Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


OTA-ONALARNI TA’LIM TARBIYAVIY JARAYONDA ISHTIROKLARINI



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

OTA-ONALARNI TA’LIM TARBIYAVIY JARAYONDA ISHTIROKLARINI 
TA’MINLASH ORQALI BOLALARGA SIFATLI TA’LIM BERISH 
Rizayeva 
Nizomiy nomli TDPU “Maktabgacha ta’lim pedagogika 
psixologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi 
Hozirgi kunda Maktabgacha ta’lim tashkilotining eng asosiy dolzarb 
muammolaridan biri bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun 
Maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga 
qo‘yilishidir. Xususan, bunda tarbiyachilar ota-onalarni o‘quv tarbiyaviy jarayonda 
faol qatnashishga jalb qilishlari muhim hisoblanadi. Bola tarbiyasiga har bir jamiyat 
a’zosi mas’ul shaxs sifatida qaraydigan bo‘lsa bunday holda ko‘plab yutuqlarga 
erishish mumkin. 
O.U.Hasanboyeva ham ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha juda ko‘p ishlarni
tarbiyachi pedagog amalga oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan 
o‘zgarishlami hammadan ko‘proq ko‘radi va bolalar hayoti bilan yaqindan tanish 
bo‘lishi, ota-onalarga bolalar tarbiyasida nimalarga ko‘proq e’tibor berish kerakligi, 
ularni maktab ta’limiga tayyorlash, sog‘lig‘ini saqlash, ovqatlanish ratsioni va kun
tartibini to‘g‘ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi. 
Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila o‘rtasida hamkorlik o‘matishda rahbar, 
pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. 
Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalaiga erishish mumkin. 
Biz, avvalo, o‘zimiz bilan birga xamkorlikda faoliyat olib borayotgan
oilalarni nechog'lik yahshi bilishimizni idrok etishimiz zarur. Bolalar MTTlarga
turli hil oilalardan kelishadi. Tarbiyachilar va ota-onalarning bola ongiga ta'siri 
qarama-qarshi bo‘lmasligi, aksincha, uyg'unlashgan, bir-birini to‘ldirgan holda, bola 
tomonidan ijobiy va faol tarzda qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga
erishish uchun pedagoglar va ota-onalar o‘zaro hamfikr, maslakdosh bo‘lishlari, turli 
muammo va masalalarni hamkorlikda hal etishlari darkor. 
Ota-onalar bola tarbiyasiga jiddiy e'tibor berib o‘z bolalarini qanday insonlar
bo‘lib yetishib chiqishiga va ularda qanday fazilatlar hosil qilinishini nazardan


169 
chetda qoldirmasliklari kerak. Ota-ona bolasining tarbiyasini to‘g'ri yo‘lga qo‘yishi 
uchun uni yaxshi bilishi va tushunishi kerak. Buning uchun esa ota-onada
pedagogik bilimlar mujassam bo‘lishi lozim. Bu bilimlar ota-onalarning bolalarni 
yosh va individual xususiyatlarini o‘rganishga, hulqini to‘g'ri tahlil qilishga, uning
tarbiyasi uchun to‘g'ri yo‘lni tanlashga yordam beradi. Bolaga oilada yaxshi tarbiya 
berish bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlaboq, ota-ona oldida turgan asosiy 
maqsad va vazifadir, yaʼni ota-ona uchun ham qarz, ham farzdir. 
Oilaning mustahkamligi bolalarni har tomonlama to‘g’ri tarbiyalashga imkon 
beradi. Oila, maktabgacha ta’lim tashkiloti, maktab, mehnat jamoalari o‘rtasidagi 
a’loqani yahshilash, ota-onalarning bolalar tarbiysi uchun javobgarligini oshirish davr 
talabidir. Bolalarni har kuni kuzatuvchi, ularning rivojlanishida ijobiy va salbiy 
tomonlarini sezuvchi va ota-onalarga bolaga taʼsir qilishning eng samarali usullarini 
maslahat beruvchi tarbiyachilar hisoblanadi. 
Bugungi kunda maktabgacha na’lim tashkiloti faqat bolaning emas, balki ota-
onalarning ham haqiqiy uyiga aylanmog’i lozim. Buning uchun biz ota-onalar uchun 
ham iliq muhit yaratishimiz, ularga har bir oilaning ehtiyojini hisobga olgan holda 
yondashishimiz lozim. 
Shunday ekan, pedagogning bu boradagi mehnati faqat bola tarbiyasigina emas, 
balki ota-onalarni ham pedagogik jarayonga jalb etish, bola tarbiyasiga nisbatan ota-
onalarda yuksak darajadagi ma’suliyat hissini uyg’otish hamdir. 
Bola maktabgacha ta’lim tashkilotida egallagan eng yaxshi fazilatlarini oila 
sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlarni bolalar bog‘chasida 
namoyon qilsa istalgan ijobiy natijalarga erishish mumkin. Birinchi navbatda bola 
uchun biz eng avvolo oilada ham, MTTda ham sog’lom muhitni yaratsak shundagina
farzandlarimizda yuksalish jadallashadi. Xalqimizda “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” 
degan ibora ham ham bejizga aytilmagan.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilaning birgalikdagi say-harakatlari bolalar 
bog‘chasini bolalar va ota-onalar mamnuniyat bilan keladigan quvonch joyiga 
aylantirishdek muhim vazifani yanada muvaffaqiyatli hal etishga imkon beradi. 


170 
Bugungi kunda barcha mutaxassislar ota-onalarni maktabgacha ta’lim 
tashkilotiga ishiga jalb qilish muhimligini tushunishadi, ammo tarbiyachilar va ota-
onalar о‘rtasidagi haqiqiy munosabatlarda ma’lum kelishmovchilik mavjud. Ham 
shaxsiy, ham professional omillar ushbu munosabatlarning rivojlanishiga tо‘sqinlik 
qilishi mumkin: Vaqt yetishmasligi, yetishmovchilik hissi, etnik stereotiplar, norozilik 
- bu oilalarning о‘z farzandlarini tarbiyalashda faol ishtirokchilariga aylanishiga 
tо‘sqinlik qiladigan shaxsiy va kasbiy munosabatlarning shakllanishiga olib kelishi 
mumkin. Shu sababli, tarbiyachilar tashabbuskor bо‘lishlari va har bir alohida oila 
bilan bola manfaati uchun qanday munosabatda bо‘lishni tushunishlari kerak. 
Prinsipdan foydalanish individual yondashuv ota-onalarning ishtiroki uchun kо‘pchilik 
oilalarni jalb qilishning turli usullarini ishlab chiqish mumkin.
Zamonaviy bolalar bog‘chasida yangi, interaktiv shakllar ota-onalar, 
tarbiyachilar bilan hamkorlik ularni о‘z farzandini о‘rganish, rivojlantirish va bilish 
jarayoniga jalb qilishi kerak. 
Interfaol usullardan foydalanish quyidagi psixologik va pedagogik 
muammolarni hal qilishga imkon beradi: 

Interfaol usullar ota-onalarni faol holatga keltiradi.Oddiy vaziyatda buni amalga 
oshirish juda qiyin: tarbiyachining о‘z fikrini bildirishga chaqiriqlari, qoida tariqasida, 
samarasiz bо‘lib qolmoqda. Kо‘pgina ota-onalar tarbiyachi yetakchi rol о‘ynaydigan 
an’anaviy ota-onalar yig‘ilishi sharoitida о‘zlarini isbotlashlari qiyin. Interfaol usullar 
ota-onalarga faol ishtirokchilar bо‘lishiga imkon beradi, natijada ular о‘zlarini 
prinsipial jihatdan boshqacha tutishni boshlaydilar; 

Interfaol usullar an’anaviy stereotiplarni buzadi. Bolalar bog‘chasi nafaqat 
bolalarni olib ketadigan, balki har doim har qanday muammo bilan kelib, uni hal qilish 
yo‘llarini topadigan joyga aylanmoqda.Interfaol usullardan foydalanish ota-onalarning 
tarbiyachi, psixolog va boshqa mutaxassislar bilan ishlashga tayyorligini oshiradi. 
Hozirgi vaqtda zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasalari ishida qo‘llaniladigan va 
bolalar bog'chasida pedagogik jarayonni tashkil etish va o‘quvchilarning ota-onalari 
bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladigan ko‘plab ichki va xorijiy dasturlar yaratildi.Ammo 
ularning tarkibiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, ba'zi dasturlarda ota-onalar bilan hamkorlik 


171 
vazifalari aniq ko‘rsatilmagan, boshqalarida - usul va shakllar etarlicha aniq emas. 
maqsadi, vazifalari, mazmuni va usullarini targ'ib qilishda ishtirok etishini tashkil etish. 
Shunday ekan xozirgi davr talabini inobatga olgan holda ota-onalarni 
maktabgacha ta’ilim tashkilotlarida ta’limiy jarayondagi faol ishtiroklarini samarali 
yo‘lga qo‘yish lozim. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish