Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги самарқанд давлат чет тиллар институти



Download 286,37 Kb.
bet36/41
Sana25.02.2022
Hajmi286,37 Kb.
#277989
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Замонавий йўналишлар Документ Microsoft Word 2

Assertiv – nutqiy akt turi. Assertiv ma’lum va ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlarni tasdiqlash uchun xizmat qiladi va psixologik holatlarni ifodalamaydi. V.V.Bogdanov tasnifida bu ko‘rinishda affirmativ (q.) va konstativ (q.) lar o‘zaro birlashadi. Assertiv undash xarakterida bo‘lmagan nutqiy aktlar doirasida ekspressiv (q.) bilan uyg‘unlashadi.
Assertsiya - (tasdiq) gapning semantik tuzilishidagi shunday komponentki, unda ma’lum faktlarni inkor qilish jarayonida asl ma’noga zidlik yuzaga keladi. Masalan, haqiqiy tasdiq ifodalovchi narxi oshdi gapi narxi oshmadi yolg‘on mazmundagi gapni inkor qilish asosida yuzaga kelgan. Assertsiya presuppozitsiyaga (q.) qarama –qarshi qo‘yilganda gapning ma’no ifodalovchi komponenti inkor qilishda konstanta sifatida qoladi. Taqqoslang: So‘zga chiquvchi narx oshganligi uchun afsuslandi / afsuslanmadi. Ifodada presuppozitsiya sifatida narxi oshdi lavhasining ma’nosi yaxlit chiqadi.U ifoda doirasida inkor mavjudligi yoki mavjud emasligiga daxldor emas.
Affirmativ – nutqiy akt turi. V.V.Bogdanov tasnifida noma’lum ma’lumotni yetkazishda ijtimoiy bo‘lmagan, psixologik holatni ifodalamaydigan belgilar qayd etiladi. Ziddiyatli – konstativga (q.) yaqin. Affirmativ va konstativ assertiv (q.) doirasida o‘zaro tutashadi va birlashadi.
Bexabitiv – (ikki o‘zakning – behave «o‘zini tutmoq» va habit «odat» - birikishidan yasalgan) nutqiy akt. Jamoada o‘zini tutish, biror kishi xatti-harakatiga munosabat bildirish ma’nolarini ifodalaydi. Dj.Ostin nazariyasiga ko‘ra kishilarning shaxsiy munosabatlari va ularning xulqi, tabriklari, hamdardliklari, uzr so‘rashlarini aks ettiruvchi nutqiy akt ko‘rinishi.
Verbal kommunikatsiya – aloqa jarayonida tovush, shuningdek, grafik belgilar ko‘rinishiidagi lisoniy (verbal) belgilar qo‘llaniladi, verbal muloqot; lisoniy kommunikatsiya; lisoniy muloqot.
Verbal muloqot – verbal kommunikatsiya; lisoniy muloqot.
Verdiktiv – nutqiy akt. Sud, hakam kabilar tomonidan hukm chiqarish. Dj.Ostinning nutqiy aktlar tasnifida berilishicha, hakam yoki sudyalarning aybdorlarga hukm e’lon qilishiga xizmat qiladigan nutqiy akt; ijobiy yoki salbiy baho va shu kabilar (ayblash, tanbeh, tanqid, maqtov va shu kabilar).
Verdikt (latincha vere dictum – rost aytilgan) jinoyat tahlili jarayonida maslahatchilar hay’atining o‘z oldilariga qo‘yilgan masala, ya’ni ayblanuvchining gunohkor ekanligini tasdiqlovchi qarori.
Sudlanuvchining aybdor ekanligini isbotlashga qaratilgan har bir harakatda uch asosiy masala qo‘yiladi:
Harakatning o‘rinli ekanligi isbotlab berilganmi;

  • Bu harakatni sudlanuvchi tomonidan amalga oshirilganligi isbotlab berilganmi;

  • Bu harakatni amalga oshirishda sudlanuvchi rostdan ham aybdormi.

Agar yuqorida qayd etilgan bu uch asosiy masalaga maslahatchilarning asosiy qismi bir xilda ovoz bergan bo‘lsalar, ayblovchi verdikt qabul qilingan hisoblanadi;
O’zini oqlash verdikti qabul qilinishi uchun qo‘yilgan uch asosiy savolning to‘g‘ri kelganiga berilgan rad javobini kamida olti maslahatchi yoqlab ovoz berishi lozim;
Agar ovozlar miqdori teng kelib qolsa, ayblanuvchiga ma’qul keluvchi javob tanlanadi. «Aybdor» verdiktini e’lon qilishda sud maslahatchilari ayblov fikrini o‘zgartirib, sudlanuvchiga ma’qul keluvchi qarorga kelishlari mumkin;
Har bir savolga berilgan javob tasdiqlovchi «ha» yoki rad qiluvchi «yo‘q» tarzida bo‘lishi, izohlovchi so‘zlar (ha, aybdor, yo‘q, aybdor emas) bilan kelishi kerak. Savollarga berilgan javoblar maslahatchilar boshlig‘i tomonidan savolnomaga har bir savolga javob qaytarilgandan so‘ng kiritiladi.

Download 286,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish