1-jadval
Namangan viloyati ichimlik suvining gigiyenik va epidemiologik holati
t/r
Namuna olish
joyi
Loyqa
ligi
(mg/l)
Hidi
20;60
°
(ball)
Umumiy
qattiqlik
(mg-
ek/l)
Nitritla
r (mg/l)
Ftor
(mg/l)
Nitratla
r (mg/l)
Quruq
qoldiq
(mg/l)
Koli
inde
ksi
Umu
miy
mikro
bakter
iyalar
soni
1
Jiydakapa
-
0
5,1
-
0,14
-
334
3
17
2
Pop
0,22
0
6,45
0,004
0,28
0,3
589
3
47
3
Chust
0,37
0
5,25
0,006
0,32
0,45
519
3
46
4
Kosonsoy
0,3
0
6,0
0,008
0,28
0,8
653
3
58
Jumaxanov Shavkatjon Zoirjonovich – Namangan Davlat universiteti, geografiya kafedrasi dotsenti.
Е-mail: shavkat_72@mail.ru. Otamirzayeva Mohigul Hakimjon qizi- Geografiya kafedrasi magistri.
261
5
Yangiqo`rg`on
0,2
0
6,65
0,008
0,22
0,45
576
3
52
6
Uychi
0,3
0
4,05
0,004
0,2
0,45
490
3
59
7
Chortoq
0,44
0
4,15
0,06
0,22
0,6
425
3
35
8
Norin
0,22
0
4,5
0,008
0,28
0,3
589
3
64
9
Uchqo`rg`on
0,14
0
7,35
0,006
0,26
0,45
519
3
63
10
To`raqo`rg`on
0,22
0
11,15
0,006
0,34
0,6
919
3
59
11
Mingbuloq
-
0
5,0
0,004
0,34
0,3
738
3
47
12
Namangan
0,22
0
17,0
0,006
0,38
0,8
1134
3
40
13
Namangan sh
0,3
0
4,0
0,035
0,19
-
550
3
5
14
Qizilrovot
1,0
0
3,4
-
0,1
-
-
3
34
Jadval: Namangan viloyati “Suvoqava” DUK ma`lumotlari asosida tuzildi.
Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlash ustivor maqsadlardan hisoblanadi. Shu
nuqtai nazardan Namangan viloyatida aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlashga qaratilgan bir
necha istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Viloyat aholisiga ichimlik suvi umumiy uzunligi
4 ming 884 km. dan ziyod tarmoq, 500 ga yaqin suv olish va 39 ta suv uzatish inshooti orqali
yetkazib beriladi. Tuman markazida aholi ichimlik suvi bilan kichik quvvatli inshootlar, olis
qishloqlarda esa alohida tik quduqlar vositasida ta`minlanadi [3].
O`zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi” 950-2000-sonli Davlat standartida suv
sifatini belgilovchi meyorlar berilgan.
Ichimlik suvining xavfsizligini ta`minlovchi standart to`rt qismdan iborat:
a) ichimlik suvi epidemiya xavfini tug`dirmasligi kerak;
b) kimyoviy jihatdan zararsiz bo`lishi zarur;
d) ichimlik suvining organoleptik xossalari yoqimli bo`lmog`i zarur;
e) ichimlik suvi har qanday sharoitda ifloslanishdan muhofaza qilinishi kerak.
Yaxshi organoleptik xususiyatlarga ega suv yuqori baholanadi. Bu tabiiy hol albatta,
bunday suv tiniq rangsiz, hidsiz, toza, chanqov bosishligi bilan ajralib turadi. Ichimlik suvining
organoleptik xususiyatlariga hidi, rangi, ta`mi, suvning loyqaligi kiradi. Me`yorga ko`ra 20°da
suvning hidi va ta`mi 2,0 balldan oshmasligi kerak. Yuqoridagi jadvaldan viloyatdagi namuna
olish joylarida suvning ta`mi va hidi 0 ga teng ekanligini ko`rish mumkin. Suvning loyqaligi
(qoldig`i) ko`pi bilan 1mg/l dan oshmasligi kerak [1, 28-b]. Bu ko`rsatkich bo`yicha ham viloyat
iste`mol suvi me`yorida bo`lib, Qizilravotda 1,0 mg/l ga teng (1-jadval).
Suv sifatining bakteriologik ko`rsatkichlari. Suvga epidemiologik nuqtai nazardan
gigiyenik baho berishda patogen mikroorganizmlar bor-yo`qligini tekshirish murakkab va uzoq
davom etadigan ishdir. Bunda bevosita bakteriologik ko`rsatkichlardan foydalaniladi. Suv
saprofit mikroblar bilan qancha kam ifloslangan bo`lsa, shuncha epidemiologik jihatdan kam
xavfli bo`ladi. Saprofit mikroflorasining suvda bo`lishi ifloslanish belgisi bo`lib, uning darajasi
“mikrob soni” tushunchasi bilan ifodalanadi. “Mikrob soni” deb-1,0 ml. tekshirilayotgan
mikroblar soniga aytiladi. Suvning sifati koloniyalar soniga qarab aniqlanadi. Mikroblarga qarshi
yaxshi kurashish choralari ko`rilgan vodoprovod suvida 100 tachaga yetadi [4]. Viloyat aholisi
iste`mol suvida bakteriyalar koloniyasining umumiy soni esa 100 dan kam ekanligini ko`rish
mumkin.
Yana suvga bakteriologik baho berishda unda ichak tayoqchasi bor-yo`qligi aniqlanadi.
Suvda ichak tayoqchasining bor-yoqligi koli-titr yoki koli-indeksi kattaligi bilan ifodalanadi.
Koli-titr bu bitta ichak tayoqchasini saqlovchi eng kam suv miqdoriga miqdoridir. Koli-indeks
bu- 1,0 litr suvdagi ichak tayoqchalarining soniga aytiladi. Agar suv zararsizlantirilgandan keyin
koli-indeks 3,0 gacha kamaygan (bunda koli-titr 300 ml dan yuqori) bo`lsa, unda tif, paratiflar
guruhiga kiradigan patogen mikroblar, leptospiroz va tulyaremiya kasalliklarining
qo`zg`atuvchilari butunlay nobut bo`ladi. Vodoprovot suvining sifati yuqoridagi tahminlar
asosida ishlab chiqilgan standart ko`rsatkichlar bilan ifodalaniladi. 1,0 ml. vodoprovot suvidagi
saprofit bakteriyalar soni ko`pi bilan 100 tagacha bo`lishi, koli-titr 300ml dan kam bo`lmasligi
yoki koli indeks 3,0 dan yuqori bo`lmasligi kerak. Namangan viloyati aholisiga berilayotgan
ichimlik suvida koli-indeks 3,0 ga teng ekanligini ko`rish mumkin.
262
Suvda mineral moddalar-kalsiy va magniy tuzlarining bo`lishi, unga qattiqlik xossasini
beradi. Qattiqlik “mg-ek/l” yoki graduslarda o`lchanadi. Qattiqlik - bu yurak qon tomir
sistemasining normal faoliyati uchun zarur bo`lgan ichimlik suvi sifatining muhim parametridir.
Kalsiy hujayra membranasi g`ovakligi boshqaruvida, nerv impulslarini tashishda, shuningdek
hujayra immuniteti va uglevodli metabolizm jarayonlarida qatnashadi. Magniy energiya
metabolizmida, nuklein kislotalarning sintezlashuvida, nerv impulslarining tashilishida va
immunologik reaksiyalarda qatnashadi [2, 21-p]. Ichimlik suvining qattiqligi 7 mg-ek/l dan
oshmasligi kerak. Viloyat aholisiga berilayotgan ichimlik suvining umumiy qattiqligi Namangan
tumani 17,0 mg-ek/l, To`raqo`rg`on 11,15 mg-ek/l, Uchqo`rg`onda 7,35 mg-ek/l me`yoriy
ko`rsatkichdan yuqoridir.
Suvning quruq qoldig`i suvdagi barcha erimagan moddalarning umumiy miqdoridir.
Ichimlik suvda quruq qoldiq (suv mineralizatsiyasi) 1000 mg/l dan ko`p bo`lmasligi kerak [5].
Viloyatda Namangan tumani ichimlik suvida quruq qoldiq 1134 mg/l meyordan biroz yuqori
ekanligini qayd qilingan. Binobarin, Namangan adirlarining o’zashtirilib sug`orishga tortilishi
yer osti suvlari umumiy qattiqligini oshishga sabab sifatida ko’rsatish mumkin.
Azot nitratlar ichimlik suvi tarkibida 45,0 mg/l dan oshmasligi kerak. Bu ko`rsatkich
bo`yicha viloyat iste`mol suvi me`yorida. Biroq ,Chust, Yangiqo`rg`on, Uychi, Uchqo`rg`onda
45,0 mg/l ga teng. Ftor karies, oshqozon ichak yo`llari, hazm qilish sistemasi kabilarning turli
kasalliklariga qarshi kerakli kimyoviy dori. Suv tarkibida ftorning miqdori 0,5 mg/l dan kam
bo`lgan hududlarda maktab o`quvchilari orasida karies kasalligi ko`paygani qayd etilgan.
Ftorning miqdori 1,5 mg/l dan ortiq bo`lgan joylarda flyuoroz kasalligi ko`p uchraydi.
Namangan viloyati iste`mol suvida ftorning miqdori 0,5 mg/l dan kam ekanligini ko`rish
mumkin. Bu esa viloyat aholisining tish kariesining ko`payishiga olib kelishi mumkin. Bunday
holatlarda vodoprovot suviga ftor qo`shish yo`li bilan uning miqdorini 1,5 mg/l ga yetkazish
tavsiya etiladi. Nitritlarning 0,002-0,005 mg/ldan oshiq bo`lishi ifloslanishning muhim
ko`rsatkichi hisoblanadi [4]. Viloyat aholisi iste`mol suvida nitritlarning ulushu biroz yuqori
ekanligini ko`rish mumkin. So`nggi yillarda qishloq xo`jaligida azot tutuvchi o`g`itlar ko`p
ishlatilayotgani sababli quduq suvlarida nitritlar miqdori me`yoridan ortib ketgan.
Yuqoridagi tahlillardan shuni qayd etish mumkinki, viloyat aholisi iste`mol suvining
organoleptik xususiyatlari gigiyenik talablarga javob beradi. Suv sifatining bakteriologik
ko`rsatkichlari ham ancha past ya`ni aholi salomatligi uchun xavfli emas. Biroq ichimlik
suvining kimyoviy tarkibida ftor ulushining miqdori biroz past ekanligini, nitritlarning ulushi esa
baland ekanligini ta`kidlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |