550
muhokama va munozara qilish, o‘z fikrini asoslash kabilar juda muhimdir. Monologik
nutq bir kishining nutqi bo‘lib, so‘zlovchidan keng, aniq, to‘liq, bog‘langan fikrni talab
etadi. Monolog hikoyani tushuntirishi, so‘zlovchidan o‘z fikrini asosiy narsaga
qaratishni, jonli, obrazli, his-xayajon bilan gapirishni talab etadi.
Dialogik nutqini rivojlantirish – bolalarni kattalarning
nutqini tinglash va
tushunish, savollarga javob berish, boshqa odamlarning oldida o‘z fikrini aytish, bir-
birini tinglashdan iborat. Kichik guruhlarda bolalarni so‘zlashuv nutqiga o‘rgatishda
mashg‘ulotning o‘yin shaklidan foydalaniladi. Bu mashg‘ulot turiga bolalarning nutq
faolligi, savollarga javob berishi asosiy o‘rinni egallaydi. Shuningdek maxsus
mashg‘ulotlar va logopedik o‘yinlar bolalarning so‘zlashuv nutqini tarkib toptiradi.
1.Suhbatlar
2.Logopedik o‘yinlar
3.Suratlarni ko‘rib chiqish va uhaqida suhbat
Suhbat ta’lim-tarbiya ishining murakkab turidir.
Suhbat logoped va
tarbiyachining guruhdagi bolalar bilan mahlum bir mavzu yuzasidan maqsadga
qaratilgan holda tashkiliy so‘zlashishidir.
MTT da bolalar bilan o‘tkaziladigan suhbat ularning kundalik faoliyatlari va turli
voqea-hodisalarni kuzatishi natijasida olgan tushunchalarini aniqlash va ularni bir
tizimga solish maqsadida o‘tkaziladi.
Logoped bolalar bilan suhbatni tashkil etar ekan, u bolalarga haqiqatni to‘liq va
chuqur idrok etishga yordam beradi, ularning diqqatini tushunishi qiyin bo‘lgan narsalar,
voqea-hodisalarga jalb etadi.
Suhbat mashg‘ulotida bola ilgari ko‘rgan, kuzatgan
voqea-hodisalarni esga
tushiradi, mantiqiy fikr yuritishga harakat qiladi, tahlil qiladi.Suhbat bolalarni jamoaga
birlashtiradi, bir-birlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, nutqini faollashiga ta’sir
ko‘rsatadi. Suhbat bolalarni o‘z fikri bilan o‘rtoqlashishga, jamoaga so‘zlashishga,
faolligini oshirishga, o‘zini tuta bilishga odatlantiradi, dunyoqarashini shakllatiradi.
Suhbat mashg‘ulotida bolalar kelgusida maktabda ta’lim
olish jarayonida zarur
bo‘lgan bilim, malaka va odatlarni egallaydilar. Suhbat asosan uch xil bo‘ladi:
1. Kirish suhbati.
551
2. Sayohat va kuzatish davomida o‘tkaziladigan suhbat.
3. Yakuniy suhbat.
Suhbatda asosiy o‘rgatish usuli savollar berishdir. Mazmuni va shakli jihatidan har
xil murakkablikka ega bo‘lgan savollardan foydalaniladi. Bolalarni nutqini to‘liq
rivojlantirishda, lug‘atini faollashtirishda suhbatning ahamiyati juda kattadir.
Guruhlarda bolalarni so‘zlashuv nutqiga o‘rgatishda mashg‘ulotning o‘yin shaklidan
foydalaniladi.Bu mashg‘ulot turiga bolalarning nutq faolligi savollarga javob berishi
asosiy o‘rinni egallaydi. Masalan, logopedik o‘yinlarda ham o‘zi savol berib, o‘zi javob
beradi, so‘zlashuvning bunday shakli bolalar
qiziqishini oshiradi, nutqini faollashtiradi.
Shuningdek, maktabgacha yoshdagi nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarning nutqini
o‘stiruvchi, tasavvurlarini kengaytiruvchi seriyali suratlardan foydalanish mumkin:
Quyida nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar dialogik nutqini rivojlantirishga oid
o‘yinlardan namunalar keltiramiz.
“Bozorda” o‘yini.
Maqsad: bolalarning lug‘at boyligi, bog‘langan nutqi va muomala madaniyatini
rivojlantirish.
Jixoz: mulyaj, rangli rasmlar, plastilindan yasalgan meva va sabzavotlar.
O‘yinning borishi: logoped – bolalar bugun sizlar bilan bozorga borib sabzavot
va mevalar xarid qilamiz. Biringiz sotuvchi qolganlar esa xaridorlar bo‘ladi. Xaridor
o‘ziga kerakli meva yoki sabzavotnt so‘raydi, sotuvchi esa uni maqtab rangi, mazasi,
qaerda o‘sishi xaqida izox berishi kerak. Sotuvchining nutqi aniq sotayotgan
narsasigto‘la izox berishi kerak. Logoped esa uning nutqini kuzatib to‘g‘irlab borishi
lozim. Xar bir bola sotuvchi va xaridor rolini bajaradilar. O‘yin
davomida bolalar
sabzavot va mevalarni ushlab, paypaslab ko‘radilar, bu esa ularning mayda qo‘l
motorikalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: