Mavzu: Aruzda rukn tushunchasi



Download 20,53 Kb.
Sana20.02.2023
Hajmi20,53 Kb.
#913002
Bog'liq
Aruzda rukn tushunchasi


Mavzu: Aruzda rukn tushunchasi

Baytdagi hijolarning qisqa yoki cho'ziqligini o'zlashtirganimizdan so'ng rukn va bahr haqida tushuncha hosil qilib olishimiz kerak. Buning uchun avval bir baytni cho'ziq va qisqa hijolarga ajratib chiqamiz:




Latofatda yuzung ham gul emish, ham gulsiton ermish,
Halovatda labing ham jon-u, ham oromijon ermish.
(«Badoye ul-vasat», 264-g‘azal)



La

to

fat

da

Yu

zung

ham

gul

e

mish

ham

gul

si

ton

er

mish

V

-


-


-


V

-


-


-


V

-


-


-


V

-


-


-


Ha

lo

vat

da

La

bing

ham

jo

nu

ham

o

ro

mi

jon

er

mish

V

-


-

-


V

-


-


-


V

-


-


-

V

-

-

-

Ushbu baytning chizmasi quyidagicha ekanligiga guvoh bo'ldik:
V- - - V- - - V - - - V - - -
V- - - V- - - V - - - V - - -

E’tibor qaratilsa, baytni cho'ziq va qisqa hijolarga ajratganimizda bir qisqa hijodan keyin uchta cho'ziq hijoning takrorini ko'rish mumkin: V - - - (qisqa, cho'ziq, cho'ziq, cho'ziq). Aynan mana shu bo'lak bayt tarkibida butunicha qaytarilib kelganini kuzatamiz. Takrorlanayotgan mazkur bo'lakni biz rukn deb ataymiz. Demak, ushbu baytda to'rtta rukn mavjud. Barcha ruknlarda bitta qisqa va uchta cho'ziq hijo bor. Ruknlarning takrori ikkala misrada ham bir xil. Ushbu holat baytning ohangdorligini ta’minlayapti.


Ko'rib o‘tgan misollarimizdan kelib chiqib rukn tushunchasiga quyidagicha ta'rif berish mumkin: Rukn arabcha so'z bo'lib, o'zbek tilida1 «ustun» degan ma’noni bildiradi. Aruz tizimida esa ma’lum bir hijolarning birikuvidan hosil bo'ladigan ritmik bo'lak rukn hisoblanadi. Masalan, bir cho'ziq + bir qisqa + bir cho'ziq + bir cho'ziq (- V - -) hijolar birlashsa, foilotun deb ataluvchi rukn vujudga keladi. Foilotun so'zi «faala» so'zining o'zagidan hosil qilingan bo'lib, alohida ma’no anglatmaydi. Maz­kur so'zning tarkibidagi hijolar sifatiga e'tibor qaratsak, ya’ni bo'g'inlarni cho'ziq-qisqalarga ajratsak, «fo» - cho'ziq, «i» - qisqa, «lo» - cho'ziq, «tun» - cho'ziq hijolardan iborat ekanligiga guvoh bo'lamiz.
Hijolarning takroridan ruknlar hosil bo'lgani kabi, ruknlaming muayyan tarzda takrorlanib kelishi bahrlarni vujudga keltiradi. Masalan, foilotun rukni takroridan ramal deb ataluvchi bahr, mafoiylun rukni takroridan hazaj bahri, mustaf’ilun rukni takroridan rajaz bahri hosil bo'ladi. Buni soddaroq shaklda quyidagicha tushuntirish mumkin: Aruz deganda biror oliy o'quv yurtini tushunsak, bahr deganda undagi yo'nalishlar (fakultetlar)ni tasavvur qilaylik. Bilamizki, fakultetlarning o'z nomlari bor. Demak, bahrlar ham nomlanadi. Arab aruzida 19 bahr mavjud. Turkiy aruzda esa asosan ularning 11 tasi qo'llaniladi. Shu 11 bahming ichida 4 tasi nisbatan faol bahrlardan sanaladi. Ular ramal, hazaj, rajaz, mu­taqorib bahrlaridir. Har bir fakultetning tayanch fanlari bo'lgani kabi, bahr­lar ham o‘z ustunlariga, ya’ni ruknlariga ega. Bular asliy ruknlar hisobla­nadi, tayanch fanlar o‘z ichida yana bo'limlarga bo'linganidek, har bir asliy rukn ham tarmoq ruknlarga bo'linadi. Bu haqda keyingi mavzularda batafsilroq suhbatlashamiz. Hozircha yuqorida aytib o'tilgan 4 bahrning ruknlari, ya'ni ustunlari qanday nomlanishini bilib olishimiz zarur.
Ramal bahri ruknining chizmasi quyidagichadir: - V - - (cho'ziq, qis­qa, cho‘ziq, cho'ziq). Bu rukn foilotun deb ataladi. Bir nuqtaga e’tibor bering: fo - cho'ziq, i - qisqa, lo - cho'ziq, tun - cho'ziq. Demak, rukn nomi uning chizmasini o'zida aks ettirar ekan.
Shu tariqa qolgan 3 ta bahrning ruknlari nomlari bilan ham tanishib chiqsak, quyidagicha manzara hosil bo'ladi:

T/r

Bahrlar nomi

Asliy ruknlar nomi

Chizmadagi shakli

1

Ramal

Foilotun

-V - -

2

Hazaj

Mafoiylun

V - - -

3

Rajaz

Mustaf'ilun

- - V -

4

Mutaqorib

fauvlun

V - -

Ishq soldi xonumonim ichra o’t,
La’li otashnoki jonim ichra o’t.


Ish-q(i) sol-di xo-nu-mo-nim ich-ra o’t
- V - - - V - - - V -
La’-li o-tash-no-ki jo-nim ich-ra o’t.
- V - - - V - - - V -


E’tibor berilsa, ushbu chizma - V - - (foilotun) rukni bilan mos kelyapti. Foilotun rukni 1-misrada 3 marta, 2-misrada ham 3 marta takrorlangan, faqat 3-rukn – V – (cho’ziq, qisqa, cho’ziq) shaklida bo’lib, bu holatga keyinroq to’xtalamiz. Demak, ushbu bayt ramal bahrida yaratilgan. Ruknni “/” belgisi bilan ajratamiz:
- V - - / - V - - / - V –
Download 20,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish