6-mavzu. Biotsenoz, biogeotsenoz va ekosistemalar, ularda hayvonlarning o’rni va ahamiyati. Biotsenozlar va ulardagi munosabatlar. Biotsenozlardagi trofik, topik, fabrik va forika loqalar. Biotsenoz ko’rsatkichlari. Biotsenozlarning ekologik taxlili, jamoalardagi turlar soni va xilma – xilligi. Agrotsenozlar, ularda hayvonlarning o’rni.
Biogeotsenozlar. Ekosistemalar biogeotsenozlar va ekosistemalarning o’zgarishi, ulardagi moddalarning doimiy aylanishi. Ekologik suksessiyalar. Klimakskonsepsiyasi.
Jamoalar strukturasining buzilishi, bu jarayonga raqobatning ta’siri. Turlar o’rtasidagi ekologik tokchalarning ajralishi. Yirtqichlik va boshqa buzilishlarning ekosistemalar jamoalar strukturasiga ta’siri ixtisoslashgan, ixtisoslashmagan yirtqichlar faoliyatining jamoalardagi o’rni. Yirtqichlar, parazitlar va patogenlarning ko’plab ko’payishini jamoalardagi fizik buzilishlar. Bo’sh uchastkalar va ularning hosil bo’lish tezligi. Ochiq va yopiq mutanosiblashmagan sistemalar.
7-mavzu. Biogeotsenozlar mahsuldorligi. Energiya oqimi. Biogeotsenoz, ekosistemalar va biosferadagi energiya va moddalar oqimi. Ekosistemalar mahsuldorligi. Birlamchi mahsuldorlik, dunyo bo’ylab tarqalishi. Mahsuldorlik va biomassa o’rtasidagi farqlar. Birlamchi mahsuldorlikni chegaralovchi omillar. Jamoalarda energiya va moddalarni davra bo’ylab aylanishi. Jamoalardagi moddalar oqimi.
8-mavzu. Biosferada hayvonlarning tarqalish chegaralari. Atmosfera, gidrosfera va litosfera chegaralari. Biosferaning eng yuqori va quyichegaralarida yashashga moslashgan hayvonlar.
9-mavzu. Ekologiya, evolyutsiya va adaptatsiya. Amaliy ekologiya va tabiatni muhofaza qilish.
10-mavzu. Zararkunanda hashoratlarga qarshi kurashning biologik usuli. Hashoratlarga qarshi mikrobiologik preparatlar. Hashoratxo’r qushlarning ahamiyati. Foydali hashoratlarni iqlimlashtirsh. Kimyoviv vositalarning atrof-muhitga ta’siri.
IV.Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg`ulotlari multimedia qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyada akademik guruhda alohida o’tiladi. Mashg`ulotlar faol va inter faol usullar yordamida o`tiladi. Ko`rgazmali materiallar va axborotlar multimediya qurulmalari yordamida uzatiladi.
Seminar mashg’ulotlar talabalar tomonidan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun har bir mavzu bo’yicha alohida o’zlashtiriladi. mashg’ulotlar mavzularning mazmunidan kelib chiqib, jadval, chizma va videofilmlar tariqasidagi o’quv ko’rgazmali qurollari yordamida o’zlashtirilib tasvirlari rasm daftarlarga tushiriladi.
“Hayvonlarekologiyasi” fanidan mustaqil ishlar mazmuni
“Hayvonlar ekologiyasi” fani bo’yicha talabalarga quyidagi yo’nalishlar bo’yicha mustaqil ish bajarishlari tavsiya etiladi:
Hasharotlar kolleksiyalarni tayyorlash, tasnifiy guruhlash;
Biotsenozlar va agrotsenozlarni kuzatish, ekologik tahlil etish va ozuqa zanjirini o’rganish;
Biotsenozlar tur tarkibini o’rganish;
Kolleksiya materiallari asosida hayvonlarni ekologik guruhlarga ajratish;
Mustaqil ishlash uchun talabalarga Hayvonlar ekologiyasiga oid bo’lgan ma’lumotlar mavjud bo’lgan turli adabiyotlar tavsiya qilinadi. Mustaqil ishlash uchun beriladigan mavzular va ishlar individual xarakterda bo’lib, talabalarning Hayvonlar ekologiyasi fani bo’yicha ma’lumotlarni chuqur o’rganishga qaratilgandir. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning hususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
Seminar mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish;
Darslik va o’quv qo’llanmalar bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;
Tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruza qismini o’zlashtirish;
Maxsus adabiyotlar bo’yicha fan bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
Talabaning o’quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fan bo’limlari va mavzularni chuqur o’rganish;
Faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari.
Mustaqil ish uchun quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi:
Hayvonlardagi biologik maromlarni kuzatish va o’rganish;
Madaniy landshaftlar, cho’l, adir, tog’oldi va o’rta tog’ mintaqasi Hayvonlardagi ekologik moslanish xususiyatlarini o’rganish;
To’qayzor hayvonlari va ularning ekologik guruhlari;
Hayvonlarning suv muhitida yashashga ekologik moslanishlari;
Agrotsenozlar hayvonot dunyosini shakllanishida tabiiy biotsenozlar faunasining ahamiyati;
Mintaqaviy va yillik iqlimiy sharoitlarning hasharotlar ko’payishiga ta’siri;
Hayvonlarning tarqalishi va ko’payishini landshaftlarga bog’liqligi;
Hayvonlarning tuproqdagi biologik ahamiyati;
Hayvonlarning qishlashga funktsional moslanish xususiyatlari, diapauza va tinim davri
“Hayvonlar ekologiyasi” fanidan mustaqil ishlar mazmuni.
“Hayvonlar ekologiyasi” fani bo’yicha talabalarga quyidagi yo’nalishlar bo’yicha mustaqil ish bajarishlari tavsiya etiladi:
Hasharotlar kolleksiyalarni tayyorlash, tasnifiy guruhlash;
Biotsenozlar va agrotsenozlarni kuzatish, ekologik tahlil etish va ozuqa zanjirini o’rganish;
Biotsenozlarturtarkibinio’rganish;
Kolleksiya materiallari asosida hayvonlarni ekologik guruhlarga ajratish;
Do'stlaringiz bilan baham: |