Adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi
“Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 802-
son qarori.
2.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. –Toshkent: “O‘zbekistan”, 2017. – B.163.
3.
Abdullayev A., Jajda prekrasnogo, T., 1994.
125
4.
Gegel G. V., Estetika, v 4-x tomax, M., 1968. -73.
5.
Gulyamov D.R. Bilish jarayoni faolligi va neyropedagogik tadqiqotlar talqini / -
Toshkent, “Pedagogika” J., №5, 2015. –B. 29-35.
6.
Gulyamov D.R., Kalanxodjayeva K.B. K voprosu ucheta osobennostey
mejpolusharnoy funksionalnoy asimmetrii mozga obuchaemыx v uchebnom protsesse
/ J. Aktualnie problemi gumanitarnix i yestestvennix nauk. № 11, 2018. –S.38-43.
OTA-ONA MAS’ULIYATI VA FARZAND VAZIFALARI
Maxmutazimova Yulduz Raxmatovna
Nizomiy nomidagi TDPU
“Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi,
Mirdadayeva Nodira Irkinovna
605-sonli DMTT metodisti
Insonga sodiq farzand bo‘lish juda ulug‘ ne’mat, katta baxt hisoblanadi. Oilada
ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyati, burchi o‘ziga xosdir. Ota-onalar
farzandni dunyoga kelishiga sababchi bo‘libgina qolmay, balki ming mashaqqatlar
chekib voyaga yetkazadilar, tarbiyalaydilar, bag‘riga bosib, mehr berib
ulg‘aytiradilar.Kasal bo‘lganimizda boshimizda girdi-kapalak bo‘lib boylanib, butun
rohatlarini yo‘qotadilar, tuzalib ketishimiz uchun hamma choralarini izlaydilar,
yeydigan, ichadigan, kiyadigan, narsalarimizni hozirlab, har kimdan ziyoda sevadilar.
Boshlarimizni silab, o‘qitadilar, ta’lim-tarbiya beradilar. O‘qimishli, dono, ahloq-
odobda tengsiz kishilar bo‘lishimiz uchun butun kuch va imkoniyatlarini sarflaydilar.
Shu o‘rinda yana bir fikrni keltiraman. O‘sib, ulg‘ayganimizdan keyin ham
boshimizga biror mushkul ish tushganda tasalli berib, hamisha ko‘nglimizni ko‘tarib,
sabr-toqatli bo‘lishimiz uchun pand-nasihatlar qiladilar.Shod-xurram bo‘lganimizda
bo‘lsa shodligimizga sherik bo‘lib, nomus va sharafimizni saqlaydilar. Baxtli, saodatli
bo‘lishimizni bir umr tilaydilar.
Ko‘rinadiki, bizga ozgina ezgulik qilgan kishilarga ezgulik qilish burchimiz ekan,
shu qadar ezgulik qilgan ota-onalarimiz biz farzandlarning burchlarimiz ham yuqoridir.
Shuning uchun ularning roziliklarini, tahsinlarini olishimiz, izzat va hurmatlarini
joyiga qo‘yishimiz, nojo‘ya fe’l-atvordan saqlanishimiz lozim.
Farzand hamisha ota-ona oldida burchli. Kuzatish va tajribalarimiz shuni
ko‘rsatadiki, ota-onalar bajaradigan vazifani uch davrga bo‘lish mumkin.Chunonchi,
birinchi davri – go‘daklik davri. Bu davrda bolada hali vazifa, burch, majburiyat degan
126
tushunchaning o‘zi bo‘lmaydi. U faqat ota-ona buyrug‘iga itoat qilish kerakligini
anglaydi, xolos. Lekin ikkinchi davrda yoshi ulg‘aygan sari bolaning aqli, harakati
oshib, qiladigan ish, vazifalari ham tobora ravshanlashib boradi.
Boshqacha ibora bilan aytganimizda, ota-onalarimiz bizning manfaatimizni
ko‘zlab sa’y-harakat qilganlari, hayot va turmush ishlarida ma’lumotlari, tajribalari
yuqori bo‘lgani uchun ularning ko‘rsatgan yo‘llaridan borishimiz suv bilan havodek
zarur bo‘ladi.
Endilikda bu davrda ota-onalarimiz ko‘proq pand-nasihat beradilar. Ayniqsa,
qarindosh-urug‘larni hurmat qilish, ularni ranjitmaslik, chiroyli muomala qilish hamda
imkoni boricha qarindoshlik haqini o‘tish to‘g‘risida ko‘proq gapiradilar.
Ota-onalar yana faqat o‘z qarindoshlargina emas, hamma odamlarga yaqin bo‘lib,
izzat hurmatqilish, qarindosh, do‘stlar va boshqa insonlarning boshiga biror kulfat
tushsa, ularning ko‘ngillarini ko‘tarish, ona-Vatan va tabiatimizni sevish va
e’zozlashimiz to‘g‘risida ham ijobiy gap-so‘zlarni qulog‘imizga quyadilar.
Uchinchi davr mustaqillik davri hisoblanadi. Endi o‘sdik, odam bo‘ldik,
turmushimizni o‘zimiz yo‘lga qo‘ya oladigan kuchga ega bo‘lib, ota-ona yordamiga
ehtiyojimiz qolmadi, hayotiy tajribamiz kundan-kunga oshib, o‘z taqdirimizni o‘zimiz
tayin qiladigan bo‘ldik.Bizni shu davrga qadar boqib, tarbiyalab, o‘qitganlari uchun
ota-onamizga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz va bugungi kunda bizlarni shu
darajaga yetkizganlariga qanday mehnat qilganliklarini, bu yo‘lda qanchalik azob-
uqubat chekkanlarini yorqin anglay boshlaymiz.
Ha, bugungi kunda ota-onalarimiz kuch-quvvatdan qolib qaridilar deylik. Bizning
muhtojlik, kuchsizlik paytlarimizda ularga yuklatilgan vazifalar bugun bizga
yuklatiladi. Ota-onalarimiz hayot va quvvatlarini, mol va davlatlarini bizning
yo‘limizda sarf qiladilar. Bugungi kunda ularning bu xizmatlarini to‘laydigan payt
keldi. Shuning uchun ota-onalarimizning izzat-hurmatlarini bajo keltirishga,
ro‘zg‘orlarini ta’min etishga ham qonun oldida, ham vijdon oldida majburmiz.
Oilaviy tarbiyada ma’naviy ruhda kamol topgan bolalar saodatmand, dono
odamlar xush fe’l-atvorni o‘zlariga abadiy najot sarmoyasi deb biladilar, fursat, vaqtni
qo‘ldan qochirmaydilar, g‘animat sanaydilar, go‘zal ahloq, odob bilan
127
ziynatlanadilar.Mol-dunyo yig‘ishga o‘ch bo‘lmaydilar, hech kimning ko‘nglini
og‘ritmaydilar. Ojiz va g‘arib kishilarga g‘amho‘rlik qiladilar, ularning ehtiyojlarini
o‘taydilar, birovning aybini ko‘rsalar oshkora qilmasdan uni bekitadilar, birovdan
yomonlik ko‘rsalar, u kishiga yaxshilik qiladilar, ulug‘ olim, fozillarning siyratlari,
go‘zal fe’l-atvorlarini o‘zlariga peshvo qilib oladilar, o‘z manfaatlarini ko‘zlab, boshqa
ziyon keltirmaydilar, hech kimga qo‘pollik bilan muomala qilmaydilar, to‘g‘ri
so‘zlaydilar, yolg‘onchilik ko‘chasiga qadam qo‘ymaydilar.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, maktabgacha ta’lim sohasida bir necha yillar
faoliyat olib borgan oilashunos olima Oysha Xasanboyeva oilada farzand tarbiyasi,
ota-ona mas’uliyati haqida qimmatli fikrlarini keltirib o‘tganlar.Yuqorida keltirilgan
oilada farzand ta’lim-tarbiyasi haqidagi ilg‘or tajribalar bugungi kunda ham o‘z
qiymatini yo‘qotmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |