Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта таълим вазирлиги


Mutaxassisning pedagogik odobi



Download 0,78 Mb.
bet32/32
Sana11.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#348697
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
4 Маърузалар матни

Mutaxassisning pedagogik odobi.

Mutaxassisning pedagogik odobi- yuksak madaniyati va ma`naviyatida bilinadi-ochiqko`ngil, qat`iylik, turli vaziyatlarda o`zini tuta bilishi, bolalarga nisbatan talabchan va mehribon, printsipiyal va g’amho`r, ota-onalar, o`quvchilar, kasbdoshlar bilan ijobiy muloqotda bo`la oladigan, fikrlash va dunyoqarashi keng bo`lishi lozim.

1) Kasb odobining tarkibiga-ahloqiy bilim, ahloqiy his-tuyg’u, ahloqiy e`tiqod, ahloqiy idealdan iborat.

Ahloqiy-bilimlar-insonning hulqini tartibga soluvchi hulq-atvor to`g’risidagi tushunchalar, qoidalar, talablar, tamoyillardir.

Xulq-atvor tushunchalari: yaxshilik, adolat, ma`suliyat, burch, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, kasbga sodiqlik.

Ahloqiy qoidalar- umuminsoniy va ahloqiy qadriyatlar, diniy, dunyoviy ahloqiy bilimlarga ega bo`lishlik.

Ahloqiy his-tuyg’u-o`z kasbidan faxrlanish, zavqlanish, g’ururlanish, o`z qadr-qimmatini anglash, ma`suliyatni, javobgarlikni his qilish.

Ahloqiy e`tiqod-jamiyatga, o`z kasbiga, o`quvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar oldidagi vazifasini bajarishini his qilish, ahloqiy bilim qarashlariga ega bo`lish.

Bir adib o`z vaqtida “Biz pedagoglarga unday qiling yoki bunday qiling demaymiz. Biz ularga o`zingiz boshqarmoqchi bo`lgan psixik hodisalarning qonunlarini o`rganing va shu qonunlarni hamda ularni qo`llamoqchi bo`lgan muhitlarni nazarda tutib ish ko`ring deymiz. Faqat mana shu muhitlarning o`zigina xilma-xil emas, balki tarbiyalanuvchilarning tabiati ham bir-biriga to`g’ri kelmaydi. Tarbiya muhitlarining hamda tarbiyalanuvchilar shaxsining shunday o`ta xilma-xilligida qandaydir umumiy tarbiyaviy retseptlar berish mumkinmi? Mana shuning uchun ham biz pedagoglarga imkon boricha umuman kishini o`rganishi, o`z tarbiyalanuvchilarini va ularni o`rab turgan muhitni o`rganishni, har doim ham xayolga kelavermaydigan pedagogik tadbirlar tarixini o`rganishni, o`zida tarbiyaning aniq ijobiy maqsadini tarkib toptirishni va egallagan bilimlarga hamda o`z aqliga tayanib, bu maqsadga erishish sari og’ishmay borishni maslahat beramiz”. Pedagogik faoliyat jarayonida o`qituvchi o`ta xilma-xil kasbiy va shaxsiy sifatlarni namoyon qiladi. Bu sifatlar bir-biri bilan uzviy bog’langan va mutaxasis murabbiyning amaliy faoliyatida bir butun sifatida yuzaga chiqadi. Shaxsiy sifatlar, maxsus bilimlar va kasbiy bilimlar murakkab va ko`p qirrali birikmasini pedagogik qobiliyatlar deb atash qabul qilingan. Pedagogik qobiliyatlar murakkab strukturaga egadir.

Pedagogik qobiliyatlarning shakllanishiga o`qituvchilarni tayyorlab etishtiradigan o`quv yurtlaridagi ta`lim-tarbiya jarayoni katta ta`sir ko`rsatadi. Ammo har bir bo`lajak mutaxassis murabbiy bilim yurtida ishlayotgan o`qituvchi o`zlarida pedagoglik qobiliyatlarini o`stirish uchun zo`r ishtiyoqni namoyon qilishlari kerak. Pedagogik qobiliyat pedagogik faoliyatning shartigina emas, balki natijasi hamdir. Pedagogik mahorat mutaxassis murabbiyda pedagogik odobi (nazokati)ning mavjudligi bilan xarakterlanadi.

Mutaxassis murabbiyning umumiy ma`naviy tarbiyalanganligi pedagoklik odobining asosidir. Pedagoglik odobi- bu talabalarga nisbatan pedagogik etikaning o`ziga xos amalga oshirilishidir. Pedagoglik odobi- bu o`qituvchining yuksak insoniylik insonga mehribonlik, o`zini tuta bilish sabr-bardosh, har qanday vaziyatlarda ham hayrixohlik munosabatlarni o`rnata bilish kabilarni qamrab oluvchi ma`naviy xulq-atvoridir. Pedagoglik odobiga ega bo`lgan mutaxassis murabbiy talabalar, ota-onalar, hamkasblari bilan bo`ladigan o`z munosabatlarini ustalik bilan boshqaradi. Pedagoglik odobida avvalo insonga chuqur hurmat namoyon bo`ladi. Murabbiy talabaning tarkib topayotgan shaxsi bilan ish ko`radi va uning bolalar bilan bo`ladigan barcha munosabati: insonga mumkin qadar aql talabchanlik va unga nisbatan mumkin qadar ko`p hurmat printsipi asosida ko`rilishini amalga oshiradi.

Bir qator kasbiy malakalar pedagoglik odobi bilan bog’langan. Bu pedagogik vaziyatni baholash, talabalarning xususiyatlarini hisobga olish, pedagogik ta`sir keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan samarani oldindan ko`rish malakasidir. Pedagoglik odobi yuksak pedagoglik mahorat mavjudligining belgisidir. Pedagoglik odobini egallash mutaxasis murabbiydan o`z ustida puxta o`ylab ishlashni talab qiladi. Murabbiy o`z xatti- harakatini doimo nazorat qilishi, qarashi, ishorasi bilan o`quvchilar xatti-harakatiga o`z munosabatini bildira bilishi kerak. Ya`ni pedagoglik odobi o`qituvchida o`z tuyg’ularini ifoda qilishning sof tashqi malakalari mavjud bo`lishini ham nazarda tutadi. Malakalarning bunday majmui pedagoglik mahoratining tarkibiy qismi bo`lib, u pedagoglik texnikasi deb ataladi. Pedagoglik texnikasi murabbiyga talabalar va ularning ota-onalari bilan muloqotda bo`lishda to`g’ri muomala tarzini tanlash imkonini beradi. Muomala tarzi, bolalar bilan munosabat uslubi, diktsiya, mimika, imo-ishorani to`g’ri tanlash bularning barchasi pedagoglik texnikasi tushunchasiga kiradi. Mutaxassis murabbiyning pedagoglik mahorat, uning intellekti va madaniyatiga milliy dasturda jiddiy e`tibor beriladi va o`rinda mutaxassis murabbiy o`z pedagoglik mahoratini, kasbga doir vazifalarni hal qilish qanchalik qo`lidan kelishini doimo tekshirib borishi, bola ongi hamda qalbiga eng yaxshi yo`llarini axtarishi kerakligi ta`kidlab o`tiladi. Milliy dasturda mutaxassis murabbiy o`z tarbiyalanuvchilarini faqat bilimlar bilan qurollantirib qolmasligi ta`kidlanadi. U ularga o`zining xatti-harakati bilan ham ta`sir etadi . Uning inte`lekti va madaniyati, haqgo`yligi va insoniyligi, uning ma`naviy sifatlari o`quvchilar tomonidan etalon sifatida qabul kilinishi kerak. Ilmiy-psixologik- pedagogik bilimlar sistemasini mavjudligi mutaxassis –murabbiyga faqat o`z guruhini hamda ayrim talabalarni o`rganish va ularning to`g’ri tavsifnomasini tuzishgagina emas, balki bolalar jamoasi va uning har bir a`zosining rivojlanish istiqbollarini ham belgilash imkonini beradi. Mutaxassis –murabbiyning amaliy faoliyati – bu ko`plab pedagogik vazifalarni beto`xtov hal qilishdir. o`zining kasbga doir bilimlari boyligidan ijodiy foydalangan pedagoggina ularni muvaffaqiyatli hal etishi mumkin. Pedagoglik mahoratni egallashi uchun murabbiy talabani rivojlantirish va shakllantirishning hozirgi bosqichida nimalarga erishmoqchi ekanligini aniq tasavvur qilishi lozim. Bunda u mafkuraviy tarbiyaning umumiy maqsadlarga asoslanishi kerak.

Pedagog o`quv yurtidayoq ilmiy bilimlar tizimini puxta egallab olishi kerak. Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya- pedagogika fanlariga doir bilimlar katta rol o`ynaydi. Pedagog ko`pincha, rus tili, matematika bo`yicha bilimlarni egallagan bo`lishi, ammo ularni talabalarga yaxshi tushuntira olmasligi mumkin. Fan asoslarini egallagan ayrim pedagoglar guruh bilan aloqa o`rnata olmaydilar, bolalar bilan to`qnashuvlarga duch keladilar. Bularning barchasi pedagogning tarbiyaviy jarayon, tarbiyaviy malakalar haqida yetarli darajada bilimlarga ega emasligidan dalolad beradi.

Pedagoglik mahoratini egallashi uchun mutaxassis –murabbiyga faqat o`z predmeti yuzasidan bilimlarga ega bo`lish kifoya qilmaydi, u pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarni o`zlashtirishi va ularni muntazam ravishda kengaytirishi lozim.


Takrorlash uchun savollar:

  1. Mutaxassis mahorati nimadan iborat?

  2. Mutaxassis mahoratining mazmuni haqida gapirib bering?

  3. O`z-o`zini boshqarishda mutaxassis nimalarga e`tibor berishi lozim?

  4. Mutaxassisning pedagogik odobi, nazokati deganda nima tushuniladi?







Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish