Sotishlar strategiyasidagi o‘zgarishlar. Kompaniya-gigantlar (monopoliyalar), muvoffaqiyatida marketing katta rol o‘ynagan va o‘ynaydi. Lekin uning vositalari yordamida sotishlarni rag‘batlantirish sohasidagi muommolar amaliy jihatdan hal etilmaydigan bo‘lib bormoqda. Vujudga kelgan holatdan chiqishning yo‘li bo‘lib, ixtisoslashtirilgan korxonalar distribyuterlar va dillerlarni yaratishni o‘z ichiga oladigan mahsulotlarni tarqatishning qiyin tizimlarini tuzish hisoblanadi. Ammo ushbu korxonalar hamma vaqt ham asosiy firma balansida bo‘lishlari va bozorga faqat uning mahsulotlarini siljitishlarining imkoni bo‘lmaydi. Undan tashqari distribyuterlar va dillerlar tanlash «kengligi» nuqtai nazaridan mijozlarning xohishlarini maksimal darajada qondirish maqsadida raqobatchi gigant kompaniyalar mahsulotlarini bir joyga to‘plashadilar. Shuning uchun mahsulotlarni bozorga siljitish uchun harakat qilinayotganda, kompaniya juda ko‘p sonli bug‘inlarga suyanishga majbur bo‘ladi. Ushbu bug‘inlar ichida asosiy o‘rinni tadbirkor-sotuvchi (qayta sotuvchi tadbirkor) egallay boshladi.
2.Xizmat ko‘rsatish jarayonlarini ishlab chiqish, xatolarni minimallashtirish va yopiq jarayonlarni ishlab chiqish
Zamonaviy mahsulotning muhim turlaridan biri bo‘lib hisoblangan zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarini yaratish va qo‘llashning xususiyatlari va dinamikasini ko‘rib chiqish mumkin. Zamonaviy ishlab chiqarishlarda qimmatbaho asbob-uskunalar va malakali xodimlardan maksimal foydalanishga mo‘ljallangan texnologik jarayonlar, boshqaruv sistemalari va axborot xizmatlarini yagona ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan mexanizm sifatida integrallashuv muammosi hal etilmoqda.
Qiyin axborot loyihalarini amalga oshirish, bir necha yuzlab kompyuterlar, turli xil asbobuskunalarni, lokal va taqsimlangan tizimlarni yaratishni, maxsus dasturli ta'minotni yaratishni talab qiladi. Xizmat ko‘rsatishning zamonaviy jarayoni insonning yakka tartibdagi xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini tahlil qilish, xizmat ko‘rsatish jarayoninidiagnostika va modellashtirish kabi muhim bo‘lgan vazifalarga asoslanadi.
Bugungi kunda servis tashkilotlarining raqobatbardoshliklari, buyurtmachilar ehtiyojlarini tahlil qilish, iste'molchilarning jinsi, yoshi va yakka tartibdagi xususiyatlarni, shuningdek xizmat ko‘rsatish jarayonidagi psixologik omillar, moda psixologiyasi vazifalari, reklamaning ta'siri psixologiyasi masalarni va boshqalarga asoslanadi. Ushbu faoliyat mahsulotda gavdalanishi (moddiy xizmatlar), hamda mehnat jarayonining o‘zida iste'mol qilinadigan foydali mehnat samarasi sifatida (nomoddiy xizmatlar) namoyon bo‘ladi. Masalan tikuvchining xizmati shundan iboratki, u kostyum, shim va boshqa buyumlar tikadi. Uning faoliyati ushbu buyumlarda gavdalanadi (moddiy xizmat).
Iste'molchilarga xizmatlar ularga xizmat qilish jarayonida amalga oshiriladi. Xizmatlarni taqdim etish deganda, xizmatning bajarilishini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan xizmat bajaruvchisining faoliyati tushiniladi. Xizmatlarni taqdim etish alohida bosqichlarga bo‘linadi. Ular jumlasiga zarur bo‘lgan resurslar bilan ta'minlash, bajarishning texnologik jarayoni, nazorat va baholash, xizmat ko‘rsatish jarayoni kiradi. Shunday qilib, xizmatlar iste'molchilar va uni amalga oshiruvchilar bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |