“TEKINXO‘R CHUVALCHANGLAR” MAVZUSIDAGI DARSLARDA
MAHALLIY MATERIALLARDAN FOYDALANISH
Kozimjon Zokirov,
Andijon davlat universiteti dotsenti,
Axmedova Odinaxon Hatamovna,
Andijon davlat universiteti o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada 7-sinf zoologiya darsligidagi parazit
chuvalchanglar tipi vakillarining faoliyati haqida hamda ularning mahalliy aholi
o‘rtasidagi zarari, keltirib chiqaradigan kasalliklari va kasalliklardan xalos bo‘lish,
mahalliy materiallardan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar: tekinxo‘r chuvalchanglar, Parazit chuvalchanglar, tasmasimon
chuvalchanglar, exinokok, odam askaridasi, pakana gijja , bolalar gijjasi(ostritsa),
miratsidiy, sporotsita, rediya, serkariya, oraliq xo‘jayin
.
Ma’lumki chuvalchanglar ichida yassi va yumaloq chuvalchanglar tipiga
mansub organizmlar ichida tekinxo‘rlik bilan yashovchi vakillari ko‘pchilikni
tashkil qiladi. Mazkur chuvalchanglar o‘simlik, hayvon va odamlar tanasida
yashab ularda turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lishadi. Shu sababli
tekinxo‘r chuvalchanglarni o‘rganish, ularga qarshi samarali kurash choralarini
ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim jarayonida ham tekinxo‘r chuvalchanglar, ularning tarqalishi, hayot
tarzlarini o‘quvchi va talabalarga o‘rgatish muhim vazifalardan hisoblanadi. Shu
sababli o‘rta maktab zoologiyasida, odam va uning salomatligi o‘quv
predmetida shuningdek, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalariga bu
chuvalchanglar to‘g‘risida ma’lum hajmda bilim va malakalarni o‘rgatish
maqsadga muvofiq sanaladi. Undan tashqari o‘quvchi va talabalarga tekinxo‘r
chuvalchanglarning mahalliy aholi orasida tarqalishi to‘g‘risida bilimlarni
o‘rgatish ham muhim vazifalar qatoriga kiradi.
7-sinf zoologiyasida (Toshkent, 2013) “Yassi chuvalchanglar tipi:
So‘rg‘ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar tiplari” (9 -mavzu), “To‘garak
chuvalchanglar tipi: Odam askaridasi” (10-mavzu), “Parazit
chuvalchanglarning xilma-xilligi” (11-mavzu) kabi mavzular berilgan.
Bu mavzularda tekinxo‘r chuvalchanglardan jigar qurti, qoramol, cho‘chqa
tasmasimon chuvalchangi, exinokok, odam askaridasi kabi tekinxo‘r
chuvalchanglar to‘g‘risida bilimlar beriladi. Undan tashqari, mazkur
chuvalchanglar to‘g‘risidagi bilimlarni 8-sinf odam va uning salomatligi,
akademik litsey va kasb-hunar kollejlari biologiya darslarida ham foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Mazkur mavzularni o‘rganishda o‘quvchilarga
viloyatimizdagi aholi orasida bu tekinxo‘r chuvalchanglarning tarqalishi
232
to‘g‘risida materiallarni o‘rgatish yoshlarni bu chuvalchanglar va ularni
kishilarga, yuqib qolishi to‘g‘risidagi bilimlargina emas, balki ularni bu
chuvalchanglarni o‘zlariga yuqtirib olmaslik yo‘llarini ham o‘zlashtirib
olishlariga imkon beradi.
Quyida mazkur mavzularda tekinxo‘r chuvalchanglar bilan Andijon
viloyati aholisini zararlanishiga oid materiallarni xavola qilinadi.
Andijon Respublikamizda aholi eng zich joylashgan viloyatlardan biri bo‘lib
uning xududida 4 ta shaxar va 14 tuman mavjud. Viloyat Sanitariya-
Epidemiologiya stansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra Andijon shahrining o‘zida
2015- yili aholini 0,9, 2017- yili 0,7 % va 2019- yili 0,9 % turli tekinho‘r
chuvalchanglar bilan zararlangani aniqlangan. Mazkur yillarda aholi ichida eng
ko‘p tarqalgan tekinho‘r chuvalchang bolalar gijjasi (ostritsa) bo‘lib u
kasallangan aholini 95 % da uchragan.Shuningdek aholini pakana gijja bilan 3,4,
askarida bilan 0,2, exinokok bilan esa 0,1 % zararlangani ham aniqlangan.
Asaka shahri aholisidan 2015- yilda 25764 nafari tekshirilganda ulardan 685
tasi (2,6%)da tekinho‘r chuvalchanglar borligi kuzatilgan. Tekinxo‘r
chuvalchanglarning eng ko‘p uchrashi bu shaharda ham, ya’ni bolalar gijjasi
(ostritsa) (81%) bo‘lib chikkan. Keyingi o‘rinda pakana gijjaga (16%) to‘g‘ri
kelgan.Asakada 2017-2019-yillari aholini tekinxo‘r chuvalchanglar bilan
kasallanishi ancha kamaygan.
Xonobod shahri aholisining 6135 nafari tekshirilganda ulardan 199 nafari da
tekinho‘r chuvalchanglar borligi aniqlangan. Bular ichida 1,5 % -askaridoz, 2,5
% pakana gijja va 95,9 % bolalar gijjasi bilan zararlangani aniqlangan.
Qorasuv shahrida tekshirilgan aholining 0,4 % askaridioz, 00,3%
exinokokoz, 87 % bolalar gijjasi, 11,5 % pakana gijja bilan zararlangani
kuzatilgan.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari biologiya darsligidagi “Evolyutsion
ta’limot” nomli ikkinchi bob tarkibiga kirgan “Organizmlarning moslanishi va
ularning nisbiyligi” (12-mavzu) mavzusini o‘rganishda ham tekinxo‘r
chuvalchanglar va ularning yashash sharoitlariga moslanish yo‘llaridan misollar
keltirish o‘quvchilarni mavzu materiallarini puxta o‘rganishlariga sabab bo‘ladi.
Masalan, jigar qurtining hayvonlar tanasida hayot kechirishi, boshka
hayvonlarga tarqalishi juda qiyinchiliklar orqali o‘tadi. Avvalo bu qurt hayvon
jigarining o‘t yo‘llarda, hatto o‘t pufagi ichida ham yashashi uchun u o‘t
suyuqligining kuydiruvchi, parchalovchi ta’siriga chidashi, moslanishi kerak
bo‘ladi. Jigar qurtining tarixiy rivojlanish jarayonida uning terisida o‘t suyuqligi
ta’sirini neytrallashga xizmat qiluvchi tuzilmalar paydo bo‘lgan. Undan tashqari
bu qurtning gavdasi juda yupqa bo‘lgani, jigarning katta qon tomirini ichida
qontomir devoriga so‘rg‘ichlari bilan yopishib olishi, gavdasining yupqaligi
tufayli u qon tomirni to‘sib qolmasligi, oqibatda undan bemalol qon harakati
davom etishi kabilar bu tekinxo‘rni o‘z xo‘jayini qon aylanish tizimiga jiddiy
233
zarar yetkazmasdan o‘zi voyaga yetib olishiga imkon berishi kabilar qurtning
yashash sharoitiga moslanish belgilaridan biri hisoblanadi. Jigar qurtining
nihoyatda ko‘p tuxum qo‘yishi ham uning tur sifatida saqlanib qolishiga imkon
beruvchi moslanishlaridandir. Undan tashqari, bu qurtning otalangan tuxumlari
asosiy xo‘jayindan tashqariga chiqqach keyingi taraqqiyotini o‘tashi uchun
albatta suvga tushishi, suvda tuxumdan chiqqan lichinka nobud bo‘lmasligi
uchun o‘ziga oraliq xo‘jayin topishi kerak bo‘ladi. Tuxumdan chiqqan barcha
lichinkalarga ham suvda oraliq xo‘jayin suv shilliq qurti topilmasligi mumkin.
Oraliq xo‘jayin topgan lichinkalar o‘zlarining keyingi hayotini davom ettiradilar.
Suvda oraliq xo‘jayin topib uning ichiga kirib olgan lichinka miratsidiy keyingi
rivojlanish davri sporotsitaga aylangach bu lichinkalar endi o‘zlari ko‘payadi.
Oqibatda oraliq xo‘jayin topib olgan lichinkalar o‘zlari ko‘payishga tushib
ulardan rediya,serkariya kabi lichinkalar paydo bo‘ladi. Bu lichinkalar shilliq
qurt tanasidan tashqariga chiqib endi boshqa qoramol yoki qo‘yning suv
xavzasiga kelib suv ichishi, suv bilan birga o‘zlarini ham mazkur hayvon
tanasiga o‘tib qolishini kutadi. Suvdagi jigar qurtining bu lichinkasi bor joydan
hayvonlar kelib suv ichadimi, yo‘qmi bu ham tekinxo‘rni yashab qolishini
cheklovchi omillardan hisoblanadi.
Shunday qilib jigar qurti uchun avvalo asosiy xo‘jayin tanasidagi unga
bo‘lgan qarshiliklarga, tarqalishdagi qiynchiliklarga moslashgan taqdirdagina
tabiatda tur sifatida saqlanib qoladi. Asosiy xo‘jayin tanasida yashab, boshqa
hayvonlarga tarqalishidagi bunday noqulayliklar bo‘lishiga qaramay u ko‘pincha
qo‘ylarni 80-90 % zararlashi kuzatilgan..
Quyidagi rasmda jigar qurtining taraqqiyot yo‘llari ko‘rsatilgan.
234
Adabiyotlarda ko‘rsatilishicha Zarafshon va Surxon vodiylarida
boqilayotgan qo‘y, echki kabilarning ham tekinxo‘r chuvalchanglar bilan
zararlanishi 70-80 % ga borishi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |