2.2. Markaziy bankni boshqarish
[23]. O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki O„zbekiston Res-
publikasi Oliy Majlisi oldida hisobot beradi va o„z vakolatlari doirasida
qarorlarni mustaqil qabul qiladi. Markaziy bankning oliy organi uning
Boshqaruvidir. Boshqaruv Markaziy bank siyosati va faoliyatining aso-
siy yo„nalishlarini belgilab beradi, bankni boshqaradi. Boshqaruv tarkibi
o„n bir kishidan iborat bo„lib unga Markaziy bank Raisi, uning o„rin-
bosarlari, shuningdek, bankning asosiy bo„limlari rahbarlari kiradi. Mar-
kaziy bank Raisi Boshqaruvning Raisi hisoblanadi. Boshqaruv a‟zolarini
Markaziy bank Raisining taqdimnomasiga ko„ra Oliy Majlisning Ken-
gashi tasdiqlaydi.
Markaziy bank Raisi:
– Markaziy bank va uning Boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi,
bankning fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank zimmasiga yuk-
latilgan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar bo„ladi;
– Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi;
– boshqaruv qarorlarini imzolaydi, buyruqlar va farmoyishlar chiqa-
radi;
– Markaziy bank faoliyati va joriy operatsiyalarini operativ tarzda
boshqarish bo„yicha harakatlarni amalga oshiradi;
– Oliy Majlisda, hukumatda, vazirliklar va idoralarda, sudlarda, xal-
qaro va chet el tashkilotlarida bank faoliyatiga doir barcha masalalar
bo„yicha Markaziy bank nomidan ish ko„radi;
– ayrim masalalarni hal qilishni o„zining o„rinbosarlariga, markaziy
apparat tarkibiy bo„linmalarining rahbarlariga, hududiy muassasalarning
rahbarlariga topshiradi.
Markaziy bank Raisining vakolat muddati besh yil.
[24]. Boshqaruv quyidagi vakolatlarga ega:
Monetar siyosatning asosiy yo„nalishlarini, shu jumladan, Markaziy
bankning ochiq bozordagi operatsiyalari ko„lami, Markaziy bankning
hisob va ssuda berishdagi foiz stavkalari hamda banklarning Markaziy
bankdagi majburiy rezervlari normasini belgilaydi.
Markaziy bankning xalqaro tashkilotlardagi ishtiroki masalasini hal
qiladi.
37
Banknotlar va tangalarning nominal qiymati va namunalarini, shu-
ningdek, pul belgilarini muomalaga chiqarish shartlarini belgilaydi.
O„zbekiston Respublikasi Hukumatiga beriladigan ssudalar miqdori
va shartlarini tasdiqlaydi.
Banklar uchun iqtisodiy normativlarni tasdiqlaydi va ularga rioya
etilishini kuzatib boradi.
Bank faoliyati bilan shug„ullanish uchun litsenziyalar berish va
ularni qaytarib olish to„g„risida qarorlar qabul qiladi.
Markaziy bankning tashkiliy tuzilmasini belgilaydi.
Markaziy bank xarajatlari va daromadlari smetasini tasdiqlaydi.
Markaziy bankning yillik va moliya hisobotlarini ko„rib chiqadi.
Markaziy bankning tarkibiy bo„linmalari, muassasalari va korxo-
nalari rahbarlarini tasdiqlaydi.
Markaziy bank tarkibiy bo„linmalari, uning muassasalari va tash-
kilotlari rahbarlarining hisobotlari hamda ma‟ruzalarini tinglaydi.
Markaziy bank xodimlarini yollash, ishdan bo„shatish, ularning
mehnatiga haq to„lash shartlarini, shuningdek, ularning kreditlar olish va
aksiyalar sotib olish tartibini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi.
Bulardan tashqari, Boshqaruv Markaziy bank vakolati doirasidagi
boshqa masalalarni ko„rib chiqadi va hal qiladi.
Boshqaruv o„z majlislarini oyiga kamida bir marta o„tkazib turadi.
Majlisni Markaziy bank Raisi chaqiradi. Majlislar, shuningdek, Boshqa-
ruvning kamida uchta a‟zosining talabnomasi bo„yicha chaqirilishi
mumkin. Boshqaruv majlislariga Markaziy bank raisi, u bo„lmagan pay-
tlarda esa o„rinbosarlardan biri raislik qiladi.
Boshqaruv a‟zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan
Boshqaruv majlisi haqiqiy hisoblanadi. Boshqaruv qarorlari qatnasha-
yotgan a‟zolarining oddiy ko„pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar
teng kelgan taqdirda Markaziy bank raisining ovozi hal qiluvchi
hisoblanadi.
Boshqaruv majlislari, odatda, yopiq tarzda o„tadi. Boshqaruvning
to„xtami esa qaror shaklida qabul qilinadi.
[25]. Markaziy bank Raisining egallab turgan lavozimidan ozod etish
uchun quyidagilar asos bo„ladi:
– vakolat muddati tugaganida;
– iste‟foga chiqishni so„rab, sabablarini ko„rsatgan holda yozgan
shaxsiy arizasiga ko„ra;
– jinoyat sodir qilishda qonunda belgilangan tartibda aybdor deb
38
topilganda;
– o„zining xizmat vazifalarini salomatligiga ko„ra bajara olmaganda,
davlat tibbiy komissiyasining xulosasi asosida;
– egallab turgan lavozimiga munosib bo„lmagan xatti-harakatlar qil-
ganida, shu jumladan, «O„zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to„g„risida»gi qonunni qo„pol ravishda buzganida va Markaziy bank man-
faatlariga katta zarar yetkazganida.
Bulardan tashqari, Markaziy bank Raisi qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan boshqa asoslarga ko„ra ham egallab turgan lavozimidan ozod
qilinishi mumkin. Raisning birinchi o„rinbosari va o„rinbosarlari esa
Markaziy bank Raisining taqdimiga ko„ra Oliy Majlis Kengashi tomo-
nidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
O„zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyati O„zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining tegishli qo„mita yoki uning topshirig„iga
asosan auditor tashkilotlar tomonidan tekshirilishi mumkin.
[26]. Markaziy bank bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omo-
natchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilinishini ta‟minlash
maqsadida banklar faoliyatini nazorat qiladi, tartibga soladi va banklar
o„rtasida haqiqiy raqobat tamoyillariga amal qilinishiga xizmat qiladi.
Tijorat banklarning haqiqiy moliyaviy mustahkamligini ta‟minlash,
ularning mijozlari manfaatlarini himoya qilish maqsadida Markaziy
bank:
– kapitalning monandlik koeffitsiyentini;
– bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga
riskning eng ko„p miqdorini;
– yirik kredit riski va investitsiyalarning eng ko„p miqdorini;
– likvidlik koeffitsiyentlarini;
– aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek,
bunday tasniflar asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga
kiritiladigan chegirmalardan shubhali va harakatsiz qarzlarga qarshi
tashkil etiladigan zaxiralarni shakllantirishni;
– qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqish va ularni bank
daromadlari hisobvarag„iga kiritishga doir talablarni;
– ochiq valuta mavqeyi limitlari kabi me‟yoriy-iqtisodiy normativlarni
belgilaydi va ularga asoslanib, banklar faoliyatini tartibga soladi.
Markaziy bank iqtisodiy normativlarning o„zgarishi to„g„risida
kamida bir oy oldin e‟lon qiladi.
[27]. Markaziy bank bank operatsiyalarini amalga oshirish, bux-
39
galteriya hisobi va bank statistik hisobotini yuritish, yillik hisobotlar
tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo„lgan qoidalarni belgilaydi.
Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilish bo„yicha quyidagi
vakolatlarga ega:
– banklarning hisoboti va boshqa hujjatlarini olish hamda tekshirish,
ularning faoliyati, shu jumladan, operatsiyalari to„g„risida axborot
so„rash va olish;
– olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish;
– banklar, ularning filiallari va bank bilan uzviy bog„langan yuridik
shaxslarning faoliyatini tekshirish va tartibbuzarlarga nisbatan sanksiyalar
qo„llash;
– banklarning ichki auditi bo„yicha qo„yiladigan talablarni belgi-
lash;
– bank aktivlarini ularning sifatiga qarab tasnif qilish va aktivlar
bo„yicha kutilishi mumkin bo„lgan zararlar o„rnini qoplash uchun shun-
ga monand rezervlar yaratishni talab qilish;
– ishonchsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari va tartibini
aniqlash;
– banklarga ularning faoliyatida aniqlangan tartib buzilishlarni barta-
raf qilish to„g„risida ijro etilishi majburiy bo„lgan ko„rsatmalar yuborish;
– bank aksiyadorlari bank aksiyalarining 20 foizidan ortig„ini sotib
olgan taqdirda ularning moliyaviy ahvoli va mavqeyi to„g„risida axborot
so„rash va olish;
– banklar va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalter-
lariga nisbatan malaka talablarini qo„yish.
Tekshirishlar Markaziy bankning vakolatli vakillari va Markaziy
bank belgilaydigan auditorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Bir yoki o„zaro shartnomalar bilan bog„langan bir necha shaxslar,
shuningdek, sho„ba yoki bir-biriga qaram bo„lgan yuridik shaxslar gu-
ruhi bank aksiyalarining 20 foizidan ortig„ini sotib olishi uchun oldindan
Markaziy bankning roziligini olishi talab qilinadi.
Aksiya sotib oluvchilarning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi aniqlan-
gan taqdirda Markaziy bank bank aksiyalarining 20 foizidan ortig„i xarid
qilinishi va sotilishiga rozilik bermaslik huquqiga ega. Markaziy bank
iltimosnoma olingan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmay, ariza
beruvchiga o„z qarori to„g„risida yozma ravishda xabar beradi.
Markaziy bank auditorlardan Markaziy bankning normativ huj-
jatlariga, shu jumladan, tartib va uslubiyatlariga rioya etishlarini talab
40
qilishga, shuningdek, ulardan bank auditi bilan bog„liq har qanday ma‟-
lumotlarni bevosita olishga haqli.
[28]. Banklar va ularning filiallari iqtisodiy normativlarni belgilov-
chi banklarga oid qonun hujjatlarini buzgan taqdirda Markaziy bank
ustav kapitalining eng kam miqdoridan 0,1 foizgacha jarima undirish
yoxud ayrim operatsiyalarni o„tkazishni 6 oygacha bo„lgan muddatga
cheklab qo„yish huquqiga ega.
Agar yo„l qo„yilgan tartibbuzarliklar yoki bank o„tkazayotgan ope-
ratsiyalar omonatchilar va kreditorlarning manfaatlariga aniq xavf tug„-
dirsa, u holda Markaziy bank quyidagilarga haqlidir:
Bank filiallari to„lovlarni o„z vaqtida o„tkazmagan va ularning
vakillik hisobvaraqlari qoniqarsiz ahvolda bo„lgan hollarda, Markaziy
bank bank filialidan ushbu harakat natijasida olingan daromadni qat‟iy
tartibda undirib oladi, shuningdek, shunday miqdorda jarima soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |