ERTAKLAR - BOLALARGA MA’NAVIY OZUQA
Mirjalolova Lobar Rustamovna
Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi”
kafedrasi dotsenti, p.f.n.
Xalq og‘zaki ijodida eng boy va rang-barang janrlardan biri ertakdir. Ertaklar xalq
hayoti, milliy ma’naviyati, urf-odatlari, udumlari, an’analari, orzu-umidlarini aks
ettirib, bolalarga ma’naviy, ahloqiy va badiiy oziqa beradi.
Xalqimiz “Ertaklar - yaxshilikka yetaklar” deb bejiz aytmagan. Ular har bir
xalqqa xos va mos bо‘lgan hikoyatlardir. Xalq ertaklari tarbiyaviy jarayonni
yaxlitligicha tashkil etish, ya’ni ahloqiy, ma’naviy, ekologik, estetik va aqliy
131
rivojlanish chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Ayni paytda ular tinglovchining
kо‘pgina yaxshi xotiralarini yodiga soladi. Inson bolaligidan boshlab yaxshilikka,
ezgulikka doimo intilib yashaydi.
Har bir bola ertak tinglayotgan chog‘ida qahramonlardan biriga о‘xshashni,
ularga taqlid qilishni orzu qiladi. Kitoblardagi rasmlarni qiziqish bilan tomosha qilish,
kattalarning nutqini qanday maroq bilan tinglash bolalarning ertaklarga ijobiy
munosabatda ekanligidan dalolat beradi. Ertaklardagi obrazlar his-hayajonga boy,
rangdor va shu bilan birga kichkintoylarning tushunishlari uchun sodda bо‘lib,
haqiqatga yaqinligi bilan ularni о‘ziga rom etadi. Ertaklar yordamida bolalarning
xotirasi, diqqati, tafakkuri rivojlantiriladi, tasavvur va fantaziyalari uyg‘otiladi.
Fantaziyaning uyg‘otilishi har xil hayvonlarning kesilgan tanalarini birlashtirish orqali
turli ajoyibotlarni yaratishda yaqqol kо‘rinadi.
Har bir ertakning о‘z g‘oyasi bor. Masalan, «Sholg‘om» о‘yin ertagi bolalarni
fikrlashga, voqealarni muayyan ketma-ketlikda aytishga undaydi, "Kuch - birlikda"
degan naqlning mazmunini anglab yetishlariga yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ertaklar hikoya qilish, ya’ni ertak aytish yо‘li
bilan, shuningdek, ularni о‘qib berish orqali yetkaziladi. Lekin bugungi kunda yangi
pedagogik texnologiya talabiga kо‘ra bu kabi ish turlari yetarli emas. Ayniqsa, axborot
texnologiyalari keng ommalashayotgan davrda kompyuter ekranlari orqali ertakni
kо‘rsatmali eshittirish imkoniyatlari yuzaga kelganligi tufayli ham yangidan yangi
usullarga yо‘l ochilmoqda.
Ertak sо‘zlab berilgandagina matn «jonlanadi». Hikoyalovchining xatti-
harakatlari, imo-ishoralari, ohangi va belgilangan bayon ritmikasi ertakni kichik
tinglovchilar uchun yanada tushunarli qiladi. Masalan, Zumrad - mehnatsevar qiz.
Qimmat esa yalqov. Bunday suhbatlar bolalarda kо‘proq ertak tinglab borish kerak,
ekan degan xulosaning shakllanishiga olib keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bitta
ertakni qayta-qayta eshitishni yoqtiradilar. Shunga kо‘ra ham uni bir marta emas, bir
necha marta о‘qib berish maqsadga muvofiq bо‘ladi. Bunda tarbiyachi: «Bolalar, ertak
yoqdimi? Mazmunini tushundinglarmi? Yana bir marta о‘qib beraymi?» deb murojaat
etib turishi kerak. Odatda, ayrim tarbiyachilar ertakni birinchi marotaba eshittirganidan
132
keyinoq bolalarga savollar berib, javob olishga intiladilar. Biroq bunga kichkintoylar
hali yetarlicha tayyor bо‘lmaydilar. Chunki bolalar ertak mazmunini yuzaki tushungan
bо‘lishlari mumkin. Shuning uchun dastlabki idrokni chuqurlashtirish maqsadida
bolalarni ertak mazmuniga olib kirish lozim bо‘ladi.
Ertakning bolalarda tug‘ilayotgan his-hayajonga ta’siri nechog‘lik jadal bо‘lsa,
ular chizgan rasm shunchalik qiziq va rang-barang bо‘ladi. Bundan tashqari, bolalar
о‘zlari chizgan rasmlarni (odam, hayvon) qirqib olib erkin mavzularda о‘yin о‘ynashni
ma’qul kо‘radilar. Kattalar bolalarga ertak о‘qib berish mobaynida ertak elementlari
orqali ularning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirgan holda obrazli
tafakkurining о‘sishiga ma’lum darajada ta’sir etadilar. Sekin-asta bolaning о‘zi ham
bu jarayonda ishtirok eta boshlaydi, ya’ni avval rasmlarni tomosha qiladi, sо‘ngra
ovozga taqlid qilish orqali ertak qahramonlarining nomini aytishga, tanish jumlalarni
davom etgirishga harakat qiladi va, nihoyat, ertakni qayta sо‘zlab beradi.
Ertakning о‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, qahramonlardan biri ijobiy,
ikkinchisi salbiy bо‘ladi. Asar qahramoni kuchli va jasur bо‘lsa, u atrof olamni
gо‘zallik bilan boyitadi. Albatta, kuchli bо‘lish uchun gavdali odam, pahlavon bо‘lish
shart emas. Kichkina bolalar ham kuchli va jasur bо‘lishlari mumkin. Ertakda mitti
tipratikon ham sahovatli, qalban mard, tirishqoq bо‘lgani uchun kuchli va jasur
qahramonga aylanadi. Ertak о‘qib bо‘lingandan keyin bolalarni umumlashma, xulosa
chiqarishga undash, «Agarda sen uning о‘rnida bо‘lganingda nima qilgan bо‘lar eding?
Seningcha, ertak qahramoni yaxshimi yoki yomonmi? Agarda u qilishi kerak bо‘lgan
ishni bajara olmaganda nimalar yuz berishi mumkin edi?» kabi savollar bilan erkin
muloqotga chaqirish ularning faolligini yanada oshirishga yordam beradi.
Tarbiyachi tomonidan mahorat bilan yetkazilgan ertaklar bolada kо‘tarinki,
quvnoq kayfiyatni yuzaga keltirishga, kichkintoy bilan hishayajonli, dо‘stona
muloqotni о‘rnatishga, sezdirmay, osonlik bilan tarbiyaviy ta’sirni tashkil etishga,
atrof-muhit haqidagi bilim va ma’lumot zahiralarini samarali tо‘ldirishga imkon
yaratadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar badiiy matn bilan asosan eshitish orqali
tanishadilar. Shu bois asosiy diqqatni matnni ifodali о‘qish mahoratiga, kerakli
133
joylarda mantiqiy urg‘u berish, tо‘xtamlarga amal qilish, shuningdek, matnni qabul
qilishga yordam beradigan rangli illyustratsiyalar tanlashga qaratmoq lozim.
Ertak mazmunini qayta hikoya qilish jarayonida bolalarda ohangga (ifodalilikka)
e’tibor berish malakasini shakllantirish lozim. Bunda ertak qahramonlarining ovozi
qanday bо‘lishi mumkinligi haqida suhbat о‘tkazish yо‘li bilan, ularda tegishli bilim
hosil qilish talab etiladi. «Ertak nimasi bilan bizni qiziqtiradi?» degan savol tug‘iladi.
Birinchidan, timsolga aylanish orqali bolalar hayvonlarning hulqatvori va yurish-
turishi, nutqi, harakati, ovozi, imo-ishoralari bilan kengroq tanishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |