BOLALARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH DAVR
TALABI
Muhamalaliyeva Mohira
TDPU ”Maktabgacha ta`lim”fakulteti o`qituvchisi,
Maxfuza Bo‘ranova
1 kurs talabasi
Inson bolasi dunyoga kelibdi ota-onasi u bolani kelajakda yetuk komil inson
bo‘lib yetishishini orzu qiladi, o‘zida bor barcha imkoniyatlarni ishga solib bolasini oq
yuvib oq taraydi, parvarishlaydi,voyaga yetkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 oktabr
kuni maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan
yig‘ilishda shuni ta`kidlagan edi. Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning
birlamchi, eng asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy
xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning
70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning
yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta
ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Bunga qo‘shimcha isbot qidirib
uzoqqa borishning hojati yo‘q. Bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chaga
bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha
farq borligini sezish qiyin emas. Shuning uchun ham biz maktabgacha ta'lim tizimini
qayta ko ‘rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta
ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak,
butun ta'lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz, ta'limning uzluksizligini
ta'minlashimiz qiyin bo‘ladi, deya ta'kidladi [1].
Kelajak avlod tarbiyasi haqida gap ketganda buyuk bobomiz Abdulla
Avloniyning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta'lim-tarbiya – biz
135
uchun hayot-mamot masala ekanligi, ma’rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida
millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda ham o‘z
ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Chunki, ta’lim-tarbiya- ong maxsuli, lekin ayni vaqtda
ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya
tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo ‘lmaydi. Ongni tafakkurni
o‘zgartirmasdan esa biz ko‘zlagan oliy maqsad ozod va obod jamiyatni barpo etib
bo‘lmaydi. Darhaqiqat bu so‘zlarning zamirida qanchalik ma’no-mazmun borligini
ko‘rish qiyin emas. Sababi, yurt vatan kelajagi yoshlarning qo‘lida deb bejiz
aytilmaydi. Shuning uchun ham bolalarning ta’lim tarbiyasiga birdek mas`uliyat bilan
yondosha olsak samarasi albatta namoyon bo‘ladi.
Shu o‘rinda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat
yengilmas kuch’’ asarida o‘tkir haqiqatga to‘xtalgan edi: “Ta’limni tarbiyadan
tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmaydi, bu sharqona qarash va sharqona hayot falsafasi”
[2].
Bundan ko‘rinib turibdiki; bolalarning har tomonlama yetuk, komil inson
darajasiga yetishishida ta’lim-tarbiyaning o‘rni beqiyos hisoblanadi. Yana shunday
jumlalar ham borki biz bolaning tarbiyasini ona qornidan ham emas, balki inson o‘ziga
juft tanlashdan boshlash kerak. Bu so‘zlarga asos qilib buyuk ajdodimiz Amir Temur
so‘zlarini ham misol keltirsak bo‘ladi. Amir Temur o‘g’illariga, nabiralariga kelin
tanlashda yetti avlodini surishtirish kerakligini aytgan. Albatta bolalarning kelajakda
qanday inson bo‘lishi uning irsiy jihatlariga ham bog’liq.
Umuman olganda, bola tarbiyasini onaning homiladorlik davridan e`tibor
berilsa, shuncha maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki, bolalar oq qog’ozdek beg’ubor
bo‘lishadi. Ana shu beg’ubor bolaga ota-onalar, tarbiyachilar, o‘zlarining
ma’sulyatlaridan kelib chiqib ta’lim-tarbiya bersa, to‘g’ri yo‘lga bosqichma-bosqich
yetaklab borsa, tarbiyachilar ham har bir bolaga o‘z bolasiday mehr qo‘yib ta’lim-
tarbiya bersa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu borada ya’ni tarbiyachi shaxsiga
qo‘yiladigan talablarga keladigan bo‘lsak,ularning kasblari eng ma’suliyatli, kelajakka
poydevor bo‘ladigan kasblardan biri hisoblanadi.
136
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “2017-2021 yillarda
maktabgacha ta’lim-tizimini tubdan takomillashtirish to‘g’risida’’gi PQ-2707 sonli
qarorida maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda sohani sifat
bosqichiga olib chiqish vaqti kelganligini taʼkidlab o‘tgan edi [3].
Tarbiyachi bolaga ta’lim berish jarayonida amaliy mashg`ulotlarga bilan
tashkil etsa, jumladan sahna ko‘rinishlari ham ertak qahramonlari ro‘lini berib yoki har
xil teatr tomoshalarini ko‘rsatib ham bolaning tafakkurini, ongini o‘stirishi samarali
natijaga erishiladi. Agar bolaning o‘zi sahnalashtirish jarayonida rol o‘ynab ishtirok
etsa, bolada individuallik har xil vaziyatlardan chiqib keta olishlik qobilyatlari
rivojlanib boradi. Ota-onalar esa bolalarga har qadamda o‘rnak bo‘lishadi. Agarda ota-
ona bola uxlashidan oldin bolaning o‘zi ishtirok etgan ertaklar to‘qib kelajakka bo‘lgan
orzularini uyg’otsa bolaning ongida, tafakkurida ota-ona aytgan ertaklar, orzular
xotirasida saqlanib qoladi va kelajakka bolalikdan orzu-maqsad qo‘yib borishi yanada
yorqinlashadi. Bola maktabga chiqqanidan so‘ng va maktab yoshida ham o‘sha orzular
tomon harakat qiladi.Yana eng muhim narsani aytish kerakki, bolalarning o‘spirin
yoshida ota-ona, o‘qituvchi va albatta mahalla ham katta e’tibor qaratishi kerak. Sababi
o‘spirin yoshidan boshlab bolalarda deviant hulq-atvor paydo bo‘la boshlaydi. Bola
ongida bo‘shliq paydo bo‘ladi. Ana shu bo‘shliqni to‘ldira olmay bolalar o‘zi bilmagan
holatda zararli odatlarni orttirib oladi. O‘zining fikrini to‘g’ri deb o‘ylab, atrofdagi
zararli odatlarga qo‘shilib boraveradi. Aksincha, ota-onalar o‘sha paytda bola bilan
ko‘proq fikr almashinib, e’tibor qaratib, ularning qiziqqan mashg’ulotlari, sport
to‘garaklari, fan to‘garaklari bilan bolani band qilsa, ortiqcha fikrlarga qiziqishi
kamayib, yo‘qolib ketadi. Albatta, bu oson jarayon ham emas, bosqichma-bosqich
bosib o‘tilishi kerak bo‘lgan jarayon hisoblanadi. Umuman olganda, bolalarga yashab
turgan joyimiz har qarich tuprog’imizga mehr-muhabbat uyg’otsak, kimning avlodlari
ekanligimizni eslatib tursak, albatta bolalarga vatanga muhabbat uning har qarich
tuprog’ini sevib ardoqlash kerak bo‘lsa vatan uchun jonini fido qilishga ham tayyor
bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimanki, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov
shunday degan ta`kidlagan edi. “Menga vatan nima berdi deb emas, men vatanga nima
137
berdim deb yashash zarur’’ deya ta`kidlagan fikrlari biz yoshlarga yanada o‘z
ustimizda ishlashga undab keladi[4]. Bundan ko‘rinib turibdiki, jonajon vatanimizning
kelajagi biz yoshlarning qo‘lida ekanligini his qilib yashaymiz. Uni rivojlantirish asrab
avaylash rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo‘shish uchun biz yoshlar faqat va faqat
berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘qib o‘rganib jon-jahdimiz bilan
mehnat qilishimiz kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |