Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон республикаси соғЛИҚНИ


AMALIYOT MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDA –



Download 6,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet329/521
Sana24.02.2022
Hajmi6,1 Mb.
#226464
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   521
Bog'liq
ТошПТИ-ўқув-услубий-конференция-6-январ-2017-й.

AMALIYOT MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDA – 
INTERFAOL METODLARNING O‘RNI 
 
Tuxtamushova A.U.,
Toshkent kimyo texnologiya instituti
Ikramova Z.A.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
 
O‘zbеkistоndа tа’lim tizimini tubdan islоh qilish, uni mazmunan yuksak
pog‘onalarga olib chiqish yuzasidan qator qоnuniy hujjatlar qаbul qilingаnki, 
bular «Tа’lim to‘g‘risidа» vа «Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi» to‘g‘risidаgi 
qоnunlаrdir. Ushbu qоnuniy hujjatlаrdаn kеlib chiqаdigаn vаzifа tа’lim 
dаsturlаri mаzmunining yuqоri sifаtigа erishish vа yangi pеdаgоgik 
tехnоlоgiyalаrni jоriy qilishdan iboratdir. Yoshlar – yurtimiz istiqboli, bizning 
ertangi kunimiz. Ertangi kunimizning qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan, qaysidir 
ma’noda biz - o‘qituvchilarga ham bog‘liq. Chunki, bugungi kun ta’lim 
dargohlarida istiqbolimiz uchun poydevor yaratiladi, uning nechog‘lik 
mustahkamligi, bugun biz pedagoglarning o‘quv auditoriyalaridagi ta’lim 
jarayoni sifatiga hamda uni amalga oshirishdagi yondashuvimizga bog‘liq. 
Bugungi kun o‘qituvchisi dоimо o‘z darajasi, ilmiy salohiyati va pedagogik
mаhоrаtini оshirib, uni sаn’аt dаrаjаsigа yеtkаzib bоrishi kеrаk. O‘z fikrini 
tushunаrli, ko‘rgаzmаli ifоdаlаy bilish, jаhоn vа mаmlаkаtimiz ijtimоiy-
iqtisоdiy hаyotidаgi vоqеаlаrgа o‘z munоsаbаtini bildirishi, tа’lim bеrishdа 
ijоdiy yondаshuvni rivоjlаntirib bоrishi kеrаk. O‘qituvchining ijоdiy yondаshuvi 
esa o‘z navbatida tаlаbа tоmоnidаn kimyo fanini o‘rgаnishgа bo‘lgan ijоbiy 
yondаshuvining zaruriy shаrti bo‘lib hisoblanadi. 
O‘qitishning 
interfaol metodlarini ta’lim tizimiga qo‘llanilishi 
raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri 
hisoblanadi. Bugungi kunga kunga kelib o‘qituvchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha 
chuqur bilimga ega bo‘lishi va faqat katta hajmdagi ma’lumotlarni yetkazib
berishining o‘zi yetarli emas. Ta’lim jarayoniga yangicha qarash, talabalarga 
interfaol yondashuv asosida bilim berish - eng samarali yo‘llaridan biri 
hisoblanadi. Boshqacha aytganda, talabalar o‘quv jarayoniga faol jalb 
qilingandagina berilayotgan materiallarni osonlik bilan idrok etadilar. Shundan 


592 
kelib chiqqan holda, bugungi kunda asosiy metodik innovatsiyalar o‘qitishning 
interfaol metodlarini qo‘llashni taqozo etadi. Ta’lim beruvchi va ta’lim 
oluvchining o‘zaro hamkorligiga asoslangan amaliy mashg‘ulotlarda o‘quv 
mashg‘ulotining samaradorligini oshirishda yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek
interfaol metodlarni qo‘llashning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki 
qisqa vaqt ichida kutilgan, kafolatlangan natijaga erishish, talabalarni faolligiga, 
mustaqil fikrlashishiga erishish, hamda kichik guruhlarda muqobil fikrlar 
ichidan maqbulini tanlay olish, muammo va muammoosti muammolarini
aniqlay olish, o‘zgalar fikrini tinglay olish, o‘z nuqtai nazarini himoya qila olish
ko‘nikmalarni shakllantirish kabi xususiyatlarni, talabalrda rivojlantirish -
bo‘lg‘usi kimyogar-texnologlar uchun juda muhimdir. Ma’lumki, amaliy 
mashg‘ulotlarda ma’ruza darslarida o‘tilgan mavzularni mustahkamlanadi. 
O‘qituvchining vaqtdan unumli foqdalanishi, uni to‘g‘ri taqsimlay olishi, 
talabalar diqqatini ko‘rgazmali vositalar yordamida taqdimot, videorolik
namoyishi orqali, amaliy mashq bajarishda, masalalar yechishda interfaol 
metodlardan, shuningdek grafik organayzerlardan joyida va o‘rinli foydalanishi,
xuddi shu o‘qituvchining an’anaviy usulni qo‘llagan holatidan tubdan farq 
qiladi. 1-rasmda talabalar diqqatini vaqtga nisbatan o‘zgarib borishi keltirilgan. 
Ko‘rinib turibdiki, interfaol metodda talabalar faol pozitsiyada, ya’ni ularning 
diqqati o‘quv materialini o‘zlashtirishga qaratilgan. 
Amaliymashg‘ulotlarnio‘tishda “Keys – stady”, “ Bumerang”, 
‘Aqliyhujum”, grafikorganayzerlardan “Klsater”, “Venndiagrammasi”, 
“SWOT” tahlil, “Insert” vah.k. metodlaridanfoydlanishko‘proqsamaraberadi.
Masalan, “Klaster” metodi(tutam, bog‘lam) – axborotxaritasinituzishyo‘li–
barchatuzilmaningmohiyatinimarkazlashtirishvaunianiqlashuchunqandaydirbiror
asosiyomilatrofidag‘oyalarniyig‘ishusuli.Bilimlarni 
faollashtirish 
jarayonini 
tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo‘yicha yangi o‘zaro bog‘lanishli 
tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga imkon beradi. Talabalar klasterni 
tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki kata qog‘oz varag‘ining 
o‘rtasiga asosiy so‘z yoki 1-2 so‘zdan iborat bo‘lgan mavzu nomi yoziladi.


593 
Klasterni mustaqil ish sifatida individual topshiriq sifatida ham berish mumkin. 
Kim eng ko‘p bog‘lam xosil qila oladi (albatta asoslangan tarzda). Birikma 
bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yoniga mavzu bilan bog‘liq so‘z va takliflar 
kichik doirachalar “yo‘ldoshlar” yozib qo‘shiladi. Bu “yo‘ldoshlar”da ‘kichik
yo‘ldoshlar” bo‘lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar 
tugaguncha davom etish mumkin. O‘tilgan mavzuni mustahkamlashda “Venn 
diagrammasi” grafik organayzeridan foydalanilganda taqqoslanayotgan 
ob’ektlarni (guruh, moddalar yoki elementlar) xususiy va umumiy jihatlarini 
qiyoslanadi. Bunda o‘zaro kesishuvchi ikkita yoki uchta doiralardan 
foydalaniladi. Masalan, VII – A va VII-B guruh elementlarini “Venn 
diagrammasi” grafik organayzeridan foydalanib, o‘ziga xos va barchasi uchun 
umumiy bo‘lgan xossalarini aniqlash vazifasini berish mumkin: 
Interfaol metodlar qo‘llanilganda talaba bilimlarni qabul qilish jarayonida 
to‘laqonli ishtirokchiga aylanadi. O‘qituvchi tayyor bilimlarni berishni emas
balki talabalarda bilim olishga rag‘bat, ishtiyoq uyg‘otadi, ularni mustaqil 
izlanishga yo‘naltiradi. O‘qituvchining faolligi talabalarga ko‘chadi, bu bilan 
birga talabalar tashabbuskorligi uchun imkoniyat yaratiladi. Muammoli ta’limni 
tashkil qilish ham talabalarni mustaqil, tahliliy, tanqidiy va ijodkorona 
fikrlashini shakllantirishga ko‘maklashadi. Ularda muammoni topish – muammo 
osti muammolarini izlashmuqobil variantlarni topish – maqbul yechimga 
kelish tizimida fikrlash, individual, juftlikda va jamoada ishlash, o‘zaro fikr 
almashinish, fikrlar xilma –xillgi sharoitida o‘z fikrini himoya qila olish, to‘g‘ri 
fikrni qo‘llab-quvvatlashni o‘rganadi. Ayniqsa, “Keys-stadi” metodini, amaliyot 
darslarida qo‘llash orqali yetkazilayotgan materialni o‘qituvchi emas, balki 
talabaning o‘zi o‘zlashtirishi , bu o‘rinda o‘qituvchi yo‘naltiruvchi vazifasini 
o‘tashi muhimdir. “Keys-stadi” (inglizcha сase –to‘plam, aniq vaziyat, stadi –
ta’lim) – keysda bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammolarni ifodalash 
hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga 
yo‘naltiradigananiq, real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli- 
vaziyatli tahlil etilishiga asoslangan ta’lim uslubidir.Keys texnologiyasi –


594 
bilimlarni tayyor holda yetkazish yoki yechimlarni berish emas, balki uni izlab 
toppish va mustaqil izlashga o‘rgatadi. 
Agar u o‘quv jarayonida ma’lum bir maqsadga erishish yo‘li sifatida 
qo‘llansa, metod xarakterida bo‘ladi, biron bir jarayonni tadqiq 
qilishdabosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, 
texnologik jihatni kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, amaliyot mashg‘ulotlarida talabalar tomonidan 
egallangan nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash nazarda 
tutiladi. Mavzu yuzasidan vazifalarni talabalar individual, juftlikda yoki kichik 
guruhlarda bajarishlari mumkinligi esa qo‘llaniladigan interfaol metodlarni
tanlash va oldindan loyihalashtirish, kutiladigan natijani avvaldan belgilash 
imkonini yaratadi. 

Download 6,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   521




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish