217
stavkasi o„rnatiladi. Yirik hajmdagi DSlaridan qisqa muddatlarda,
asosan bir haftadan to bir yilgacha muddatlarda foydalaniladi. Uning
afzalligi shundaki, bunday DSni ro„yxatdan chiqarish muddati kelgun-
cha ikkilamchi bozorda bir necha marta sotilishi mumkin. Shuning
uchun ham, uni «o„tkazma» DSti deyiladi. Foiz stavkasi o„rnatilgan DS
lari barcha yirik hajmdagi DSlarning 4/5 qismini tashkil qilib, ularni
chiqarishdan asosiy maqsad, foiz daromadi olishdir.
Masalan, agar bank 100 000 dollarlik qiymatga ega olti oylik DS ni
sotib oluvchi xaridorga yillik 8% miqdorida foiz stavkasi va‟da qilsa,
depozitor 6 oydan so„ng quyidagi mablag„ga ega bo„ladi.
Misolimizda:
Xaridorga
to„lanadigan
summa
= 100000 + 100000
·
180 kun
·
0,08
= 104000 $
360
Demak, xaridor 6 oyda 4000 dollar foyda topadi. Hisobdan
chiqarish muddati bir yildan ortiq bo„lgan DSlaridan depozitor har 6
oyda foiz daromadi oladi.
Depozit bozorining 20 foizini tashkil qiluvchi o„zgarib turuvchi foiz
stavkasi bilan chiqarilgan DSlari ma‟lum bir muddat ichida qayta ko„rib
chiqiladi.
Yangi foiz stavkasi depozitlarning ikkilamchi bozorida qo„llanila-
yotgan foiz stavkasi asosida yoki banklararo o„rnatiladigan «libor» foiz
stavkasi asosida o„rnatiladi.
DSlarini sotuvchi bank foyda keltiruvchi qarz mablag„lariga ega
bo„ladi, chunki depozitlar uchun rasmiy zaxira talablari o„rnatilmagan.
Yirik banklarning chek hisob raqamlari uchun esa 10 foizlik zaxira
talablari o„rnatilgan.
Bundan tashqari, DS larining hisobdan chiqarish muddatlari turlicha
bo„lgani va bu muddatdan oldin hisobdan chiqarish qonun bilan
taqiqlanganligi tufayli, bank depozitlarining mustahkamligi va
barqarorligi ta‟minlangan. Lekin yirik hajmdagi DSlarning foiz stavkasi
o„zgarishiga bo„lgan sezuvchanligi yuqori bo„lganligi tufayli bunday DS
Xaridorga
to‟lanadigan
summa
=
Asosiy
summa
+
Asosiy
summa
·
Hisobdan
chiqquncha
kunlar soni
·
Yillik foiz
stavkasi
Bir yildagi kunlar soni
218
laridan muntazam foydalanuvchi banklar daromadining doimo
mustahkam bo„lishini ta‟minlash maqsadida ish olib borishlari (hatto
foizlarni sug„urtalash usullaridan foydalanishlari mumkin) lozim.
[129]. Depozitlar bank mablag„larini tashkil qilishning asosiy man-
bayidir. Ammo bankning kreditlari va investitsiyalarini qoplash uchun
depozitlar hajmi yetarli bo„lmasa, bank boshqaruvchisi qanday tadbir-
larni amalga oshirishi lozim, degan savol yuzaga keladi. Bunda bank o„z
mablag„larini nodepozit qo„yilmalar hisobiga to„ldiradi.
Hozirgi vaqtda jahon amaliyotida nodepozitlarning quyidagi turlari
bank mablag„lari manbayining asosiylari hisoblanadi:
kapital bozoridagi yirik hajmdagi qisqa muddatli depozit
sertifikatlari;
banklararo depozitlar;
qayta sotib olish sharti bilan banklarning qimmatli qog„ozlari
hisobidan ularga Markaziy bank tomonidan beriladigan qarzlar;
kliring chek hisobvaraqlari.
Bank boshqaruvchisi bank mablag„larini tashkil qilish bilan
passivlarni boshqaradi. Shu maqsadda boshqaruvchi mijozlar talabini
qondirish uchun qancha miqdorda va muddatga depozit mablag„lar
kerakligini, uning qaytarilishini ta‟minlashni hisoblab chiqishi lozim.
Bu o„rinda Markaziy bankning qisqa muddatli qarzlari ancha qo„l
keladi. Chunki bu qarzlar Markaziy bankning boshqa banklar mablag„-
lari jamlanib, saqlanadigan majburiy zaxiralar fondidan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: