214
1994-yil aprel oyida O„zbekistonda ochiq turdagi aksiyadorlik
jamiyati sifatida «Vaqt» milliy depozitariysi tashkil etildi. Uning
ta‟sischilari O„zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo„mitasi, «O„z-
moliyainvest» aksiyadorlik jamiyati, SAMTU «Granit», «Toshkent»
respublika fond birjasi hisoblanadi. «Vaqt» AJ aksiyadorlari orasida
«Turon» aksiyadorlik tijorat banki, Rossiyaning «Rinako» depozitariysi,
boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bor.
Milliy depozitariyning asosiy vazifasi O„zbekiston Respublikasi
hududi bo„yicha muomaladagi qimmatli qog„ozlarni hisobga olinishi,
saqlanishi hamda harakat qilishini ta‟minlashdan iborat.
Milliy depozitariy quyidagi ishlar bilan shug„ullanadi:
bozorda muomalada bo„ladigan jami chiqariladigan qimmatli
qog„ozlarni hisobga olish;
aksiyadorlar reyestrlarini yagona texnologik tartibda yuritish;
qimmatli qog„ozlar chiqarilishini naqdsiz shaklda rasmiylash-
tirish;
qimmatli qog„ozlar emissiyasi naqdsiz joylashtirilayotganda ular-
ni soxtalashtirish va yo„qotishdan yuz foiz muhofazalash kafolati;
qimmatli qog„ozlarga egalikdan kelib chiqadigan huquqlarni
(sotish, sovg„a qilish, garovga qo„yish, meros qilib qoldirish) amalga
oshirish yuzasidan topshiriqlarni bajarish;
O„zbekiston Respublikasidagi emitentlar tomonidan chiqarilgan
yoki chiqarilishi ko„zda tutilayotgan qimmatli qog„ozlarni O„zbekiston
Respublikasi hududida muomalaga kiritish kvotalaridan foydalanishni
hisobga olish.
Hozirgi paytda milliy depozitariy quyidagilarni shakllantirish ustida
ish olib bormoqda:
elektron pochta tizimi;
yirik kompyuter tarmoqlarida elektron imzo va kript himoya
tizimi;
elektron shakllar yordamida ma‟lumotlarni elektron ayirboshlash
tizimi;
abonent o„rinlaridan foydalanish;
elektron pochtamtlar.
Milliy depozitariy boshqa depozitariylar bilan vakillik munosabat-
lari o„rnatgan.
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlarning muomalada bo„lishini
tezlashtirish hamda aholi mablag„larini xususiylashtirish jarayonlariga
215
jalb qilish maqsadida milliy depozitariy tomonidan tanlov asosida davlat
mulkining opsion savdosi dasturi ishlab chiqilgan.
Emissiyani joylashtirish va hisobvaraq bo„yicha o„tkazishda
aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarga qulay shart-sharoit yaratish
maqsadida Milliy depozitariy respublikaning barcha viloyatlari hamda
Qoraqalpog„iston Respublikasida o„zining filiallari va ro„yxatga olish
punktlarini ochgan.
Do'stlaringiz bilan baham: