Iqtisodiy usullarga asosan bilvosita ta‟sir ko„rsatadigan tadbirlar
kiradi. Bu usullar ko„proq, bozor iqtisodiyotiga xos bo„lib, bunda o„z-
o„zini boshqarish jarayonlarining rivojlanishi ikkilamchi darajaga man-
sub har bir kredit muassasasi tomonidan mikro darajada mustaqil pul-
kredit siyosati amalga oshirilishini taqozo etadi. Bu siyosatning natijalari
va samaradorligi mazkur kredit muassasasining bank tizimidagi ahami-
yatini belgilab beradi va raqobatni rag„batlantiradi.
Bu usullar banklar va bankdan tashqari muassasalarning harakat-
lariga faqat bozor kuchlari yordamida ta‟sir ko„rsatish yo„li bilan amal
qiladi. Ana shu maqsadda Markaziy bank o„zining vakolatlaridan muo-
maladagi pul massasi hajmini belgilash uchun foydalanadi va iqtiso-
diyotga pul bozoridagi foiz stavkalarining o„zgarishiga qarab ish tutish
imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |