4.YAshirin kadr orqali ta ‘sirqilish. Insonning ong otsi hislariga yai ta’sir qilish xususan 25-kadr ko‘pchilik davlatlar tomonidan ta’qib ostiga olingan. Mutaxassislarning fikricha bu turdagi tashviqot har doim ham yaxshi yo‘lda ishlanavermasdan, aksar shum niyatli insonlarga qo‘l kelishi mumkin. Misol uchun kino yoki seriallarda, "Agar bir insonga davomli ravishda "qo‘shningni o‘ldir!" shaklidagi yashirin kadr bilan ta’sir qilinsa, u hech ikkilanmasdan qotillikka qol urishi mumkin ekanligini tibbiyot psixologiyasi isbotlab berdi.
YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan 4 ta jihatga e’tiborsizlik bugungi kunda tashvishli va tahdidli hodisa sifatida e’tirof etilayotgan "ommaviy madaniyaf’ni avj olishiga olib keladi. Bu borada Prezidentimizning "YUksak ma’naviyat - engilmas kuch" asarlarlarida "Tabiiyki "ommaviy madaniyat" degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egosentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi"- degan purma’no hikmat bor.
Endi ikki og‘iz so‘z "ommaviy madaniyat" haqida. Uning kelib chiqishi, ta’siri, tahdidi borasida mazkur anjuman ishtirokchilarining barchasi habardor, desam yanglishmagan bo‘laman. Lekin, bir narsaga g‘oyatda tahdidli, u ham bo‘lsa, ommaviy madaniyat insonni "qiyofasiz" oqimning bir qismiga aylantirib qo‘yishidadir.
Bu illat aksariyat hollarda haqiqat, go‘zallik, ezgulik singari muqaddas tushunchalarni umumitse’molchilik ehtiyoji bilan bog‘lab, itse’mol va tovar sifatida xaridorgir bo‘lishiga qaratilgan maqsadni tai^g‘ib qiladi. Bu esa pirovardida "bozor adabiyoti", "bozor san’ati" degan ma’naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning "gullab-yashnashi" uchun imkon yaratadi. Bugun turli arzonbaho ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. Didsiz, saviyasiz, "millati"ning tayini yo‘q "badiiy" filmlar ham ko‘payib ketgan. "Bozor san’ati" deganda, birinchi navbatda, ana shunaqa filmlar va bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan yangroq ashulalar esga tushadi.
XXI asr ommaviy madaniyati zamonaviy qiyofada go‘yo rivojlangan madaniy dunyoga integratsiyalashish niqoblari otsida namoyon bo‘lmoqda. Bu niqoblar otsidagi salbiy holatlar va ular shakllantirish mumkin bo‘lgan illatlar bilan umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglay bilish zamon talabidir. Ommaviy madaniyat eng awalo, milliy axloqqa zarba berib, jamiyatning g‘oyaviy tizimini izdan chiqarishi bilan xatarli ekanligini ham to‘g‘ri tushunish kerak. Bu xavf-xatarga qarshi qatiy tura oladigan shaxsni shakllantirishda tarbiyaning barcha ko‘rinishlarini uyg‘un holda olib borish shart. Estetik tarbiya aynan shu maqsad yo‘lida yosh avlodni milliylikka zid bo‘lmagan estetik ideal timsolida, eksak didli qilib tarbiyalash bilan dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Xo‘sh "ommaviy madaniyat" illat sifatida qanday namoyon bo‘lishi mumkin?
1."Ommaviy madaniyat" namoyondalarining amallari o‘zlari har taraflama manfaatdorlikka asoslangan: ular "noyob sn namunalari-g‘oyalarini nafaqat targ‘ib qiladi, balki pullaydi ham.
2.Faqat bugunni, yana ham aniqrog‘i hozirni ko‘radi va tan oladi.
3.Umuminsoniy madaniyatni bo‘ysindirish va o‘z ta’sir doirasiga tortish kabi tuban maqsadlarni amalga oshirishga harakat qiladi.
4.U odamzodning fikrlashiga tish-tirnog‘i bilan qarshi. Andozalashgan axborot-u mahsulotlar qurshovida qolgan odamlarning o‘zi han bora bir oUchamga tushadi: hammaning yurish-turishi, o‘y-kechinmasi fikrlash tarzi, bari bir xil.
5.SHaxsning ijtimoiylashuviga imkon bermaydi. U voqea jaray loqayd, befarq avlodni shakllantiradi.
6."Ommaviy madaniyat" o‘z navbatida mafkuraviy, inforn iqtisodiy qadriyatlardan foydalangan holda "ma’rifatparastlik” asosida o‘ziga xos muomala va muloqot madaniyatini ham targ‘il Buni biz bugungi kunda yoshlar orasida ko‘rishishdagi "boshni boshiga suqishtirish", imo-ishora, o‘zaro muloqotning "kurakda turmaydigan so‘zlar"ga tayanilishi orqali ko‘rib guvohi bo‘lmoqdamiz.
"Ommaviy madaniyat"ning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo‘lgan olomonni shakllantirish bo‘lgani bois, u ma’naviy oziq beradigan badiiy yuksak, o‘quvchini mushohadaga undab, tasavvur O‘ kengayishiga xizmat qiladigan asarlarni yaqiniga yo‘latmaydi. SHuning uchun "ommaviy madaniyat" namunalari badiiy-estetik qimmatga ega emas.
Ommaviy madaniyat xoh G‘arb xoh SHarq bo‘lsin uning rhayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. U yildan yilga inson i uning estetik tafakkuriga juda katta kuch bilan daxl qiluvehi aylanib bormoqda. Bu ayniqsa, estetik tarbiyaning eng muhin bo‘lgan san’at orqali jamoatchilikka ta’sir etmoqda. Bu hodisa behayo filmlar, shahvoniy romanlar, tuturiqsiz musiqalar ko‘rinishida namoyon bo‘lib, ularning asosida fahsh, zo‘ravonlik, shafqatsizlik zo‘ravonlik kabi axloqiy illatlar yotishini bugungi kunda jamiyat ziyoli qatlami tushunib etmoqda.
Bu borada XX asrning 70-yillarida amerikalik bir qator sot faylasuflar, san’atshunoslar "ommaviy madaniyatning taraqqiyotga, ayniqsa umumadaniy jarayonlarga ta’siri haqida bir qator tadqiqotlarni olib їorgan edilar. Xususan, sotsiolog CH.Reych o‘zining "Gullayotgan Amerika" kitobida "Isyonkor yoshlar o‘zlarining shaxsiy "madaniyat"larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil etmoqda. YOsh "isyonkorlar" madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‘liq falsafiy, axloqiy, estetik ahamiyatidan hamda muomala va muloqot madaniyatidan yuz o‘girgan holda o‘zlariga mos qadriyatlarni yaratmoqdalar va ularni himoya qilmoqdalar. Bu kabi "yangi odam" uchun mazkur qadriyatning asosi bu o‘zini mavjud tizimdan tashqarida his qilishga bo‘lgan layoqatidir", - degan fikrni bayon etgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |