3.Tovar va xizmatlarni ishlab chiqishdagi o‘xshashliklar va farqlar
Servis iqtisodiyoti jamiyat va iqtisodiyotning rivojlanishidagi qonuniyat bosqichi sifatida. Servis iqtisodiyoti diversifikatsiyaga, undan so‘ng bir turdagi mahsulotlarni ommaviy ishlab chiqarishdan voz kechilganda mahsulotning differensiallashtirishga o‘tishning qonuniyat bosqichiga aylanib bormoqda.
«Sahnada» standart «tugallanmagan mahsulot» paydo bo‘lmoqda va keng joy egallamoqda. Yakka tartibdagi buyurtma va ijtimoiy-etik marketing ishlab chiqaruvchi, iste'molchi va jamiyat manfaatlari monandligining asosi bo‘lib bormoqda. Servis iqtisodiyotidagi har qanday korxonaning mazmuni-bu iste'molchilarni yaratishdir.
Zamonaviy iqtisodiyotning iqtisodiy paradigmasi - uch guruh masalalarini yechish uchun strategik marketingga o‘tishdir:
- ushbu biznes (korxona) mahsulotlarining (xizmatlarining) iste'molchisi kim?
- iste'molchi uchun mahsulotlar (xizmatlar) qadrliligi nimada?
- konkret iste'molchi tomonidan olinadigan mahsulotlar (xizmatlar) qadrliligi vaqt bo‘yicha qanday o‘zgaradi?
Mahsulot taklifi talabni vujudga keltirishi mumkin, lekin eng asosiysi, bunday taklifni qanday amalga oshirish lozim. Shu sababli taklif shunday shaklda taqdim etilishi lozimki, inson unga munosabat bildirishni xoxlasin. Buning natijasi sifatida insonning konkret holatda o‘zini tutish xususiyatlarini bilish lozim. Ehtimol teskarisi ham bo‘lishi mumkin, ya'ni talab taklifni vujudga keltiradi. Real hayotda talab va taklifga ushbu ikki yondoshish bir vaqtning o‘zida ishlashi lozim.
Servis tadbirkorlarining hozirgi davr iqtisodiyotidagi o‘rni. Hozirgi davr iqtisodiyoti strukturasidagi yuqori «pog‘onani» katta monopoliya (korporatsiyalar, moliya-sanoat guruhlari, transmilliy korporatsiyalar), pastgisini esa kichik tadbirkorlik (biznes) korxonalari egallaydilar. Birinchilarning soni ko‘p emas (ma'lum reytinglarda qayd etiladigan 1000 ga yaqin kompaniyalar). Kichik tadbirkorlik (biznes) korxonalarining soni, rivojlangan davlatlarda juda katta raqamni tashkil etadi (masalan AQShda ularning soni 20 mln. ga yaqin).
Shu bilan birga, tavsifli xususiyat ko‘zda tashlanadiki, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy darajasi xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar soni bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqdir. Bunday holat standart mahsulotning konkret iste'molchilarning talablariga samarali «moslashishi», iste'molchilar vazifalarini samarali yechish bilan izohlanadi. Yuqorida qayd qilinganlardan shunday xulosa qilish mumkinki, mehnat taqsimoti ixtisoslashish samarasida namoyon bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |