ZAMBURUG’LAR
Zamburug’lar bir va kopp hujayrali organizmlarning opziga xos guruhini tashkil etadi. Hozirgacha bayon etilgan zamburug’ turlarining umumiy soni 250 000 tadan kopproq. Ular tabiatda yer kurrasining barcha qismlarida keng tarqalgan. Zamburug’lar ayniqsa har xil opsimlik substratlarida juda serob, paydo boplishi hayvonlar bilan bog’liq boplgan substratlarda kamroq miqdorda uchraydi. Ular organik qoldiqlar parchalanishida va tuproq shakllanishi jarayonida faol ishtirok etadi.
Zamburug’lar har xil sanoat materiallarini shikastlab, katta iqtisodiy zarar keltiradi.
Bakteriyalardan farqli oplaroq zamburug’lar eukariot organizmlardir. Ularda yadro membranasi, Golgpdji apparati, ichki membranalarning yaxshi rivojlangan sistemasi va membranalar bilan chegaralangan organellalari (mitoxondriya va lizosomalari) mavjud.
Zamburug’larning tirik mavjudotlar sistematikasida tutgan oprni haqida fanda hali ham bahslar ketmoqda. Karl Linney zamonlarida zamburug’lar opsimliklar dunyosiga kiradi, deb hisoblangan va ularni opsimliklar dunyosida joylashtirib, suv optlari bilan birga tuban (sporali) opsimliklar guruhiga kiritilgan. Haqiqatan, hujayralarining polyarligi, ustki (apikal) qismi chegaralanmagan miqdorda opsa olishi, yaxshi shakllangan hujayra devorchalari va vakuolalari mavjudligi, vegetativ holatda harakatsiz boplishi zamburug’larga opsimliklar bilan opxshashlik beradi. Ammo zamburug’larning hayvonlar bilan opxshashlik belgilari ham bor. Bular – zamburug’larning geterotrof oziqlanishi, vitaminlarga ehtiyoji, azot almashinuvi jarayonida mochevina hosil boplishi va yig’ilishi, zahira ozuqa moddasi sifatida glikogen sintez qilinishi, kopp turlarda xitin mavjudligi va b.
SHu bilan birga bahzi belgilari – vegetativ tanasi mitseliydan iborat boplishi va osmotrof oziqlanishni tahminlay olishi; opziga xos yadro tsikllari, getero- va dikarioz mavjudligi bilan zamburug’lar opsimliklardan ham, hayvonlardan ham farq qiladi. SHularni hisobga olgan holda kopp olimlar zamburug’larni tirik organizmlarning Mycota (= Fungi) nomli alohida dunyosi sifatida ajratib chiqarish tarafdoridir. Bu nuqtai nazarning topg’riligi haqida paleontologik va biokimyoviy bavosita isbotlari mavjud: bu opsimliklar bilan zamburug’lar opz evolyutsion yopnalishlariga ajralmasdan ilgari ham zamburug’lar mavjud boplganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |