingan.
1
Bu
h
aqda mazkur turkumning 2-soniga qarang. (Abdullayev Yo., Qoraliyev T. Pul. – T.: Me
h
nat,
1997.)
Do'stlaringiz bilan baham: |