Adabiyotlar:
1.
I.T.Nurmatova. Bolalarning musiqiy ta’limi. T.:Tafakkur.2021.
2.
Yusupova N.Musiqa savodi metodikasi va ritmikaT.: Musiqa. 2010.
3.
Гогоберидзе А. Г. Теория и методика музыкалного воспитания детей
дошколного возраста: Учебное пособие / А. Г. Гогоберидзе,2005.
4.
Радынова О.П.. Практикум по методике музыкального воспитания
дошкольников: учебное пособие / О. П. Радынова, И. В. Груздова, Л. Н.
Комиссарова,1999.
5.
Муллабаева, И.В. Планирование индивидуальной работы музыкального
руководителя.//Справочник музыкального руководителя - 2012.
MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA TEATR
FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH ORQALI
BOLALARDA IJODIY FAOLLIKNI TARBIYALASH
I.T.Nurmatova
Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Ahrorova Sevinch Jasur qizi, Maratova Dono Ilhom qizi
Maktabgacha ta’lim yo'nalishi talabalari
Maktabgacha talim tashkilotlarida teatr faoliyatini rivojlantirish va bolalarda
emotsional hissiy tajribani to‘plash uzoq muddatli jarayondir. Maktabgacha yoshdagi
bolaning ijodiy faolligini rivojlantirishning eng samarali usullarini tanlash uchun
dastlab, bolalarning hissiy holatining darajasi aniqlanadi, shuningdek, muammo
bo‘yicha uslubiy adabiyotlarni o‘rganiladi, kerakli didaktik material tayyorlanadi.
Rivojlanayotgan muhitni tashkil etishda asosiy markazlardan biri teatr faoliyati
markazidir. Buning uchun guruhda "teatr burchagi" tashkil etiladi, teatr turlari uchun
eskizlar tayyorlanadi: stol, barmoq, qo‘g‘irchoq teatri va boshqalar. Teatrlashgan sahna
o‘yinlari bolalarda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, ularning hulqini
korreksiyalaydi, emotsional namoyon bo‘lishiga ko‘maklashadi, bolalarning nutqi,
notiqlik qobiliyatlarini rivojlantiradi, o‘ziga ishonchini oshiradi, omma oldida chiqish
ko‘nikmalarini egallashida yordam beradi, bolalarning diqqatini faollashtiradi. Teatr
faoliyati bevosita talim faoliyatining deyarli barcha turlariga, mustaqil faoliyatga,
145
bolalar va kattalarning bo‘sh vaqtlaridagi faoliyatiga, bayramlar va o‘yin-kulgilar,
ko‘ngil ocharlar ssenariy asosida tashkil etiladi. Teatr sahnalashtirish o‘yinlarini
samaradorligiga erishish uchun quyidagi ish shakllari qo‘llaniladi:
• Teatr sahnalashtirish ijodiy faolikni tashkil etuvchi muhit yaratish;
• Teatrlashtirilgan faoliyati, bayramlar va ko‘ngilochar tadbirlarda kattalar va
bolalarning birgalikdagi ishtirokini ta’minlash ;
• Mustaqil musiqiy faoliyatlarda va kundalik hayotda teatrlashtirilgan o‘yinlarni
o‘tkazish;
• Ijodiy faollikni yaratuvchi muhitni tashkil qilish uchun kostyumlar, atributlar
va teatr uchun bezaklarni birgalikda ishlab tayyorlash;
• Ota-onalar bilan maktabgacha ta’lim muassasalaridan tashqarida teatrlarga
tashrif buyurish;
Teatr sahnalashtirish faoliyatida bolalarda ijodiy faollikni shakllantirish uchun
tarbiyachi zarur bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi lozim: ifodali o‘qish yoki
aytib berish, kutilmagan har qanday o‘zgarishlarga tayyor turish, yani aktyorlik
asoslarini egallashi kerak. Shuningdek, tarbiyachi teatr sahnalashtirish faoliyatida
quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
• Bolaga umumiy madaniyat asoslarini o‘rgatish;
• Bolalarni teatr sanati bilan tanishtirish;
• Bolalarning ijodiy faolligi va o‘yin ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Tarbiyachi teatr sahnalashtirish uchun tanlangan mavzu bo‘yicha bolalar bilan
suhbat qurishi; spektakl qahramonlarining so‘zlarini birgalikda yod olishi, ertak
qahramonlari obrazini shakllantirishi uchun bolalarda fikrlashni, fantaziyani,
tasavvurni rivojlantirishi kerak:
nutq madaniyati va texnikasi.
ertaklar uchun eskizlar tayyorlashga o‘rgatish, xayoliy narsalar bilan harakat
qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, turli xil hissiy holatlarni (qayg‘uli, quvonchli,
g‘azablangan va boshqalar) ifodalovchi qobiliyatlarni rivojlantirish.
estetik qobiliyatlarni rivojlantirish, har bir bola qalbida go‘zallik tuyg‘usini
uyg‘otish va sanatga mehr uyg‘otish;
146
his-tuyg‘ular, empatiya sohasini rivojlantirish;
bolalarni teatr faoliyati orqali ma’naviy boyitishga bo‘lgan ehtiyojni
shakllantirish, bu faoliyatda: teatrlashtirilgan o‘yinlar, musiqiy tomoshalar va
ertaklar, qo‘g‘irchoq teatri tomoshalaridan foydalanish;
Teatr sahnalashtirish faoliyatini rivojlantirish orqali maktabgacha yoshdagi
bolalarning ijodiy faolligi shakllantirish juda muhim, chunki faol, har qanday sohada
ijodiy faollikga tayyor shaxsni shakllantirish jamiyatimizning asosiy talabidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |