Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус


Dengiz parmalovchilari-yog’och qurtlari



Download 5,76 Mb.
bet105/123
Sana14.07.2021
Hajmi5,76 Mb.
#118941
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   123
Bog'liq
BIOZARARLANISH

Dengiz parmalovchilari-yog’och qurtlari.
Mahlumki, Opzbekiston hududida parmalovchilar va yog’och qurtlari uchramaydi, biroq Oprta Osiyo g’arbida joylashgan Kaspiy dengizining Krasnodorsk (xozirgi Turkmanboshi) rayonida, yahni Turkmanistonga qarashli suvlarda ushbu organizmlarning kirib kelishi ehtimolini inobatga olib, quyida ular xususida qisqacha mahlumotlar keltiramiz.

Yog’och qurtlari yuqori kengliklardan tashqari, deyarli barcha dengiz va okeanlarda uchraydi. Ularning kam turlari, masalan Nausitora Avstraliyaning chuchuk suvlarida yashaydi. Issik dengizlarda ular haqiqiy ofatdir, AQSHda ular har yili 200 000 000 dollardan ortiq zarar keltiradilar.

Umuman yog’och qurtlari zarari xususida juda qadim zamonlardan mahlumotlar mavjud. Masalan Marko polo davrida arablar yog’och qurtidan qutilish uchun kemalarning ostini ustma-ust bir necha qator taxtalar bilan qoplashgan. 1200 yilda krestonotslar flotining kemalar topdasi «kema qurti»- teredo bilan qattiq shikastlanganligi mahlum. Keyingi davrlarda yog’och parmalovchilarning, jumladan rus dengizlarida ham zarari topg’risida yuzlab eslatmalar uchraydi. Qadimgi teredoni “dengiz suvchilarining vaximasi” deb yuritilgan. SHunday boplsada ular ayrimda ijobiy rol opynagan. Masalan, frantsuzlar va anglichanlar 1854-1855 yillarda, Sevestopolni qamal qilganda, ularning kemalari yog’och qurtlaridan qattiq zararlangan.

Adabiyotlarda keltirilishicha (Ilgpichev i dr., 1987) Rossiyada nomahlum muallif bundan kariyb 270 yil oldin yog’och qurtlari xususida mahlumot bergan. Bu ish «Dengiz chuvalchanglari xususida» deb yuritilgan va unda teredoning rasmi va tahrifi, zarari va unga qarshi kurash choralari keltirilgan. Keyinchalik u xususida 1752 yilda M.V.Lomonosov “Dengiz chuvalchanglari loyihasi topg’risida axborot” nashr qilgan va bu sohada S.pallas (1775,1801) va boshqa olimlar ish olib borganlar.

Bu borada rejali ishlar optgan asrning 30 yillarida A. Zainkevich (1934) rahbarligida olib borildi.

G.A.Bulatov (1932, 1941), p.K.Bojich (1939), p.I. Ryabchikov (1957) va uning hamkasabalari R.K.pasternak (1957, 1960) lar yog’och qurtlari xususida kopp ishlarni bajarganlar.

Dengiz parmalovchilariga birinchi oprinda dengizlarning turli rayonlarida yashovchi ikki pallali mollyuskalarning Teredinidae va phloladidae oilalari turlari mansubdir. (6 rasm a.b). Ular asosan tropik viloyatlarda koppdir.

Teredinidae oilasi eng xavfli yog’och qurtlaridan iborat boplib, ularga Teredininae va Bankiinae kenja oilalarning 15 urug’i turlari kiradi.

Biz quyida teredoning bir turi xususida har tomonlama mahlumot keltiramiz.

Teredo bir turining shakli chuvalchangsimon formada, kichik chig’anoqqa ega va u qurtning oldingi qismida joylashgan. Ikki pallasi bog’lagichlar bilan bog’langan. Oldindagi pallalari orasida oyog’i joylashgan, u tayanch va sezishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari u parmalashda ham ishtirok etadi va mollyuskani aniq holatda mahkamlaydi. CHig’anoq tishchalar bilan qoplangan. Oldingi tishchalari kattaroq, ponashaklli yoniga va orqaga qaratilgan. Orqaga tortiluvchi mushaklarining qisqarishi natijasida chig’onoqning oldingi chetlari ochiladi va daraxtni yemiradi. Bir minutda 8-12 marotaba harakatlanadi. Oldingi tishlari yopl aralaydi, orqasidagilar uni kengaytiradi. Qirindilar qizilopngachga tushadi. Oldingi oshqozon kopp sonli burtmalar bilan qoplangaan boplib, bu bezlar, tsellyulatik fermentlarni saqlaydi (tsellyulaza va tselllyubiaza), ular yog’ochni hazm qiladilar. Tanasida kiruvchi va chiquvchi sifonlari hamda ohakli tuzilmalar – piletkalar mavjud, ular yog’ochga kirish joyini yopadilar. Teredolarda protoandrik germofroditizm mavjud, yahni oldin ular erkakday, sopng urg’ochidek funktsiyani bajaradi. Urug’lanish tashqari yoki ichki muhitda amalga oshadi. Tuxumdan troxofora undan sopng boshqa ikki pallali mollyuskalar singari veliger lichinkasi rivojlanadi. Ayrim turlar juda kopp vaqt yoshlarini koptarib yuradi. Lichinkalar 2-3 hafta suvda suzib va asta sekin kichik chig’anoqqa velikonxga aylanadi va yog’och ichiga oprnashib oladi. Lichinkalar kimyoviy retseptorlarga ega boplsa kerak, shuning uchun ham yog’och ekstraktlari lichinkalarni oprnashib olishi uchun ularni opziga jalb chiladi. Teredo nevalis ning bir zoti lichinkalarining soni 0,5-1,5 mln ga yetadi, ular issiq dengizlarda bir yilda 3-4 marta koppayadi. SHunday qilib bir zotdan bir yilda 6 mln. lichinka chiqadi, ular qirg’oqlarda tarqaladi, hatto okeanlardan ham oshib ketadi. Daraxtlarga optib, lichinka g’ilof bilan qoplanadi, uning himoyasida daraxtga buralib kiraveradi. Kirish tuynigi 0,3 mm. Mollyuskalarning opsishi uchun u suvning turi va haroratiga bog’liq, ammo u har doim yuqori bopladi. Masalan, Qora dengizda T. nevalis 4 oydan sung 12-14 sm uzunlikka yetsa, bir yildan keyin esa 35 sm gacha opsadi.

Xullas, yog’ochqurt-parmalovchilar turli-tuman boplib, kopplab dengiz va okeanlarning chuqur boplmagan joylardan tortib, to batial 5000-6000 m va abbisal 7000 m chuqurliklargacha yashashi aniqlangan. Ksilofaglar, yog’ochlardan asosan substrat maqsadda foydalanib oziqlanish uchun foydalanmaydilar. Bu mollyuskalar bambuk va kokos yong’oqlarida ham uchraydilar. Ularni hatto suvosti kabellarida qayd qilingan, ular kabellarni ham zararlashlari mumkin. Bu ikki pallali molyuskalar pholadidae oilasiga mansubdirlar. Yana shunisi muhimki, ushbu mollyuskalarning turlari faqat yog’och parmalovchi boplibgina qolmay, balki toshlarni ham teshadilar.

Bu xususda kelgusi boplimda topxtalib optamiz.

Dengizlarda yog’och parmalovchilariga yana ayrim qisqichbaqasimonlilar Isopoda turkumidan –Limnoriidae, Shaeromiidae, Corallanidae; Amphipoda turkumida esa – Cheluridae oilalar turlari kiradi (6 rasm V.G.D). Hozirgi davrda Limnoria urug’ining 20 dan ortiq turlari va kenja turlari va paralimnoria urug’ining turi butun dunyo dengiz va okean suvlarida keng tarqalgan. Ular yog’och sathiga kopplab paralel kichik yopllar hosil qiladilar. Mollyuskaga qaraganda ular yog’ochlarni asta-sekin yemiradilar, ayrim vaqtda yemirish sezilarli darajada bopladi, qoziqoyoqning diametri 1 yilda 1,5 sm ga qisqarishi mumkin. MDH hududlarida yog’och qurtlaridan zarar kopproq Qora va Yapon dengizlarida kuzatiladi. Quyida biz Qora dengizi parmalovchilari xususida misollar keltiramiz.

Qora dengizida Teredo ning uch turi - T. nevalis ayniqsa kopp sonli tur, T.urriculus va Lirodus pedicellata hayot kechiradi. Bu yerda qisqichbaqasimonlilardan- Limanoria eripunctata va Chelura terebnans turlari ham uchrab, ammo teredo boplgan joyda limnoriya va xelyura birgalikda, teredo alohida joyda yashaganda nisbatan yog’och kamroq yemiriladi, chunki qisqichbaqalarning yopllari teredinidlar joylashishga yopl qopymaydi.

Yog’och qurtlari asosan Qora dengizning Kavkaz kirg’oqlarida juda kopp. Bu yerda ular yozgi uch oyda kemalarning yog’och qoplamalarini, 1-2 yilda qoziqoyoqlarni ilma-teshik qilib tashlaydilar. CHunki, ushbu xududda teredoning soni yozgi davrda oprnashib olib soni 1 sm2 da 70 donadan ortiq bopladi. Ammo Qirim kirg’og’ida 1 sm2da ularning soni yozda 15 donaga yetmaydi, bu suvning shoprlik darajasi va haroratning pastligi bilan bog’liqdir.

Terinidlar yashash sharoiti uchun qora dengiz boshqa koppchilik dengizlarga qaraganda ancha qulaydir.

Azov dengizi yog’och parmalovchilardan xoli edi. Bu dengiz suvining shoprlanish darajasi pastligi sababli (kopp yillik oprtacha mahlumotlarga kopra 10,5%) parmalovchi kuzatilmagan. Don oqimining tartib solinishi bilan gidrogiologik sharoitlar opzgardi. Dengiz suvining shoprlanish darajasi 14% koptarildi. Natijada 1958-1959 yy. p.I.Ryabchikov va uning xodimlari optqazgan tadqiqotlarda Azov dengizi janubiy qirg’oqlarida T.navalis turi, umuman bu dengizda terenidlarning 2 turi qayd qilindi. Keyinchali T.navalis turi dengiz shimoliy qirg’oqlariga ham keng tarqalib prichal, vishka va boshqa gidrotexnik inshootlarni halokatli ravishda yemirilishiga olib keldi.

Keyinchalik (Soldatova i.dr., 1967) Azov dengizida teredo soni qora dengizga nisbatan ancha yuqori ekanligini, bunga sabab Azov dengizida mollyuska oziqasi hisoblangan planktonlar miqdori bir muncha yuqoriligini koprsatdi.

Barents dengizi keng tarqalgan Limnoria lignorum va L.borealis qisqichbaqachalaridan istesno, boshqa yog’och parmalovchilardan holi deb hisoblanardi. Ammo 1963 y Dalgpnezelenitskiy koprfazida plotni psiloteredo megotara dengiz chuvalchangi ilma-teshik qilib yeganligi qayd qilingan. Bu hol 1961-1962 yillar davomida oxirgi 10 yilga nisbatan dengiz suvi haroratining 0,8-1,80S koptarilishi bilan bog’liqdir.

Yapon dengizi SHimoliy burunida Bankia setacea turi burunning janubiy burilishida esa Teredo nevalis yog’ochni qattiq zararlaydilar. Bu yerda Bankia ning yirik formalari uchrab, ularning uzunligi 70-80 sm yetadi.

Yapon dengizi suv opti ildizida hayot kechiruvchi mollyuskaning Teredinidae oilasiga mansub Zachsia avlodi qayd qilingan. Yapon va Oxota dengizlari chuqurligida mollyuskaning Xylophaga dorsalis turi yog’ochni parmalaydi, ammo dengiz ostida yotqizilgan kabellarni shikaslay olmaydi.

V.D.Ilgpichev va boshqalarning mahlumotlariga kopra (1987) Kaspiy dengizi hozirgi kunda yog’och qurtlaridan holi, ammo bu yerda R.K.pasternak ning (1971) mahlumotiga asosan suvning shoprlik darajasi va harorat ularning yashashi uchun mavjud. Volga-Don kanalining ochilish munosabati bilan bu yerda teredinidlarning paydo boplishi aniq boplib qoldi. Uning tadqiqotlariga asosan teredo chuchuk suvda ham yashashi mumkin. SHu sababli Volgo-Don kanali ochilishi teredinidlar tarqalishi real xavfini tug’diradi.. Bu borada biologlar tomonidan taxtadan yasalgan kemalar uchun bu dengizda karantin joriy qilish taklif etilgan edi. Hozirda kemalarni Kaspiy dengiziga optkazish uchun ular 1 oy davomida chuchuk suvda saqlanadilar. Karantin opzini oqlagan va teredo Kaspiyga optgani yopq.



Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish