Adabiyotlar
1. Ambrosso S, Stefancich G. Parole Roma, 2002. 64 – 65 b.
2. Cappellini V. Nuovo dizionare pratico di grammatical e linguistica.
Novara,1999.400 b.
3. Dardano M. La lingua italiana. Bologna 2003.- 125 – 126 b.
4. Kovalev V.Dizionario russo – italiano, italiano – russo. Bologna – 2002.
5. Turniyozov N, Rahimov A. – O’zbek tili, 5 – 16 betlar.
6. Giuseppe Pittano – Dizzionario dei modi di dire, 27 – 163 b.
FRANSUZ TILIDA YOSHLAR SLENGINING KOMMUNIKATIV
XUSUSIYATLARI
Aliyeva G.T. (SamDCHTI)
Ota — onalar har doim farzandlari yoki nabiralari nima deyayotganini,
hamisha tushunadilarmi? Ko’pincha biz katta yoshdagi insonlarning o’smirlar
nutq talaffuziga salbiy munosabatda bo’lishlariga guvoh bo’lamiz. Bu normal
holatdir albatta. Har doim yoshlar real tili kattalar tilidan farq qilgan. Lingvist
Georgiy Kamskiyni fikricha “til – har kuni o’zgaruvchan tirik mavjudotdir".
Bugun u o’zining kechagisiga o’xshamaydi, ertaga yana o’zgaradi. Uning o’zi
yashovchi shakllarni tanlab oladi va zo’ravonlik yo’li bilan harakatni rad etadi”.
Yoshlar slengi til avangardi hisoblanadi. Unda ertaga umumiy lug’atga tushuvchi
narsalar yig’iladi. Uning kuchi va zaifligi shundaki, u bugungi kun realligiga
bog’liqdir. Kompyuterlar paydo bo’ldi – uni qabul qildi, internet paydo bo’ldi – u
shu tomonga burildi. Ertaga nima urf bo’ladi, ma’lum emas, lekin bu ehtimol
yoshlar lug’atida aks etadi.
Yoshlar slengi o’ziga birinchi navbatda o’zining ifodaliligi, sho’x va quvnoq
so’z o’yini bilan kishini jalb qiladi. G’amgin rasmiy nutq ko’rinishida slenglar
belgilarning qisqaligi, metaforaligi bilan jalb qiladi. Slengga semantik yumor
xosdir. Ko’proq muvaffaqiyatli, mayus – absurd so’z o’yini qadrlanadi.
Yoshlar slengining boshqa turdagi slenglardan farqi nimada? Yoshlar slengi
bu – o’z fikrining ifodasi yoki jamiyat rivojlanishining zarur bosqichimi?
Birinchidan – bu so’zlar bir yoshdagi odamlarning muloqoti uchun xizmat
qiladi. Bunda ular oddiy so’zlarga sinonimlar sifatida qo’llaniladi.
Ikkinchidan – yoshlar slengi yoshlar olamida katta yoshdagi insonlarning
slengi bilan farq qiladi. Ko’rib chiqiladigan slengli nomlanishlar faqat shu olamga
tegishlidir, shunday qilib, boshqa yoshdagi odamlar toifasiga tushunarsiz
so`zlardan ajratib olamiz. Bunday maxsus tilni bilish tufayli yoshlar o’zlarini
mahdud jamiyat a’zosi deb his qiladi.
17
Uchinchidan, bu leksikada beadab so`zlar ham bisyordir. Shunday qilib, bu
uchta kuzatuv yoshlar slengini noadabiy so’zlarning hech bir alohida olingan
guruhiga kiritilishiga yo’l qo’ymaydi va uni alohida semantik toifa kabi
o’rganishga majbur qiladi. Bu yoshlar slengi iborasini aniqlashga imkon beradi.
Oxirgi o’n yillikda yoshlar slengi mazkur hodisaning tabiati bilan qiziquvchi
tadqiqotchilarning e’tborini jalb qiladi. Mavzuning dolzarbligi shu bilan
aniqlanadiki, yoshlar slengi o`zaro jamiyatning qabul qilinihini aks ettiruvchi
qiziqarli ijtimoiy-madaniy hodisadir, u zamonaviy odamlar hayotida sodir
bo’luvchi
barcha
o`zgarishlarning
ko`rsatkichidir.
Stilistik
leksika
stratifikatsiyasining yechilmagan muammosi bilan, slengli nomenatsiyaning
tuzilish – semantik xsusiyatlarini o’rganish zarurati bilan, nutqqa yoshlar slengini
ko`proq kiritish bilan aniqlanadi.
XVIII asrdan boshlab, lingvistikada jamiyatning odamlar tiliga ta’sir etish
haqidagi masala ko`tarilgan. Mazkur muammo SH. Balli, U. Labov, A. Meys, E.D.
Polivanov kabi tilshunoslar tomonidan o’rganilgan. Lingvistlar tadqiqotlari
shundan dalolat beradiki, insonning nutq ko’nikmalariga u yashayotgan muhit
katta ta’sir ko’rsatadi.
Muhitning yoshlarga ta’siri mazkur ijtimoiy guruh doirasida qo’llaniladigan
maxsus tilning yaratilishida namoyon bo’ladi. O’quvchi yoshlar tomonidan sleng
so’zlar va iboralarning qo’llanilishi hamma kabi bo’lishga intilish, o’ziga qat’iy
istagi, nutqning bir xilligiga qarshi chiqish bilan uyg’otiladi. Bunda umumiy sleng
kabi o’quvchi yoshlar slengi komiklik yoki qo’pollik bilan tavsiflanadi. Yoshlar
slengini tadqiqot mavzusi sifatida tanlash shu bilan asoslanganki, leksikaning bu
qatlami uning birligini tashkil etuvchi katta son bilan, slengni yaratish uchun
qo’llaniladigan nominativ vositalarning keng diapazoni bilan, yorqin obrazlilik va
ekspressivlik bilan tavsiflanadi.
Yoshlar slengi – 14-15 yoshlardagi odamlarning tengdoshlari bilan erkin
muloqotda qo’llaniladigan umum milliy til tarkibidagi maxsus til. Yoshlar
leksikasi – zamonaviy fransuz tilida ochiq va berk bo’lmagan tizimdir. Yoshlar
leksikasidagi so’zlar asosiy emas balki biron bir tushunchaning ikkilamchi nomi
hisoblanadi; ularga emotsional – ekspressivrang xosdir (yoshlar slengi so’zlari ular
aytadigan reallikning u yoki bu munosabatini yetkazishga jalb qilingan: hazilomuz
– o’yinqaroqdan qo’pol – behayogacha); bu so’zlarning qo’llanilishi ma’lum
ijtimoiy guruh bilan cheklangan. Yoshlar leksikasining muhim xususiyati
shundaki, uning lug’atda aks etmaganidadir.Sotsiolingvistik hodisalar barcha
zamonaviy tillarda, shu jumladan fransuz tilida ham mavjud. Boy, stilistik
bezatilgan yoshlar tili normativ fransuz tilidan yorqin ifodalangan betakalluf
ma’noning ko’pligi bilan farq qialdi.
Fransuz tilidagi yoshlar slengi so’z shtampiga qarshi e’tirof kabi yoki
yoshlarga xos originallik bilan ajralib turish istagi kabi yuzaga keladi. Yoshlar
slengidan qo’llanib, o’smirlar, kattalar o’zining tanqidiy yoki o’yinqaroq
munosabatlarini ifodalashga, o’zini erkin ko’rsatishga, tengqurlari o’rtasida
mashhurlikni qozonishga intiladilar. Eng “urf” bo’lgan tilda gaplashib yoshlar
kattalar tilidan farqlanishga harakat qiladi.Shunday qilib, yoshlar slengini
18
shifrlangan yoki “maxfiy” til deb atash mumkin, chunki u faqat o’z doirasida
tushunarlidir.
Bunday so’zlar ko’plab lingvistik parametrlar bo’yicha umumiy nutq
normallaridan farqlanadi.Yoshlar tilida turli rejali leksika qo’llaniladi: chet tillar,
professionalizmlar, vulgarizmlar, qisqartmalar, metaforalar va boshqalar. Hozirgi
vaqtda fransuz yoshlari o’rtasida mashhur so’zlar va iboralarning bir qator lug’atini
tuzish mumkin. Quyida ba’zi misollarni keltirib o’taman: piger-comprendre
(tushunmoq), le boucan-le bruit (shovqin), le pote-le copain (oshna), le bi-bop, le
Do'stlaringiz bilan baham: |