Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги заҳириддин муҳаммад бобур номидаги



Download 4,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/206
Sana12.04.2022
Hajmi4,08 Mb.
#547308
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   206
Bog'liq
ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ – МАМЛАКАТ ТАРАҚҚИЁТИНИНГ МУҲИМ ОМИЛИ KANFERENSIYA ADU

Tettigometra varia
kabi turlari (6 tur yoki 21.4%) tuproq ostida yashovchilar ekologik guruhini 
tashkil etadi, ularning lichinkalari tuproqni kavlashga moslashgan kuchli 
oyoqlarga ega bo‘lib, tuproq ostida, o‘simliklarning ildiz bo‘g‘zida hayot 
kechiradi. Voyaga yetish asnosida ular tuproq ustiga – o‘simliklarga o‘rmalab 
chiqib, rivojlanishni tugallaydi. Tuproq ostida yashashga moslanish 
lichinkalarning morfologiyasi va biologiyasida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, 
ularning xitin qobig‘i sust pigmentlashgan yoki rangsiz-tiniq, dastlabki 
bosqichda ko‘zlari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Lichinkalarning tullashi 
Cixiidae va Tettigometridae oilalari ko‘pchilik turlarida qanotlarni rivojlanishi 
tuproq ostida yoki chumolilarni uyalarida ro‘y beradi. Lichinkalarning yelka-
qorin tomoni yassilashgan bo‘lib, Cixiidae vakillari tanasini yuqori namlik va 
suvdan himoya qiluvchi mum qoplami o‘rab turadi. Bu guruh hasharotlarning 
tuproq ostida yashashga moslanishi ikkilamchi hodisa sanaladi [4]. 
Aphrophora salicis, Lepironia colyeoptrata, Neophilaenus haupti, Philaenus 
spumarius
turlarining lichinkalari yantoq va tol barglarida yashab qorin 
qismining oxirida joylashgan teshik orqali suyuqlikni chiqarib ko‘pik hosil 
159 


qiladi va shu ko‘pik ichida yashaydi. Ko‘pik lichinkalar uchun yashash joyi 
sifatida ularning tanasini qurib qolishdan himoyalaydi, ular to‘liq voyaga 
yetgandan so‘ng ko‘pikdan tashqariga chiqadi. 
Erta bahorda yantoq o‘simligi barg chiqara boshlaganda 
Papyrina viridis
ning tuxumdan chiqqan lichinkalari o‘simlik shirasi bilan oziqlanadi. Barg 
yuzasini xartumchasi yordamida teshib, maxsus suyuqlik ishlab chiqaradi va 
barg plastinkasi qirralarini asta-sekinlik bilan bir-biriga yopishtiradi hamda
o‘ziga xos barg gallini hosil qiladi, lichinka gall ichida yashab, avgust oyining 
oxirida voyaga yetgach tashqariga chiqadi va boshqa o‘simliklarga ko‘chib 
o‘tadi. Saratonlarni hayotiy rivojlanish sikli bo‘yicha ularni yarim bir yillik 
hamda ko‘p yillik rivojlanish sikliga ega bo‘lgan turlarga ajratish mumkin. 
Yarim-bir yillik rivojlanish sikliga ega bo‘lgan turlar mavsumiy bo‘g‘in 
(generatsiya) berishiga qarab mono va polivoltlarga ajraladi. 
Saratonlar turlarining asosiy qismi (26 tur, 92.8%) yarim-bir yillik 
rivojlanish sikliga ega. Ularning 14 (50%) turi, ya’ni 
Athysanus argentatus

Cicadella viridis

Delphax orientalis

Edwardsiana frogatti

Edwardsiana rosae

Erythroneura flammigera

Erythroneura amseli

Euscelis lineolatus

Euscelis 
alsius

Laodelphax striatella

Notus plavipennis

Psammotettix striatus

Ranissus 
chomutovi

Ranissus ferganensis
polivoltlar bo‘lib, mavsum davomida bir necha 
bo‘g‘in beradi. Masalan, 
Laodelphax striatella 
O‘zbekistonning shimoliy 
mintaqalarida ikki bo‘g‘in berib rivojlansa, janubiy hududlarda 4-5 bo‘g‘in 
beradi. Shuningdek, 
Psammotettix striatus 
saratoni shimoliy hududda 2, janubda 
esa 3-4 generatsiya beradi. Odatda, Typhlocybinae oilasiga mansub ko‘pchilik 
saratonlar polivoltlar sanaladi. Vegetatsiya davri uzoq davom etadigan 
mintaqalarda bu turlarning bo‘g‘inlar soni yuqori darajada bo‘lishligi bilan 
ajralib turadi, ularda yozgi diapauza kuzatilmaydi. Shuni alohida ta’kidlash 
kerakki, umumiy foydali harorat past bo‘lgan hududlarda ayrim polivoltlarning 
bo‘g‘inlar soni qisqarishi yoki bir yilda bitta bo‘lishi ham mumkin. Ya’ni ular 
monovoltlar qatoriga qo‘shilishi mumkin. Jumladan, bu holat 
Erythroneura 
flammigera, Edwardsiana frogatti, Edwardsiana rosae
turlarida qayd etilgan. 
Umuman o‘rganilgan 28 tur saratonlarning 12 (42.8%) turi (
Aphelonema eoa
,
Aphrophora salicis

Cicadula divaricata

Evacanthus asiaticus

Lepironia 
colyeoptrata

Neophilaenus haupti

Nephotettix cincticeps, Oliarus pallens

Papyrina viridis

Philaenus spumarius

Tettigometra vitellina

Tettigometra
varia
) monovolt turlar sirasiga kiradi. 
Kuzatish natijalariga ko‘ra, g‘o‘za agrobiotsenozining shakllanishi 
o‘simlikning ilk vegetatsiya davridan boshlanadi. Odatda, may oyining birinchi 
o‘n kunligi oxirlariga kelib paxta dalalarida saratonlar (
Empoasca decipiens

Kuboasca bipunctata
), boshqa bo‘g‘imoyoqlilar uchray boshlaydi [5]. 
160 


Saraton va qandalalar shiralar oziqlanayotgan o‘simlikka yaqinlashsa 
chumolilar faol “qarshilik” ko‘rsatadi. Umuman olganda g‘o‘zaning ilk 
vegetatsiya davrida, may oyining ikkinchi o‘n kunligidan boshlab iyun oyining 
o‘rtalariga qadar qora yo‘ng‘ichqa shirasi miqdor zichligini boshqaruvchi 
omillar chegaralangan bo‘lib, ularning chumolilar bilan bo‘lgan trofobioz 
munosabatlarini yuzalanishi uchun qulay sharoit shakllanib ulguradi. Ayni shu 
davrda, g‘o‘za nihollarini qora yo‘ng‘ichqa shirasi bilan kuchli zararlashi 
kuzatiladi, natijada uning zich koloniyalari o‘simlikning o‘sish nuqtasini, barcha 
chinbarglarni qoplab oladi, zararlangan o‘simliklar quriydi yoki o‘sish nuqtasi 
ikki ayri bo‘lib vegetatsiya maromi buziladi. 
Saratonlarning ko‘pchilik turlari uchun chumolilar bilan bo‘lgan trofobioz 
munosabatlar vaqtincha mazmunga ega. Odatda, bu turlar jadal oziqlanish 
mavsumida, ko‘plab “shira” suyuqligi ajratib chiqarish davrida chumolilarni 
o‘ziga jalb etadi. Masalan, bu holat Rhytidorus, Idiocerus va qisman 
Tettigometra hamda Goniagnathus urug‘lariga mansub turlar uchun xosdir. 
Jumladan, 
Rhytidodus tenebricans
va 
Goniagnathus decoratus
turlari anal 
teshigidan ajralayotgan suyuqlikni chumolilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yalab olib 
oziqlanadi. Kuzatishlardan ma’lum bo‘ladiki, “shira” suyuqligi saratonlarning 
anal teshigidan kuchli bosim orqali “otilib” chiqadi, chumolilar bu tomchilarni 
osonlik bilan ushlab olishga moslashgandir. Saratonlarning har biri atrofida bir 
necha chumoli navbatma-navbat oziqlanishi mumkin. O‘z navbatida chumolilar 
saratonlarni o‘rgimchak va boshqa dushmanlaridan muhofaza qiladi [4]. 

Download 4,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish