Optimal dasturlash usulining asosiy masalalari
Matematik modellashtirish kursi optimal dasturlash usullarini o„rgatadi.
Ularning ayrimlarini ko„rib chiqamiz.
Chiziqli dasturlash. 1-masala. Har bitta ishlab chiqarish jarayonini matematik formula bilan yozib chiqish mumkin. Masalan, bir nechta tarmoqlarda j 1,2,..., n korxonalar bor i 1,2,..., m. Ularning har biri turli xildagi mahsulotlar ishlab
chiqaradilar
X ij . Mahsulotdan oladigan daromadni
Cij
bilan belgilaymiz. Bu holda
yalpi daromad
Cij X ij
ga teng bo„ladi. Yalpi daromad albatta iloji boricha ko„p
olinishi kerak. Ya‟ni, Cij Xij max intilishi lozim.
Buning maqsad funksiyasi:
m n
cij xij
max
i1 j1
Bu maqsadga yetish uchun bir nechta shartlar bajarilish kerak. Ya‟ni:
ishlatiladigan resurslar korxonadagi zaxiradan ko„p bo„lishi kerak emas.
m n
aij xij
bi ,
i1 j1
bu yerda
me‟yorlari.
aij
- har bitta mahsulotga i-korxonadan j-tarmoqda ketadigan xarajat
O„zgaruvchilarning qiymati manfiy bo„lmaslik shart:
xij 0 .
Bularni hisobga olib, ushbu chiziqli dasturlash usulining umumiy masalasini yozib chiqamiz:
i1
j1
cij xij min(max)
m n
aij xij
bi ,
i1
j1
xij 0 .
masala. Firma faoliyatini bozor sharoitida modellashtirish, tadbirkorni maksimal foyda olishga yo„naltirilgan xatti-harakatlarini tashkil etishga qaratilgan. Bunda tadbirkor bozor talablarini o„rgangan holda ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to„liq foydalanib, o„z ishini tashkil etadi. Masalada maqsad mezoni bo„lib, umumiy daromadni yoki umumiy foydani maksimallash, ba‟zi hollarda esa umumiy xarajatlarni minimallashtirishni tanlashi mumkin.
Bu ekstremal masalaning matematik modelini quyidagicha yozish mumkin:
Z 1 x1 2 x2 ... n xn max
a11x1 a12x2 ... a1n xn A1
a
21x1
a22 x2
... a2n xn
A2 ,
.............................................
am1 x1 am2 x2 ... amn xn Am
bu yerda, j – firma ishlab chiqarayotgan mahsulot indeksi j 1, n;
n – firma ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning umumiy soni;
j – j -mahsulotdan olinadigan foyda miqdori;
i – mahsulot ishlab chiqarish bilan bog„liq resurslar indeksi i 1, m;
aij
j -turdagi bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish uchun i -turdagi resurs
Ai
x j
miqdori.
firmada mavjud bo„lgan i -turdagi resurs hajmi;
firmaning maksimal foyda olishini ta‟minlovchi j -turdagi mahsulot
Chiziqli dasturlashning umumiy masalasi ikkita usul yordamida hal etilishi mumkin.
Bulardan birinchisi - simpleks usuli, yoki rejani ketma-ket yaxshilash usulidir.
Ikkinchi usul - bu taqsimlash usulidir. Chiziqli dasturlashning bu usuli bajaradigan asosiy vazifa - transport masalasini bo„lib hisoblanadi. Тaqsimlash usuli yuk tashishni samarali tashkil etishda qo„llanilgan, keyingi boblarda bu masalani, alohida transport masalasi sifatida ko„rib chiqamiz.
Agar noma‟lum o„zgaruvchilar soni m tengsizlik shartlari soni n ga teng bo„lsa, unda masalaning bitta optimal yechimi bo„ladi.
Ko„pincha
m n
tenglamalar tizim ko„riladi. Unda masalaning bir nechta
yechimi mavjud bo„ladi. Asosiy vazifa - bir nechta yechimdan optimal yechimni topishdir.
Kasr-chiziqli dasturlash. Bu usul matematik dasturlashning bir bo„limi bo„lib, quyidagi ko„rinishdagi ekstremal masalalarni tekshiradi.
Shartlar bo„yicha
F(x) max
g(x) b ,
x 0 ,
bu yerda
F (x)
maqsad funksiyasini bildiradi. U kasr-chiziqli funksiya orqali
ifodalanadi;
g(x) shartlar funksiyasi;
Bu masalaning maqsad funksiyasi chiziqli usulda yozilsa, shartlar tizimi kasr- chiziqli usulda yozilishi mumkin.
Butun sonli dasturlash. Butun sonli dasturlash chiziqli dasturlashning bir ko„rinishidir. Bunda masalaning bajarilishi mumkin bo„lgan shartlariga yana bitta, ya‟ni o„zgaruvchilar faqatgina butun sonli qiymatlarni qabul qilish sharti qo„shiladi. Chunki ayrim masalalarning mohiyatiga ko„ra o„zgaruvchilar faqatgina butun son bo„lgandagina ma‟noga ega bo„ladi. Masalan, avtomobillarning reyslari, korxonani joylashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |