Estetik tarbiyaga tahdidlar va "ommaviy madaniyat"
Milliy ma’naviyatga ta’sir o‘tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni pa estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa ijtirr ma’naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo’naltiri taqozo etmoqda. Ta’kidlash o‘rinliki, estetika niqobi ostida turli xil ko‘rinishdagi “sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchilari”, “ko‘ngilochar” va "musaffo tuyg‘u" baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng daxshatlisisi keyingi paytlarda internet tarmog‘ida vampirizm estetikasi va uning targ‘iboti bilan bog‘liq saytlarning ko‘payib borayotganligi tashvishlanarli holdir. Bu targ‘ibot saytlarni oddiygina qidiruv buyrug‘i orqali topish mushkul emas. Bunday tahdidlarga qarshi go‘zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni ma’naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat mavjudligidan dalolat beradi. Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati.
Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki ko‘rinishidagi bogiiqlikni o‘rganishga bo‘lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur. Vaholangki, o‘tmishda bu sohaga jiddiy e’tibor berilib, qator risolalar yaratilgan. Jumladan, olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga "ichki olamni o‘rganuvchi ilm" deb ta’rif bergan bo‘lsa, sharq allomalari bu borada "Risolai fil farosa" (X asr), "Farosatnoma" (XVI asr) kabi asarlarni yozib qoldiiganlar.
Odatda, farosat tushunchasi estetik baho bilan belgilanadi. U ranjish, nomunosib holat, ko‘ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat bildiramiz. SHuning uchun bo‘lsa kerak, kamdan kam hollarda "farosatli kishi, farosati bor, farosatli" degan so‘zlarni ishlatamiz. Biroq. did, fahm, farosat kabi tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli bo‘lib, fahm - haqiqatga, farosat - ezgulikka, did - go‘zallikka munosabat orqali namoyon bo‘ladi. Har uchchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. SHu ma’noda fahm - aqliy, farosat - axloqiy, did - estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi.
Ayniqsa, estetik did va farosat murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. CHunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uyg‘unlashgan umumiylikdan iboratdir.
"Xo‘sh, bu ilmning estetik tarbiyaga nima daxli bor?" - degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Dahli shundaki, aynan didsizlik va farosatsizlik insonning asl qiyofasini bilishga, uning niyatini anglashga monelik qiladi. Zero, har qanday chiroyli ko‘ringan, itsarali bo‘lishga intilgan, muomalali inson har doim ham go‘zal ishlarni qilavermasligini fahm, farosat, did yordamida ajratib olishimizga to‘g‘ri keladi. Inson ma’naviyatining yuksalishi uning fazilati bilan bog‘liq ekan, bu jarayon albatta, estetik tarbiyaga ehtiyoj sezadi.
Bir paytlar AQSHda kishilarning ijtimoiy holati bilan jinoyatchilik jinoyatga moyil xarakter yoki belgilar bo‘ladimi? - degan mav izlanishlar bo‘lgan. Hozirda ham xunuk ko‘rinishli insonlar yomon bo deb ishonuvchilar uchrab turadi. Farosat ilmining bu nazariyasiga ishonish 1920-yillarda Germaniyada haddan tashqari kuchayib ketadi. Misol uchun 1929-yil Dusseldorf shahrida amalga oshirilgan jinoyatlar ah dahshatga soladi. Polisiya gumon qilgan kishini e’lon qilganida, kim ajablanmaydi ham: 21 yoshli aqli zaif Xans SHtausberg. Lekin xuddi shunday bir jinoyat yana qaytarilgandan keyin "Dusseldorfning haqiqiy qonxo‘ri" qo‘lga olinadi. U ochiq yuzli, juda beozor ko‘ringan, kimda shubha uyg‘otmaydigan Piter Kurten bo‘lgan.
SHuning uchun ham fiziologik jihatdan yomonlikka moyil shaxs ei tarbiya ta’sirida xulqini o‘zgartirib, go‘zal axloqli kishiga ayla mumkin. SHuning uchun o‘zida mavjud yomon hislatlarni yaxshi torn o‘zgartirgan va ma’naviy kamolotga erishgan kishi haqida faqat yi qarab hukm chiqarish adolatdan emas.
SHu o‘rinda estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati haqid* bildirish va bu borada alohida ta’kidlash shart bo‘lgan bir n mulohazalar bor. Ular orasida insonning estetik tarbiyasiga ta’sir etisl psixologik jihatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Buni ong otsi ho< orqali izohlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |