MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNING O’YIN
KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH SHART-SHAROITLARI
Ramozonova Bahoroy Sadriddinovna
Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha
ta’lim metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi
Bugungi kunda maktabgacha ta‘lim tashkiloti har tamonlama barkamol, faol,
ijodkor va ma‘naviy jihatdan boy shaxsni shakllantiruvchi ilk pog‘onasi hisoblanadi.
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida ta‘lim-tarbiya jarayonini yuqori saviyada tashkil
etish tarbiyalanuvchilarga ta‘limning keyingi bosqichlarida qiynalmasdan davom
ettirishga imkoniyatlar yaratishga asoslangan bo‘lib, bolalarni qiziqish va
qobilyatlarini inobatga olishda muhim jihatlarga e’tibor berish lozim bo‘lib kelmoqda.
Bolalar o’yin kompetensiyasini rivojlantirish orqali diqqatini jamlashi, yangi
bilimlarni o’zlashtirishi, esda saqlab qolishi oson bo‘ladi. Maktabgacha ta‘lim
yoshidagi bolalarni o‘yin kompetensiyasini rivojlantirishda tarbiyachining turli
qiziqarli o‘yinlarga bolalarni jalb qilishi,mashg‘ulotlar va sayr jarayonida ular bilan
birgalikda shug‘ullannishi, ularni yangi bilim ko‘nikma bilan qurollantirishi orqali
amalga oshiriladi.
O‘yin kompetensiyasi - bolani o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim
va ko‘nikmalaridan ijodiy foydalanish. O‘quv tarbiya faoliyati uchun asos
hisoblaniladi
22
.
O‘yin faoliyati bola hayotida, uning jismoniy ruhiy, aqliy kamolotga yetishida
muhim vositalardan biri hisoblanadi. O‘yin orqali bola tafakkuri, tasavvur, xotira,
diqqat, idrok kabi barcha psixik jarayonlari rivojlanadi va atrof-muhit haqidagi
22
“Ilk qadam” davlat o’quv dasturi 9-bet. Toshkent-2018 yil.
162
bilimlari yanada kengayib boradi. Bolalarga ta’lim-tarbiya berish maqsadida
kattalarning o‘yinni tanlay bilishi, unga to‘g‘ri rahbarlik qilish maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalarda o’yin kompetensiyalarini muvaffaqiyatli rivojlanishini
ta‘minlaydi. O‘yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. O‘yin tufayli
bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o‘tishini ta’minlovchi sifatlar shakllanadi, uni
ruhiyatida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi va psixologik xususiyatlari rivojlanadi.
O‘yinda bola shaxsining hamma tomoni bir-biriga o‘zaro ta’sir etgan holda
shakllanadi.
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida tarbiyachi bolalarni o‘yin kompetensiyasini
rivojlantirishda har bir o‘yin faoliyatidan to‘g‘ri va unumli foydalanish, aniq bir
maqsadga qaratilgan bo‘lishi, har bir o‘tkazilgan mashg‘ulotlar va sayr jarayonining
samaradorligini oshirib boradi. Tarbiyachi o‘yin faoliyatini turli xil shaklda – rolli,
harakatli, ta‘limiy, musiqiy-ta‘limiy kabi yo‘nalishda olib boradi. Bolalar uchun o‘yin
qiziqarli, mazmunli bo‘lishi uchun tarbiyachi o‘yin qoidalari bilan yaqindan tanish
bo‘lishi va bolalarni ham tanishtirib borishi kerak. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida
bolalarni o’yinga jalb qilish vaqtlarini qiziqarli o’tkazish bilan birga, ularni o‘yin
kompetensiyasini rivojlantishish hamda shu orqali ularni maktab ta‘limiga
tayyorlashga xizmat qiladi. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarning o‘yin
kompetensiyalari rivojlantirishda bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini, bilim
doirasini kengaytirish uchun hizmat qiladi. Ijodiy o‘yinni tor didaktik maqsadlarga
bo‘ysindirib bo‘lmaydi, bu o‘yin yordamida juda katta vazifalar hal qilinadi. Qoidali
o‘yin bolaning sensor rivojlanishini, taffakkur va nutqini, ixtiyorsiz diqqatini va
xotirasini, har xil harakatlarini muntazam ravishda mashq qildirib borish imkonini
beradi. Har bir qoidali o‘yin ma‘lum didaktik maqsadga ega bo‘lib, bolani umumiy
rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Ta‘limning o‘yin shaklida bo‘lishi muhim
ahamiyaiga ega bo‘lib bolaning umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi.
Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarda mashg’ulotlar jarayonida olgan bilimi,
tushuncha va tasavvurlari mustahkamlashda, chuqurlashtirishda va kengaytirishda
o’yin kompetensiyasining rivojlangan bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun
163
pedagog maktabgacha yoshdagi bolalarga bilim berish va mustaxkamlashida o‘yinlarni
tashkil qilar ekan quyidagi muhim narsalarga e‘tibor qaratishingiz lozim:
-O‘yinning mazmuni ta’limiy –tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi;
-O‘yin harakatlari faol ma’lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega
bo’lishi;
-O‘yin birinchi navbatda bolada qaysi psixik xususiyatni rivojlantirishga
qaratilganligiga e’tiborli bo’lish;
-Tarbiyachi mashg’ulot va sayr jarayonida bolalar bilan o’yin faoliyatini olib
borishidan oldin o’yin qoidalari bilan bolalarni tanishtirish.
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida o‘yin kompetensiyasini rivojlantirish
jarayonida tarbiyachi bolalarni yosh xususiyatlari, individual xususiyatlariga alohida
e’tibor qaratishi kerak. O‘yinni boshqarish jarayonida tarbiyachi bola shaxsiga har
tamonlama ta’sir qiladi: irodasi, ongi, hulq-atvori, hissiyotlari o’yin jarayonida
o‘zgaradi. O‘yinlar jarayonida bolalarning aqliy, jismoniy, estetik va ahloqiy tarbiyasi
shakllanadi. Ta‘limiy o‘yinlar orqali bolarning bilimlari, tajribalari ortadi va
takomillashadi, ularda ijtimoiy hulq-atvor qoidalari umumlashtiriladi, bolada ko‘plab
ijobiy fazilatlar rivojlanadi. Shu bilan birga harakatli o’yinlar orqali esa tana
harakatlarini rivojlantirishga katta yordam beradi.
O‘yinni tashkil etishda muhim masalalardan biri – o‘ynovchilarni guruhlarga
biriktirishdir. Guruhlarni tuzishda quyidagi talablarga rioya qilinadi: 1) guruhlardagi
bolalar soni – besh kishidan oshmasligi; 2) har bir guruhdagi bolalarning bir-birini
yaxshi tanishi, o‘zaro munosabatlarining yaxshi bo‘lishini hisobga olish; 3)
o‘ynovchilarga vazifalarni taqsimlashda ularning qiziqish va qobiliyatini hisobga olish.
Xulosa chiqaruvchi yoki hakamlik qilayotgan tarbiyachi o‘yin tugagandan so‘ng
natijalarni umumlashtiradi, yakunlaydi va xulosalarini bayon qiladi. Xullas,
maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim berishda didaktik loyihalashtirish keng
qamrovli yaxlit muammo va uni o‘rganish, amaliyotga tatbiq qilish lozim. Chunki,
yoshlar uchun mo‘ljallangan mashg‘ulotlar bolalarda jarayonga qiziqish uyg‘otishi
hamda sog’lom shakillanishi uchun zamin bo’lishi lozim.
164
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv
o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni
hal qilish uchun zarur bo‘lgan, ahloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa
insonlar bilan muloqot qilish, unda “men”obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat
usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning o’yin kompetensiyalarni
rivojlantirishning muhim tomoni bolaning faoliyat va ahloq subyekti sifatida yaxlit
rivojlanishini talab etadi. Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonida yuz
beradi. Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xil turlari shakllanadi.
Ulardan asosiylari: munosabatda bo‘lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo‘ladigan
faoliyat, o‘yin, oddiy mehnat va o‘quv faoliyatlaridir. Ta‘lim-tarbiya orqali amalga
oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o‘zlashtirib
olmaydilar, aksincha ularni tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |