qator o‘zgartirishlar qilish lozim deb hisoblaymiz. Bu o‘zgartirishlarning asosida
olingan ma’lumotlarni qayta ishlash yotishi kerak.
Ma’lumki ta’lim jarayonida asosiy ma’lumotlar ma’ruza darslarida beriladi.
Bu ma’lumotlarni qayta ishlab, olgan bilimlarni mustahkamlash esa amalaiy
mashg‘ulotlar: laboratoriya va masalalar ishlash mashg‘ulotlarida amalga
oshiriladi.
Ta’limning ushbu jarayonlarida IT-texnologiyalari tahlil qilinsa, ular asosan
animatsiya ko‘rinishidagi dars
ishlanmalari, virtual laboratoriya yoki o‘qituvchi
tomonidan tayyorlangan dars taqdimotlaridan iborat. Masalalar ishlash dars
mashg‘ulotlarida esa deyarli IT-texnologiyadan foydalanilmaydi.
So‘nggi yillarda IT-dasturlariga talab oshganini hisobga olsak eng katta
kamchiliklardan biridir.
Fizikaga chuqurlashgan yo‘nalishlarda va oliy ta’limdagi fizika yo‘nalishida
amaliy mashg‘ulotlarga ajratilgan soatlar ortgani hisobiga amaliy
mashg‘ulotlarning bir qismini fizik masalalarni matematik-modellashtirishga
ajratilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tahlillar va o‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki,
fizik masalalarni ishlashda
murakkab integrallarni sonli usulda hisoblash ko‘proq amaliy ahamiyatga ega
ekan. Oliy ta’lim yo‘nalishida markaziy simmetriyaga ega massiv va
zaryadlangan jismlarni inersiya momenti, gravitatsion
maydon kuchlanganligi,
elektr maydon kuchlanganligi va potentsiali, magnit maydon kuchlanganligini
hisoblashda asosan integral hisobdan foydalaniladi.
Agarda qaralayotgan jism markaziy simmetriyaga ega bo‘lmasa, yoki
qaralayotgan nuqta simmetriyaga ega bo‘lmasa, maydon kattaliklari uchun
tuzilgan analitik ifodani integrallashda murakkablik tug‘diradi.
Bunday murakkablikni hal etishda sonli usuldan
foydalanish maqsadga
muvofiq. Shuning uchun sonli usulning afzalligini o‘quvchilarga tushuntirish
kerak. Buning uchun quyidagi ikki masalani ko‘raylik.
1.
chiziqli zichlik bilan zaryadlangan halqa markazidagi
elektr maydon potensialini toping. Halqa radiusi R =20 sm.
2.
Yuqoridagi keltirilgan masalani halqa tekisligida uning markazidan d=15
sm uzoqlikda yotgan nuqtadagi elektr maydon potensialini toping.
Har ikkala masalani tahlil qilaylik:
-birinchi masalada qaralayotgan nuqtaga nisbatan halqaning barcha nuqtasi
simmetrik joylashgan. Shuning uchun integrallashni bajarish qulay bo‘ladi, ya’ni
227
ga ega bo‘lamiz.
Ikkinchi masalada esa 1-rasmga asosan
ega bo‘lgan holda, yakuniy ifodani quyidagi ko‘rinishda yozamiz.
.
1-rasm
Ushbu
integral ham transendent, ham irratsional funksiyadan iborat bo‘lgani
uchun integrallash murakkabroqdir. Shuning uchun sonli usuldan foydalanib
integralni Maypl dasturi asosida hisoblaymiz. Bu usul boshqa hisoblash
usullariga nisbatan qulay va kam vaqt sarflanadigan usul hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: