TALABALARDA SHAXSLARARO MUNOSABAT MADANIYATINI
RIVOJLANTIRISH
Nasirova Zilolaxon Marat qizi
Nizomiy nomidagi TDPU magistranti
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-avgustdagi “Oliy ta’lim
muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 242-sonli qarori, 2017-yil 7-
fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar
strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947 sonli Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909 qarorlari hamda
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlardan
sanaladi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2020-yil 1-oktabr – “O’qituvchi va murabbiylar
kuni”ga bag’ishlangan tantanali marosimda O`zbekiston Respublikasining Prezidenti
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tarixga nazar solib, IX-XII asrlarda yurtimiz
hududida birinchi, XV asrda ikkinchi Renessans porlaganini ta’kidladi. Ko’pchilik
ziyolilar qatorida men ham bir fikrni hamisha katta armon bilan o’ylayman:
Mamlakatimizda uchinchi Renessansni XX-asrda ma’rifatparvar jadid bobolarimiz
amalga oshirishlari mumkin edi. Ular “Ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lishi ham
mumkin emas”, degan hadisi sharifni hayotiy e’tiqod deb bildilar, deya ta’kidladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonda yangi Uyg’onish davri, ya’ni
uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilanganini ta’kidladi.
“Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma’naviy merosi biz uchun doimiy
138
harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu o’lmas meros hamisha yonimizda
bo’lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag’ishlashi lozim. Avvalambor, milliy
ta’lim tizimini ana shunday ruh bilan sug’orishimiz kerak
18
”.
Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pеdagog kadrlar tayyorlash
va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar
tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo’llaniladi.
Bugungi kunda ta’limning demokratik modelini vujudga keltirish muhim
masalalardan biridir. Ta’lim, ayniqsa, o’quvbiluv jarayoni demokratik modelining
dastlabki elementi talaba shaxsining individual faoliyat ko’rsatishida namoyon bo’ladi.
Muloqot - ikki yoki undan ortiq shaxsning birbiriga qaratilgan og’zaki yoki
yozma nutqi. Og’zaki hamda yozma nutq og’zaki yoki yozma matn shaklida
ifodalanadi. Muloqot shaxslararo o’zaro fikr almashinish vostasidir.
Ma’lumki, bugungi kunda talabaning ham individual, ham umumiy
rivojlanishini ta’minlash dolzarb muammo hisoblanadi. Buning uchun ta’lim
jarayonida ta’lim oluvchining talabaga bo’lgan aqliy rivojlanish dinamikasini o’stirish,
o’quv-biluv jarayonida barcha talabalarning bilim olishi va rivojlanishini ta’minlashga
yo’naltirilgan mashg’ulotlar ko’lamini kengaytirish zarur hisoblanadi.
Muloqot - yunoncha so’z boiib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o’zaro fikr
alraashuv ma’nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so’zlashuvida
paydo bo’ladi. Inson muloqot jarayonida ijti-moiy tajriba, ta’lim-tarbiya, turli
munosabatlar, ahloqiy me’yorlar g’oya va mafkura omillari ta’sirida yashab
ijtimoiylashadi va shaxs sifatida ka-molotga yetadi. Kishilar o’rtasidagi o’zaro
muloqot pedagogik-psixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan bin hisoblanib, u
o
;
z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.
Pedagogikada muloqot ta’lim oluvchi va talabalar jamoasining o’zaro ta’sir
malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o’zaro axborot almashishida,
ta’lim va tarbiyaviy ta’sir o’tkazishida, o’zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida
namoyon bo’ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega:
18
.Mirziyoyev Sh.M. “1-Oktabr ustoz murabbiylar kunidagi nutqi”-Toshkent. 2020-yil
139
• muloqot ta’lim oluvchining o’quv faoliyatida eng muhim kasbiy qurol
hisoblanadi;
• muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash uchun
ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim aha-miyatga ega;
• ta’lim oluvchi va talaba munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot
sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim
rol o’ynaydi;
• pedagogikada muloqot - ta’lim oluvchining talabalarga ta’sir o’tka-zish asosida
o’zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maq-sadni dastur asosida amalga
oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;
• muloqot - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chi-qadi va
shaxslararo munosabat rivojlanishining ko’p qirrali jarayoni hisoblanadi;
• noto’g’ri pedagogik muloqotdan talabalarda qo’rquv, o’z kuchi-ga ishonchsizlik
paydo bo’ladi, ularning diqqat-e’tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi
buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.
Talabalarda shaxslararo munosabat madaniyati
— bu o ‘qituvchining o‘quvchilar
bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda o ‘zi uchun eng qulay bo ‘lgan psixologik
muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi
kasbiy munosabatidir.
O’qituvchining o ‘quvchilar bilan o ‘zaro yaqin muloqotidan asosiy rnaqsad:
• salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham
berish;
• o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko ‘nikmalarini hosil qilish;
• o’quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o ‘z fik-mulohazalarini cho‘chimasdan
bayon qilib unga tayanishga o ‘rgatish;
• o’quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
• dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatinipaydo qilish.
Rus pedagogi A.S.Makarenkoning fikricha, ta’lim oluvchi muloqoti hypmat va
talabchanlikka asoslangan munosabat shaklida boiishi lozim
19
.
19
Makarenko A.S..Pedagogika. –M.: Vlados, 2001 y.
140
Bu borada V.D.Suxomlinskiy ta’lim oluvchining "...maktab hovlisida gapirgan
har bir so ‘zi puxta o ‘ylangan, aql va mulohazalarga boy, ma ‘lum bir tarbiyaviy
maqsadga qaratilgan bo ‘lishi kerak" deb ta’kidlaydi. Ta’lim oluvchining har bir so’zi
olimning fikricha, nafaqat talaba qulog’iga aytiladi, balki uning qalbiga ham qaratilgan
bo’lishi shart. Umuman ilg’or ta’lim oluvchilarning fikricha, ta’lim va tarbiya faqat
ta’lim oluvchi va c’quvchining o’zaro hamkorlik pozitsiyasi asosidagi muloqot
jarayonida quriladi.
Talabalarda shaxslararo munosabat madaniyati jarayonida ta’lim oluvchi qisqa
muddatda o’zining psixologik bilimlariga tayanib talabalamiog psixik xususiyatlarini
mukammal bilishga harakat qilishi lozim. Talabalarning ichki dunyosiga, ruhiy
holatiga kirib bormasdan, unga nisbatan turli tarbiyaviy jazolar qo’Hash, tanbeh berish
mumkin emas. Bu holat talabalar bilan o’zaro muloqotni tuzatib bo’lmas darajada
buzilishiga, talabalarning yashirin holatga. o’z "qobig’I”ga kirib olishiga sabab bo’ladi.
Ta’lim oluvchilarning o’zaro axborot almashishi bilan bog’liq xususiyatlari,
uning sinf jamoasiga singib keta olish qobiliyati bilan bog’liq. Sinf jamoasida ro’y
berayotgan har qanday voqea va hodisalar o’qituvchilar nazoratida boiishi, ularning
oqibatini’ta’lim oluvchilar tez va adolatli tahlil qilishi va oldini olishi lozim. Bu faqat
faol talabalar bilan axborot almashib turish natijasida amalga oshiriladi. Shundagina,
ta’lim oluvchining o’quv tarbiyaviy jarayondagi faoliyati uchun qulay sharoitlar
yaratiladi va ijobiy natijalar beradi.
Ta’lim oluvchi ta’lim - tarbiyaviy faoliyatni talabalar bilan birgalikda tashkil
etadi. Bunda sinfning faol talabalari hamda norasmiy liderlari bilan o’zaro
muloqotning adolatli bo’lishi muhim ahamiyatga ega: talabalarni tarbiyaning turli
elementlarini ongli ravishda mustaqil bajarishga jalb etish, bunda talabalarga
tashkilotchilik va ijro etish rollarini bajarishga imkoniyat yaratib berish lozim.
Ta’lim oluvchining to’g’ri tashkil etilgan muloqoti talabaning o’zligini anglash
fonksiyasini takomillashtiradi. Bunda ta’lim oluvchining vazi-fasi muloqot asosida
talabalarga o’zining “Men”ligini anglashni, shaxs sifatida o’z fikrini dadil va erkin
gapirishni, jamoada o’z o’rnini bilishni, o’z-o’zini baholashni o’rgatishi kerak.
г.
141
Talabalarda shaxslararo munosabat madaniyati рedagogik muloqot tuzilishi
jihatidan ta’lim oluvchi ijodkorligining noyob namunasidir. Pedagog olimlar ta’lim
oluvchining talabalar bilan muloqotiga ko’plab tavsiflarni ilmiy asarlarida bayon
etsalarda, muloqot, awalo, ta’lim oluvchining shaxsiy psixologik xususiyati sifatida
namoyon bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |