Zamburug’larning tuzilish xususiyatlari
Zamburug’larning vegetativ tanasi. Miksomitsetlardan boshqa barcha zamburug’larning vegetativ tanasi, yoki tallomi, mitseliylardan iborat. Mitseliy kengligi 2 mkm dan 30 mkm gacha keladigan, shohlangan iplari – gifalardan tashkil topgan. Gifalar hujayralarga boplinmagan yoki gifada kopndalangiga joylashgan topsiqchalar (septalar) vositasida hujayralarga boplingan bopladi. SHartli ravishda tuban zamburug’lar guruhigi kiritilgan Xitridiomikota, Oomikota va Zigomikota boplimlariga mansub zamburug’larning gifalari hujayralarga boplinmagan va butun mitseliy bitta gigant hujayradir (... rasm). Yuqori zamburug’lar (askomitsetlar, bazidiomitsetlar va deyteromitsetlar) ning mitseliylari hujayralarga boplingan (... rasm).
Septalar gifa devorchasidan oprtasiga qarab opsib, hosil bopladi. Oprtaga yetgan septaning qismlari qopshilib ketmaydi va oprtasida teshik qoladi. Bu teshik orqali ozuqa moddalar va organellalar gifaning bir hujayrasidan boshqalariga optadi.
Gifalar doimo apikal qismi bilan uzunasiga opsadi va ularning opsishi cheklanmagan. Opsish tezligi ozuqa moddalar gifa uchiga yetkazib berilishi bilan bog’liq va odatda soatiga 0,1-6,0 mm ga teng.
Eng faol biokimyoviy jarayonlar gifaning uchki qismlarida kuzatiladi va uerda RNK, tarkibida arginin-tirozin-gistidin va SH-guruhlari boplgan oqsillar kopp miqdorda mavjud bopladi.
Mitseliy rivojlanishi mahlum bir harorat va namlikda spora (konidiya) opsishidan boshlanadi. Oldin spora atrof-muhitdan namlik shimib, shishadi, keyin uning qobig’i yoriladi, bitta yoki bir nechta murtak chiqaradi va ular opsib, mitseliy hosil qiladi. Gifa opsishi dastlab spora ichidagi zahira moddalar hisobiga amalga oshadi, keyinchalik ozuqa substratdan sopriladi.
Substrat va havo mitseliylari mavjud. Birinchisi substrat ustida yoki ich-ichiga chuqur botib kiradi. Havo mitseliysi substrat ustida erkin joylashadi va substrat bilan uning faqat bahzi qismlari kontaktda bopladi. Zamburug’ning koppayish organlari odatda havo mitseliysida hosil bopladi.
Material zararlanishi substrat mitseliy rivojlanganda substratga yopishgan kontsentrik pardaga opxshash, havo mitseliysi paydo boplganda esa, paxta shaklli boplishi mumkin. Ayni zamburug’ning opsish xarakteri atrof-muhit holati (ozuqa tarkibi, namlik va h.) bilan bog’liq holda opzgarishi mumkin. Ammo bahzi turlar uchun bu xususiyat barqaror. Misol uchun, koppchilik yog’och yemiruvchi zamburug’lar katta, hurpaygan, momiq mog’or shaklli havo mitseliysi hosil qiladi.
Substrat va havo mitseliylari kimyoviy tarkibi va biokimyoviy faolligi bilan farq qiladi. Havo mitseliysiga nisbatan substrat ichidagi gifalar tarkibida zahira ozuqa moddalari (glikogen, oqsil, moy) kopp va β-galaktozidazalar faolligi yuksakroq; havo gifalarida suktsinatdegidrogenaza faolligi kopproq. Bahzi Aspergillus turlarining havo mitseliysi substrat mitseliysiga nisbatan kislorodning oz miqdorlariga sezgirroq.
Kopp bazidiomitset turlar gifalarida septalari ustida kichik, yassi hujayrachalari – “topqalari” – bor. Odatda bitta topqa mavjud (... rasm), ammo bahzan (misol uchun yog’och yemiruvchi Coniophora cerebrella turida) ular 10 tagacha boplishi mumkin (... rasm). Bahzan (Serpula va boshqa turlarda) topqalar murtak hosil qiladi va opsadi.
Noqulay atrof-muhit sharoitlarida mitseliyning opzgargan shakllari – parda, gifalar eshilgan ipga opxshab birikishi natijasida paydo bopladigan “arqoncha” (tyaj), rizomorf va sklerotsiylar hosil bopladi.
Suyuq ozuqa muhitida aeratsiya kam boplgan sharoitda substrat ustida va bahzan yog’och teshiklarida zamburug’lar gifalardan tuzilgan parda hosil qiladi. U teriga opxshash boplishi va kengligi bir necha mm ga yetishi mumkin. pardadan arqonchalar opsishi va atrofga tarqalishi, bahzan parda ustida zamburug’ning meva tanachalari rivojlanishi mumkin.
Arqonchalar hosil boplishi yuqori zamburug’larga xos xususiyat. Ular oddiy yoki funktsiyasiga kopra differentsiatsiyalashgan boplishi mumkin. Oddiy arqoncha bir qancha bir-biriga yopishgan bir xil gifalardan tashkil topadi. Gifalar bir-biriga shilimshiqli tashqi qobiqlari yordamida yoki anastomozlar orqali yopishadi. Oddiy arqonchalarni faqat mikroskopda koprish mumkin.
Funktsional differentsiatsiyalashgan arqonchalar mahlum bir funktsiyani bajarish uchun xizmat qiladi. Misol uchun Serpula lacrymans uy zamburug’ining arqonchalari uch xil: 1) oddiy vegetativ; 2) arqonchalarga mexanik mustahkamlik beruvchi qobig’i qalin va ichki qismi tor gifalardan tashkil topganlari; 3) ichki qismi keng va hujayri devorchalari har xil darajada qalinlashgan tomir gifalardan tuzilganlari. Tomir gifalari ozuqa moddalari harakatini tahminlaydi, demak ular optkazuvchi funktsiyasini bajaradi. Arqonchalar yordamida zamburug’ ancha uzoq masofadagi ozuqa manbaalaridan foydalanishi mumkin.
Funktsional differentsiatsiyalashgan arqonchalarning yaxshi rivojlangan yana bir turi rizomorflar boplib, tashqi koprinishidan ular opsimliklarning ildiziga opxshaydi.
Mitseliyning opzgargan shakllaridan biri sklerotsiylardir (... rasm). Ular koppincha topq tusli, zich konsistentsiyali, tarkibida ozuqa moddalari kopp, suvi kam. Ular uzoq vaqt davomida tinim holatida bopla oladi va noqulay atrof-muhit sharoitida zamburug’ning hayotchanligini saqlash uchun xizmat qiladi. Ularning gifalari ancha differentsiatsiyalashgan: tashqi qatlami (qobig’i) qalin popstli, ichki qismi yupqa qobiqli, och tusli hujayralardan tashkil topgan. Sklerotsiylar yuqori zamburug’larning barcha guruhlarida mavjud.
Bahzi Mucor turkumiga mansub zamburug’lar yoysimon havo gifalari – stolonlar hosil qiladi (... rasm) va ular yordamida substratda tez tarqaladi. Stolonlar substratga rizoidlari bilan yopishadi, chunki ular har qanday substratga, hatto shishaga (... rasm) ham tekkan joylarida rizoidlar hosil qilish xususiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |