Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Download 4,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/511
Sana13.07.2021
Hajmi4,68 Mb.
#117751
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   511
Bog'liq
bank ishi

 

47-jadval. 

Balans ma‟lumotlariga asoslanib mijozning 

kreditga layoqatliligini aniqlash tartibi 

 

№ 



Ko„rsatkichlar 

Ming so„m 

Bazis davr 

Joriy davr 





1. 

Likvid mablag„lar 

109 627 

138 991 


126,8 

a) pul mablag„lari 

2474 

11313 


457,3 

b) tez sotiladigan talablar 

25606 

62286 


243,2 

c) tez sotiladigan zaxiralar 

81 547 

65392 


80,2 

2. 


Majburiyatlar - jami sh.j.: 

236136 


250464 

106,1 


a) Qisqa muddatli majburiyatlar 

51107 


61179 

119,17 


3. 

o„z mablag„lar manbalari 

185029 

189285 


102,3 

a) ustav kapitali 

169181 

169181 


100,0 

b) rezerv kapitali 

503 

503 


100,0 

c) taqsimlanmagan foyda 

15345 

19601 


127,7 

4.  Uzoq muddatli aktivlar  

126509 

111473 


88,1 

5. 


Aylanma mablag„lar: 

 

 



 

a) jami, sh.j. 

109627 

138991 


126,8 

b) o„z aylanma mablag„lar (3-4)  

 58520 

77812 


132,9 

c) aylanma mablag„larning o„rtacha 

qoldig„i 

54813 


69496 

126,8 


6.  Sotilgan mahsulot hajmi 

234949 


291256 

124,0 


7.  Tahlil qilinayotgan davrdagi kunlar  

360 


360 



Koeffitsiyentlar 

 



  Balans likvidligi (1:2) 



0,46 

0,55 


119,6 

  Qoplash koeffitsiyenti (1:2a) 



2,15 

2,27 


105,6 

  Likvidlik koeffitsiyenti  



  (1 qatorning a+b)/2 

0,55 

1,20 


2,18 

  Moliyaviy barqarorlik 



koeffitsiyenti (3:2)·100 

78,3 


75,5 

96,4 


 

O„z aylanma mablag„larining 



salmog„i (5b:5a) 

53,4 


56,0 

104,9 


  Aylanish koeffitsiyenti 

 

 

 



a) so„mda (6:5v) 

4,3 


4,2 

97,7 


b) kunda (5v · 7:6) 

84 


86 

102,4 


 

Korxonaning  o„z  mablag„lari  bilan  ta‟minlanganlik  darajasi  30 

foizdan  kam  bo„lmasligi  kerak.  Agar  aylanma  mablag„larning  aylanish 

tezligi  ko„proq  bo„lsa,  unday  hollarda  bu  ko„rsatkichning  quyi  darajasi 

(xo„jalik faoliyatining turiga qarab) biroz pastroq bo„lishi mumkin. Agar 

bu koeffitsiyent 60 foiz bo„lsa, kredit riski minimal darajaga tushirilgan 




 

359 


hisoblanadi.  Moliyaviy  barqarorlik  koeffitsiyenti  qancha  yuqori  bo„lsa, 

korxona  shunchalik  moliyaviy  barqaror  hisoblanadi  va  bank  kreditini 

o„z vaqtida qaytarish layoqatliligi yuqori bo„ladi. 

Yuqoridagi  misolimizda  moliyaviy  barqarorlik  koeffitsiyenti  bazis 

davrda  78,3  foizni,  joriy  davrda  esa  75,5  foizni  tashkil  qilib  shu  davr 

ichida  bu  ko„rsatkich  2,8  punktga  kamaygan.  Ammo  bu  kamayish 

mijozning  sinfiga  o„z  ta‟sirini  o„tkazmagan.  Natijada  mijoz  birinchi 

sinfdaligicha qolgan. 



[223].  Mijozni  likvid  yoki  nolikvid  balansliligini  aniqlash  uchun 

kreditga layoqatlilikning quyidagi ko„rsatkichlarini hisoblash zarur: 

 

o„z aylanma mablag„larining hajmi va dinamikasi; 



 

samaradorlik (foydalilik) koeffitsiyenti; 



 

noto„lovlar va aylanma mablag„larining aylanish sur‟atlari. 



O„z aylanma mablag„larining hajmi quyidagicha aniqlanadi: 

 

O„z aylanma 



mablag„lari 

hajmi 


O„z mablag„lari 

manbalari 

Uzoq muddatli 



aktivlar 

 

47-jadvalda:  



5b = 3 - 4 

 

Bazis  davrda  o„z  aylanma  mablag„larining  hajmi  58520  ming 



so„mni,  joriy  yilda  esa  77812  ming  so„mni  tashkil  qildi.  Bu  holat 

mijozning  likvid  balansga  ega  ekanligidan  dalolat  beradi,  chunki  o„z 

aylanma mablag„lari hajmi shu davr ichida 19292 ming so„mga ortgan. 

Uzoq  muddatli  aktivlar  esa  shu  davr  ichida  15036  ming  so„mga 

kamaygan. 

 

Agar  asosiy  vositalar  o„z  mablag„lari  manbayidan  ortiq  bo„lsa,  bunday 



holda mijoz nolikvid balansga ega bo„ladi. 

 

Nolikvid balansli korxonalarga esa kredit berilishi mumkin emas. 



Kreditga  layoqatlilikni  aniqlashda  o„z  aylanma  mablag„larning 

salmog„ini,  ularning  aylanish  sur‟atlarini  inobatga  olish  o„ta  zarurdir. 

Chunki  bu  salmoq  ortib  borsagina  yoki  oldingi  davrga  nisbatan 

o„zgarishsiz  qolsagina  mijozning  kreditga  layoqatliligi  ijobiy  hisob-

lanadi. Mablag„larning aylanish sur‟atlari: 

 



aylanma mablag„larning aylanish koeffitsiyenti (marta); 

 



aylanma  mablag„larning  aylanishi  (kunda)  ko„rsatkichlari  bilan 

ifodalanadi. 

47-jadval ma‟lumotlaridan ko„rinib turibdiki, kuzatilayotgan korxo-

nada  aylanma  mablag„larining  aylanish  koeffitsiyenti  bazis  davrda  4,3 

marta  aylangan  bo„lsa,  joriy  davrda  bu  ko„rsatkich  4,2  martani  tashkil 

qilgan.  Demak,  aylanish  sur‟ati  birmuncha  kamaygan.  Aylanma  mab-

lag„larning  kunlarda  aylanishi  bazis  davrda  84  kunni  tashkil  etgan 



 

360 


bo„lsa,  joriy  davrda  86  kunga  teng  bo„lgan.  Demak,  aylanma  mablag„-

larning  aylanishi  tezlashgan.  Bu,  albatta,  ijobiy  holat.  Chunki  aylanma 

mablag„larning  aylanishi  qanchalik  tezlashsa,  shunchalik  aylanma 

mablag„lari iqtisod qilinadi. 



 [224].  Kredit  mutaxassisi  kredit  oluvchining  kredit  olish  uchun 

ariza berishga va kredit shartnomasiga imzo qo„yishga qonuniy jihatdan 

huquqi  borligiga  ishonch  hosil  qilishi  lozim.  Shu  huquqning  borligi 

mijozning  kredit  olishga  layoqatliligini  bildiradi.  Agar  mijoz  yuridik 

shaxs bo„lib, yirik korxona yoki uyushma bo„lsa, uning vakili albatta shu 

korxona yoki uyushmaning Kengashi tomonidan tayinlangan, tasdiqlan-

gan bo„lishi, uning nomidan muzokaralar olib borib, kredit shartnomasi-

ni  imzolash  huquqini  olgan  bo„lishi  lozim.  Buning  uchun  mijoz  kredit 

mutaxassisiga  Kengash  qarorining  tasdiqlangan  nusxasini  topshirishi 

kerak bo„ladi. 

Mijozning kredit olishga layoqatliligini bildiruvchi ma‟lumotlar: 

 



mijoz va kafillarining haqiqiyligi; 

 



mijoz  yuridik  maqomiga  ega  ekanligini  tasdiqlovchi  Nizom, 

qaror, bitimlar va boshqa hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari; 

 

mijozning  faoliyati,  ishlab  chiqaradigan  mahsuloti,  uning 



mijozlari  va  xomashyo  bilan  ta‟minlovchilari  haqidagi  notarial  tasdiq-

langan hujjatlar to„plami. 



[225].  Kredit  olish  uchun  berilgan  har  qanday  arizani  tahlil  qilish 

jarayonida  kredit  mutaxassisi  mijoz  kreditdan  foydalanishi  natijasida 

olgan  daromadi  orqali  kreditni  qaytarish  uchun  yetarli  mablag„ga  ega 

bo„ladimi, yo„qmi, degan savolga ijobiy javob olishi lozim. 

Mijoz  olgan  kreditni  qoplashi  uchun  asosan  uchta  manbaga  ega 

bo„ladi: 

a) naqd pul oqimi; 

b) aktivlarni sotish va naqd pulga aylantirish; 

c)  qimmatli  qog„ozlar  yoki  majburiyatlar  chiqarish  orqali 

mablag„larni jalb qilish. 

Qayd  qilingan  mablag„lardan  har  qaysisi  kreditni  qoplay  oladi. 

Lekin  banklar  asosan  naqd  pul  oqimini  afzal  ko„radilar.  Chunki  mijoz 

aktivlarining  sotilishi  uning  balansi  ahvolini  yomonlashishiga,  chetdan 

qo„shimcha  mablag„  jalb  qilishi  esa  bankning  kreditor  sifatida 

mavqeyining pasayishiga olib keladi. 

Mijozning pul mablag„lari haqida ma‟lumotlarga quyidagilar kiradi: 

a)  mijozning  o„tgan  davrdagi  dividendlari  va  sotilgan  mahsulotlari 

hajmi; 


b) ko„zda tutilgan naqd pul tushumining yetarliligi; 


 

361 


c) likvid zaxiralarning mavjudligi; 

d)  debitor-kreditor  qarzlarni  to„lash  muddati,  tovar-moddiy 

zaxiralarning aylanishi; 

e) sarmoyaning tuzilishi va leveraj darajasi, ya‟ni  o„z sarmoyasi va 

jalb qilingan mablag„lardan foydalanilgan samaradorlik ko„rsatkichlari; 

f) xarajatlar ustidan nazorat; 

g) qoplanganlik ko„rsatkichlari; 

h) aksiyalari baholarining o„sishi; 

i) boshqaruv sifati; 

j) auditor xulosasi; 

k) buxgalteriya hisobidagi so„nggi o„zgarishlar. 

[226]. Mijozning ta‟minlanganlik darajasi masalasida kredit mijozi, 

mijoz  kreditni  ta‟minlashi  uchun  yetarli  sarmoyaga  yoki  sifatli 

aktivlarga  egami,  degan  savolga  javob  bera  olishi  lozim.  Kredit 

mutaxassisi  mijoz  aktivlarining  xizmat  muddati,  tuzilishi  va  ahvolini 

yaxshilab  o„rganishi kerak.  Bunda  asosiy  omil  mijozning  texnologiyasi 

bo„lib,  uning  aktivlari  texnologiya  nuqtayi  nazaridan  eskirgan  bo„lsa, 

ularning  ta‟minlanganlik  qobiliyati  yuqori  bo„lmaydi,  chunki  mijoz 

daromadlari kreditni qoplash uchun yetmay qolganda, bu aktivlarni naqd 

pulga aylantirish qiyin bo„ladi. 

Mijozning ta‟minlanganligi to„g„risidagi ma‟lumotlar quyidagicha: 

a) aktivlarga egalik huquqi; 

b) aktivlardan foydalanish muddati; 

c) ma‟naviy eskirish ehtimoli; 

d) qoldiq bahosi; 

e) aktivlarni muayyan maqsadlarga mos kelish darajasi; 

f) majburiyatlar va cheklanishlar; 

g) lizing bo„yicha majburiyatlar va garov hujjatlari; 

h) sug„urta kafolati; 

i) bankning kreditor sifatidagi o„rni; 

j) soliq solish bo„yicha da‟volar; 

k) kelajakda yuzaga keladigan moliya bilan ta‟minlanish ehtiyojlari. 

[227]. Kredit mutaxassisi mijoz va u bilan bog„liq bo„lgan sohadagi 

va  umuman  iqtisodiyotdagi  so„nggi  o„zgarishlardan  doimo  xabardor 

bo„lishi  lozim.  Hujjatlarga  ko„ra,  kredit  juda  ishonchli  va  daromadli 

bo„lib  ko„rinishi  mumkin,  lekin  mamlakat  iqtisodiyotidagi  tanglik 

tufayli  mahsulotlar  savdosi  hajmining  va  daromadning  kamayishi  yoki 

pulning  qadrsizlanishi  tufayli  foiz  stavkalarining  ko„tarilishi  natijasida 

kredit  sifati  yomonlashishi  (pasayishi)  mumkin.  Kredit  oluvchi  faoliyat 

ko„rsatayotgan  mazkur  soha  va  iqtisodiyotni  baholash  maqsadida  kre-

ditor ularga taalluqli ma‟lumotlar va axborotlar majmuyini to„playdi. Bu 

quyidagilardan iborat: 




 

362 


a) mijozning tarmoqdagi holati va bozordagi ulushi; 

b)  mijoz  faoliyatining  natijalari  bilan  mazkur  tarmoqdagi  boshqa 

firmalar faoliyatlari natijalarining taqqoslanishi; 

c) mahsulotning raqobatdoshligi; 

d)  mijoz  va  tarmoq  faoliyatining  texnologiyadagi  o„zgarishlarni 

sezuvchanligi; 

e) ish kuchi bozoridagi sharoit; 

f)  pul  qadrsizlanishining  mijoz  balansi  va  naqd  pullari  oqimiga 

ta‟siri; 

g) tarmoqning uzoq kelajakdagi faoliyati rejalari; 

h) qonunlar, siyosat va atrof-muhitni saqlash bilan bog„liq omillar. 

[228].  Mijozning  kredit  olishga  layoqatliligini  baholashning  eng 

so„nggi omili – nazoratdir. Mavjud qonunlar va tartiblarning  o„zgarishi 

mijozning  faoliyatiga  qanchalik  ta‟sir  ko„rsatishi,  mijoz  arizasi  bank 

andozalariga va kreditni tartibga solib turuvchi organlar talablariga mos 

kelishi  nazorat  orqali  aniqlanadi.  Nazorat  quyidagilarni  o„zida 

mujassamlashtiradi:  

a)  bank  faoliyatiga  hamda  kreditlarning  xususiyati  va  sifatiga  ta-

alluqli qonunlar va qoidalar; 

b) nazoratchilarga taalluqli hujjatlar; 

c)  qarzlarning  mavjudligi  va  kredit  olish  to„g„risida  mohirona 

tuzilib, tasdiqlangan hujjat; 

d)  kredit  olish  uchun  yozilgan  arizaning  bank  kredit  siyosatiga 

muvofiq kelishi; 

f)  tarafdor  kishilar  (iqtisodchilar,  siyosiy  ekspertlar)  tomonidan 

kreditni qoplashga ta‟sir etuvchi tashqi omillar haqida axborotlari. 

[229].  Banklar  va  tadqiqotchilar  mijozlarning  moliyaviy  ahvoli  va 

kreditning  qoplanishini  baholash  uchun  asosan  tashqi  ma‟lumotlarga 

tayanadilar.  Bunda  eng  avval  mijozning  moliyaviy  hisobotlari,  taqdim 

etgan  kredit  olish  to„g„risidagi  arizada  berilgan  ma‟lumotlar,  ya‟ni 

olinishi  mo„ljallanayotgan  kredit  hajmi,  kredit  olishdan  maqsad,  kredit 

oluvchining  boshqa  mavjud  majburiyatlari,  ta‟minlanganlik  sifatida 

mijozning taklif qilinadigan aktivlari tahlil qilinadi.  

Bank mijozga avval kredit bergan kreditorlar bilan ham uchrashishi 

va quyidagi savollarga javob olishi mumkin: 

a) mijoz to„lov muddatlariga rioya qilganmi? 

b) mijozning hisobvarag„ida yetarli mablag„ qoldig„i bo„lganmi? 

c) to„lovlarni o„z vaqtida amalga oshirmaslik hollari uchraganmi? 

d) mijoz avval inqirozga uchraganmi? 

Bank  yoki  tadqiqotchilar  mijozning  arizasini  tahlil  qilganlarida 

nafaqat  uning  moliyaviy  ahvolini,  balki  mijoz  faoliyat  ko„rsatayotgan 

ushbu hudud va tarmoqning iqtisodiy ahvoli, agar yirik hajmdagi kredit 




 

363 


so„ralayotgan  bo„lsa,  hatto  jahon  iqtisodiyotining  ahvolini  ham  o„rga-

nadilar.  Ko„pgina  mijozlarning  iqtisodiy  ahvoli  mamlakat  iqtisodi-

yotidagi  va  hatto,  jahon  iqtisodiyotidagi  beqarorlikni  ham  juda  sezuv-

chan  bo„ladi.  Sezuvchanligi  yuqori  bo„lgan  mijozlarga  kredit  berish 

kerak  emas,  degan  bank  xatoga  yo„l  qo„yadi.  Balki  bank  mijozlarning 

ana  shu  xususiyatlarini  e‟tiborga  olib,  kredit  portfelini  shunday 

beqarorlikdan  asrash  yo„lida  o„zlarining  kredit  qo„yilmalari  tizimini 

tashkil qilishlari lozim. 




Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   511




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish