129
Texnologiya so`zi fanga 1872 yilda kirib keldi. U yunoncha «texos»- hunar
(san'at), mahorat va «logos» ta'limot yoki fan degan ma'noni beradi. Uni
«mahorat haqidagi fan» deb ta’riflaydilar. Bugungi kunda ayrim kishilar
pedagogik texnologiya – bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog`liq, hamda
o`qitish jarayonida qo`llanishi zarur bo`lgan ta'limning soha ob'ektlari,
kompyuter, masofali o`qish, yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb
hisoblaydilar. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi – bu o`qituvchi-
trener va talabalarning begilangan maqsaddan
kafolatlangan natijaga
hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog`liq. Biroq bu
ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to`liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik
jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni
muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko`zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan
bo`lsak, texnologik jarayon – bu mehnat qurollari bilan mehnat ob'ektlari (xom
ashyo)ga bosqichma-bosqich ta'sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi
ishchi (ishchi-mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta'rifni tadqiqot mavzusiga
ko`chirish
mumkin,
ya'ni:
pedagogik
texnologiya
-
bu
o`qituvchi
(tarbiyachi)ning o`qitish (tarbiya) vositalari yordamida talaba(lar)ga muayyan
sharoitda ta'sir ko`rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan
belgilangan shaxs sifatlarni intensiv shakllantirish jarayonidir.
Shu bilan birgalikda ma'lum vaqt davomida pedagogik texnologiya o`quv
jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelindi. Faqat
1970 yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati
yangicha talqin etila boshlandi. Yapon olimi T.Sakamoto tomonidan “o`qitish
texnologiyasi - bu o`qitishning maqbulligini ta'minlovchi yo`l-yo`riqlar
tizimi
bilan bog`liq bilimlar sohasi“ ekanligi e'tirof etiladi.
Ob'ektiv borliqni o`rganishning tizimli yondashish metodi fanda keng
ko`lamda qo`llanilgach, uning ta'siri ostida asta-sekinlik bilan pedagogik
texnologiya mohiyatiga ham aniqlik kiritildi. Rus olimasi N.F.Talizina
texnologiyani “belgilangan o`quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini
aniqlashdan iborat” deb tushuntiradi. Shuningdek, olima zamonaviy o`qitish
texnologiyasi haqida fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qarash lozimligini
uqtiradi: "O`qitish texnologiyasi - bu alohida fan bo`lib, o`quv jarayonini real
tavsiflaydigan, o`qituvchiga o`rnatilgan maqsadlarga erishish uchun tayaanish
zarur bo`lgan narsalar yig`indisi".
Pedagogik texnologiyani fan sifatida e'tirof etish G.K.Selevko tomonidan
ham ma'qullandi: “Pedagogik texnologiya o`qitishning
birmuncha oqilona
yo`llarini tadqiq qiluvchi fan sifatida ham, real o`qitish jarayoni sifatida ham
mavjuddir”. Olimning ta'kidlashicha “pedagogik texnologiya” tushunchasi ta'lim
amaliyotida uch ierarxik darajada ishlatiladi:
1)
Umumpedagogik
(umumdidaktik)
daraja:
umumpedagogik
(umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya ma'lum mintaqada, o`quv yurtida,
ma'lum o`qitish bosqichida yaxlit ta'lim jarayonini tavsiflaydi.
130
2)
Xususiy uslubiy (predmetli) daraja: xususiy predmetli pedagogik
texnologiya “xususiy uslubiyot” ma'nosida qo`llaniladi, ya'ni ta'lim va
tarbiyaning aniq mazmunini joriy etish metodlari va vositalari yig`indisi sifatida
bir predmet, sinf, o`qituvchi doirasida qo`llaniladi (fanlarni o`qitish uslubiyoti,
o`qituvchi, tarbiyachining ishlash uslubiyoti).
3)
Lokal (modulli) daraja: lokal texnologiya o`zida o`quv - tarbiyaviy
jarayonning ayrim qismlarini, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalar
yechimini o`zida mujassamlashtiradi (alohida faoliyat turlari texnologiyasi,
tushunchalarni shakllantirish, alohida
shaxs sifatlarini tarbiyalash, dars
texnologiyasi, yangi bilimlarni egallash, mustaqil ishlash texnologiyasi va
boshqalar).
4)
Yuqorida keltirilgan ta'riflardan ko`rinib turibdiki, pedagogik
texnologiya belgilangan boshlang`ich maqsad va mazmun asosida o`quv
jarayonini loyihalash sifatida talqin etilayapti. Bu bir jihatdan to`g`ri, lekin
teranroq fikr yuritilsa, uning bir yoqlamaligi ko`zga yaqqol tashlanadi yoki
bunday yondashuvlarda talaba shaxsi inkor etilayapti. Bu kamchilikni birinchi
bo`lib akademik V.P.Bespalko payqadi va o`zining yirik asarida “pedagogik
texnologiya bu o`qituvchi mahoratiga bog`liq bo`lmagan
holda pedagogik
muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan talaba shaxsini shakllantirish jarayonining
loyihasidir“ deb ta'rifladi. Bu ta'rif mazmunidan muhim ilmiy prinsiplarni
alohida ajratib ko`rsatish mumkin:
5)
pedagogik texnologiya talaba(lar)da ma'lum ijtimoiy tajriba
elementlarini shakllantirish uchun loyihalanadi;
6)
loyihalangan
tayyor
texnologiyani
amalga
oshirish
fan
o`qituvchisidan katta mahorat talab etmaydi;
7)
yakuniy natija, albatta, kafolatlanadi.
8)
Pedagogik texnologiya tushunchasini oydinlashtirishga qaratilgan
ta'riflarning xilma-xilligi, bir tomondan, rivojlangan mamlakatlarda bu
mavzuning u yoki bu darajada echilganligini ko`rsatsa, ikkinchi tomondan,
pedagogik texnologiyani amaliyotga joriy etishga bo`lgan
urinishlar natijasini
ifodalaydi.
O`qituvchi va o`quvchi-talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday
texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy
maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda o`qituvchi talaba-
o`quvchilarning bilim saviyasi, guruh harakteri, sharoitiga qarab ishlatiladigan
texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun kompyuter bilan ishlash
lozimdir,
balkim film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar,
axborot texnologiyasi kerak bo`lar, bular o`qituvchi va talaba-o`quvchilarga
bog`liq.
Shu bilan bir qatorda o`qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu
jarayonda o`qituvchi o`quv predmetining o`ziga xos tomonini, joy va sharoitni,
o`quv ta'lim vositalarini, eng asosiysi, o`quvchi-talabaning imkoniyati va
ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi
131
kerak, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin.
Qisqa qilib
aytganda, o`quvchi–talabani ta'limning markaziga olib chiqish kerak.
Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini
birlashtirishga imkoniyatlar etarli. Nazariya va amaliyot birligining ta'minlanishi
pedagogik texnologiyaning asl mohiyatini aniqlashga yo`l ochadi. Fikrimizcha,
yangi pedagogik texnologiya pedagogika fanining alohida tarmog`i sifatida yoki
faqat ta'lim amaliyotini maqbullashtirishga yo`naltirilgan tizim deb qarash
mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy
izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: