Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта таълим вазирлиги


Mavzu-6: Pedagogik muomala madaniyati. Pedagoglarning talabalar bilan muomala metodi. (2 soat)



Download 0,78 Mb.
bet17/32
Sana11.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#348697
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Bog'liq
4 Маърузалар матни

Mavzu-6: Pedagogik muomala madaniyati. Pedagoglarning talabalar bilan muomala metodi. (2 soat)


Reja:

1. Pedagogni talabalar bilan muomalasining mohiyati.

2. Muomala uslubining pedagogik faoliyat uslubi bilan bog’liqligi.

3. Pedagog-muomala sub`ekti sifatida.

4. Pedagogik faoliyat va muomalaning avtoritar, demokratik uslublari.

5. Liberal uslublari

6. Talaba muomalasini tashkil etish.

7. Talabalar faoliyatini tashkil etishda muomalaning roli.

8. Pedagog va talaba muomalasining pedagogik usullari.
Foydalanilgan adabiyotlar:

1. I.A.Karimov «O`zbekiston buyuk kelajak sari».T.O`zbekiston 1998 y.

2. Barkamol avlod orzusi. Toshkent Sharq 1999 y.

3. Davletshin M.G.«O`quvchilarda qobiliyatni tarkib toptirish». T., O`qituvchi 1996 y.

4. Maxmud Xasaniy. «Odob bo`stoni va ahloq gulistoni», Fan. 1994 y.

5. Karimov I.A. «Halollik va fidoyilik faoliyatimizning asosiy mezoni bo`lsin» Toshkent, «O`zbekiston» 1994 y.

6. Karimov I.A. «Adolatli jamiyat sari».
Muomalaning tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish ko`p jihatdan o`qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini aytib o`tish kerak. Pedagogik muomalaning to`g’ri tanlangan, pedagogning betakror individualligiga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi: birinchidan, pedagogik ta`sir ko`rsatish pedagog shaxsi bilan ayni bir narsa bo`lib qoladi, auditoriya bilan muomalada bo`lish jarayonining o`zi soddalashadi, u pe­dagogning o`zi uchun yoqimli, uzviy bo`lib qoladi; ikkinchidan, o`quvchilar bilan o`zaro munosabatlarni yo`lga qo`yish jarayoni ancha yengillashadi; uchinchidan, pedagogik muomalaning barcha eng muhim vazifalari samaradorligi ortadi, shu bilan birga bularning hammasi muomalaning barcha bosqichlarida pedagogning hissiy xotirjamligining ijobiy negizida ro`y beradi.

Talabalarda muomalarning individual uslubini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:

1. Talabalar muomalasi individual uslubining haqiqiy shaxsiy xususiyatlarini o`rganish va ularni talabalarning anglab yetishi. Talabalarning mustaqil tahlil qilishi, o`zaro har tomonlama tavsifnomalari, o`qituvchilarning kuzatishlari asosida amalga oshadi. Talabalar shu maqsadda «Men boshqa kishilar bilan muomalada qandayman» mavzuida insho yozadilar, bir-birlariga shunga o`xshash mazmunda tavsifnoma tayyorlaydilar va hokazo.

2. Shaxsiy muomaladagi kamchiliklarni aniqlash va ularni barham toptirish yuzasidan qilinadigan ishlar:

uyatchanlikni, tortinchoqlikni, muomala uslubidagi salbiy holatlarni yengish.

3. Pedagog uchun muomalaning hissiy jihatdan qulay bo`lgan uslubini ishlab chiqishga doir topshiriqlar va ularni o`z-o`zini kuzatish ma`lumotlari bilan taqqoslash.

4. Muomalada o`z individual uslubi asosida peda­gogik muomala tarkibiy qismlarini egallash (maxsus mashg’ulotlarda) sohasidagi ishlar.

5. O`z muomala uslubiga muvofiq ravishda pedagogik muomaladan iborat yaxlit hodisani bilib olish borasidagi ishlar va muomala uslubiga aniqliklar kiritish (maxsus mashg’ulotlarda).

6. Haqiqiy pedagogik faoliyat individual uslub asosida bolalar bilan muomala qilish, bu uslubni mustahkamlash (pedagogik amaliyot va stajirovka jarayonida).

Ishni endi boshlayotgan o`qituvchi individual muomala uslubini shakllantirish ustida muntazam ish olib borishi zarur.

Tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muomalaning jihatlari muhim rol’ o`ynaydi, ular pedagog bilan bolalarning bevosita o`zaro harakati bilan bog’liqdir. Bu o`rinda bir necha bosqichlarni ajratib ko`rsatiladi. Birinchi bosqich bu tarbiyachining tarbiyaviy jarayon vaziyatidan xabardorligidir, bu jarayon o`ziga pedagogning xotirasida sinf bilan muomalaning oldingi xususiyatlarini tiklashni, muomala vaziyatini qayd etishni, uni o`zaro harakatning oldingi vaziyati bilan, bu harakatning ilgari rejalashtirilgan andazasi bilan tezda qiyoslab chiqishni, o`z muomala uslubiga aniqlik kiritishni qamrab oladi. Shuni nazarda tutish kerakki, bu bosqich juda tez kechadi va xuddi shu bosqichda zarur so`z, ohang, xulq-atvor vujudga kelishi lozim.

Pedagogik muomalaning samarali jarayoni uchun uning shart-sharoitlarini bilib olishning o`zi kifoya qilmaydi. Bolalar bilan o`zaro harakatning boshlanishi o`zaro fikr almashishga doir yana bir muhim vazifani hal qilish bilan muomala ob`ektining diqqatini o`ziga jalb qilish bilan bog’liqdir (ikkinchi bosqich). Muomala ob`ektining, ya`ni o`quvchining diqqatini o`ziga jalb qilish deganda nimani anglash kerak? Buning ma`nosi bo`lajak o`zaro harakatga, ta`limning rejalashtirilgan usullariga, tashkiliy shakllariga ijtimoiy-psixologik negizni asos qilib olish, darsni o`tkazish uchun zarur bo`ladigan o`quvchilar diqqatini jalb qilishdir. Ko`pincha yosh pedagoglar o`quvchilar har doim pedagogga o`z diqqatlarini qaratishlari lozim, deb hisoblaydilar va o`zaro fikr almashishga doir bu muhim vazifalarni sobitqadamlik bilan hal qilmaydilar.

Ko`rsatib o`tilgan bevosita muomala bosqichlari pedagogik ta`sir ko`rsatishning nisbatan mustaqil har bir ko`rinishida vaqti-vaqti bilan takrorlanib turadi, tarbiyaviy jarayonni tashkil etganda ularni nazarda tutish kerak bo`ladi.

Tarbiyaviy ta`sir ko`rsatishni tashkil etishda muomalaning ahamiyati bilan borliq ravishda pedagogik muomala madaniyatiga, tarbiyachining dilkashligiga alohida talablar qo`yiladi, dilkashlik unda kasbkorlik fazilati sifatida namoyon bo`ladi. Tarbiyachi kollektiv, gruppaviy individual ish olib borish jarayonida odamlar bilan muomala qila bilishi, o`quvchilar bilan muomalani aniq maqsadni ko`zlagan holda tashkil eta olishi va ularni boshqara bilishi lozim. Kasb-korga oid pedagogik dilkashlikning yosh o`qituvchi amal qiladigan quyidagi mezonlarini alohida ajratib ko`rsatish mumkin: bolalar bilan turli sohalarda muntazam muomala qilishda barqaror ehtiyojning mavjudligi, muomalaning barcha bosqichlarida hissiy osoyishtalikning namoyon bo`lishi, o`zaro fikr almashishga doir sifatlar, ko`nikmalar va malakalarning mavjudligi.

Pedagog kasbkorga oid shaxsiy fazilat bo`lgan dilkashlikni o`zida shakllantirish ustida muntazam ish olib borishi zarur. Kasbkorga oid shaxsiy o`z-o`zini tarbiyalashning o`zaro fikr almashish aloqasiga doir quyidagi dasturini tavsiya etish mumkin.

1. Kasbkor jihatidan o`z-o`zini anglashni (muomalada o`zining o`zaro fikr almashishga doir sifatlarini, ijobiy va zaif tomonlarini aniqlashni) amalga oshirish va shu asosda o`zaro fikr almashish yo`li bilan o`z-o`zini tarbiyalashning dasturini ishlab chiqish. Bu o`rinda o`z shaxsiga quyidagi yo’nalishlarda baho berish maqsadga muvofiqdir: kishilar bilan bo`lgan muomalada olingan sezgilar tajribasini tahlil qilish, kishilar bilan bo`lgan muomaladagi oldingi tajribani tahlil qilish, bolalar bilan muomalaning hozirgi darajasini tahlil qilish, muomala haqida o`zining ideal tasavvurlarini tahlil qilish, sizning muomaladagi imkoniyatlaringizni boshqalar (talabalar, o`qituvchilar, o`quvchilar) qanday baholashi haqidagi tasavvurlarni tahlil qilish.

2. O`zida dilkashlikning asosiy xususiyatlarini rivojlantirish yuzasidan ixtisoslashtirilgan mashqlar asosida ishlash.

3. Bolalar va kishilar bilan xilma-xil jamoat ishlari olib borish, bunda o`zaro fikr almashish faoliyatini tajribasi (lektsiyalar, suhbatlar) hosil bo`ladi.

4. Muomalada salbiy kayfiyatlarni yengish tajribasini shakllantiradigan va dilkashlikni rivojlantiradigan vaziyatlar tizimini yaratish.



Taklif etilgan bu tizimiga tayanib ish ko`rish pedagogning kasbkorga oid shaxsiy fazilati bo`lgan dilkashlikni shakllantirishni tezlashtiradi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish