MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING ANIQ FANLARGA
DOIR BILIMLARINI SHAKLLANTIRISH SIFATI NAZORATIGA
YONDASHUV
Kasimova Dilrabo Baxadirovna
“Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va
pedagogikasi” kafedrasi o‘qituvchisi,
Xusanova Yulduz, To‘lanboyeva Xilolaxon
talabalar
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng bolalar
tarbiyasi, ularga ta’lim berish masalalari yanada dolzarb tus oldi. Kelajagimiz vorislari,
bugungi kunda ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya jarayoniga jalb etilgan yosh
avlodning qanday bilim, tushuncha va malakalarga ega bo‘lishi jamiyatning
taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega. Davlatimizning bosh siyosatlaridan bo‘lmish-
kadrlar tayyorlash muammosining ijobiy hal etilishi ana shu dolzarb masalaning
samarali yechimiga olib keladi.
Ta’lim tizimining dastlabki bosqichi – maktabgacha yoshdagi bolalarni
rivojlantirish mazmuni bolalarning kelgusi bosqichlarda muvaffaqiyatli ta’lim olishiga
zamin yaratadi. O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan “Bolajon” dasturi o‘z
501
mazmun-mohiyatiga ko‘ra 2-7 yoshli bolalarning turli yo‘nalishlarga doir tasavvur,
tushuncha, bilim hamda ko‘nikmalarini shakllantirib, mustahkamlash vazifalariga
qaratilgan. Mazkur yo‘nalishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2004 yil 5 avgustdagi 372-son "O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‘plami, 2004 y., 31-son, 356-modda) va 2007 yil 25 oktyabrdagi 225-son
"Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi
qarorlariga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 43-son, 431-
modda) muvofiq, maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari mezonlariga mos
keladi. Bu Davlat talablari bolalarda maktabgacha yoshdanoq aniq fanlardan dastlabki
ilk, eng sodda tushunchalarni egallashga yo‘naltirilgan ta’lim mazmunida o‘z aksini
topgan.
Jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena, ijtimoiy-hissiy rivojlanish,
nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik, bilish jarayoni va atrof - muhit
to‘g‘risidagibilimlarga ega bo‘lish kabi yo‘nalishlar tarkibida maktabgacha yoshdagi
bolalar egallashi lozim bo‘lgan malakalar mujassam qilingan. Bolalarda aniq fanlarni
keyinchalik yaxshi o‘zlashtirishiga zamin bo‘luvchi tushunchalar maktabgacha
yoshdan boshlab ta’lim jarayoniga kiritilsa, undan tashqari ta’lim o‘yin ko‘rinishida,
bolalarga qiziqarli tarzda olib borilsagina, ta’lim kutilgan natijani beradi. “Ilk qadam”
dasturining “Bilish jarayoni” bo‘limi tarkibidagi “Atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega
bo‘lish va uni anglash”, “Elementar matematik bilim va ko‘nikmalar” bo‘limchalari
orqali maktabgacha yoshdagi bolalarga aniq fanlarga doir ilk tushunchalar berish
mumkin. Masalan, fizika, ximiya, matematika, astronomiya, geometriya, tabiat
hodisalari, vaqt tushunchasi, narsalarning xossalari, odam va hayvonlar organizmiga
doir bilimlar, jismlarning shakli, kattaligi, xajmi, tezligi kabi tushuncha-ko‘nikmalar
turli
murakkablikdagi
o‘yin
mashg‘ulotlarda
asosan,
5
yoshdan
boshlabshakllantiriladi. Bu benihoya muhim vazifani amalga oshirish uchun
maktabgacha ta’lim muassasasida tegishli zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak.
Xususan, tegishli ko‘rgazmali va tarqatma materiallar majmui, dastur vazifalarini
o‘zida mujassamlagan mashg‘ulotlar ishlanmalari, bolalarga mos ta’lim muhiti,
502
pedagoglar jamoasining tegishli tayyorgarligi, ta’lim muassasasining ota-onalar hamda
maktab, mahalla jamoatchiligi bilan hamkorligi,ta’lim muassasasi pedagoglarining
uslubiy- amaliy mahoratlarini oshirish maqsadida mavzuga doir pedagogok kengash
va seminar o‘quv mashg‘ulotlarining muntazamligi, pedagoglarning uzluksiz malaka
oshirib borishi, bolalar o‘zlashtirishini nazorat- tahlil qilish, xulosalar asosida chora-
tadbirlar ishlab chiqib, ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilishi zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixo-fiziologik xususiyatlariga ko‘ra, ularga
beriladigan bilim mazmuni ta’limiy o‘yinlar vositasida o‘zlashtirilishi oson bo‘ladi. Bu
jarayonni tashkil etishda bolalar bilim va ko‘nikmalari quyidagi ta’limiy o‘yin va
mashqlar orqali mustahkamlanadi: qum va tuproqning xossalarini taqqoslash uchun
"Nima o‘zgardi?" o‘yini, narsalarning asosiy belgilarini idrok etishga o‘rgatish uchun
"Bir xil rangli doiranechta?", "Matematik estafeta" o‘yinlari, milliy valyutamiz bilan
tanishtirish maqsadida "U yerda qancha qoldi", "Maydalang" o‘yinlari,narsalarning
fizik xossalarini anglashga o‘rgatadigan "Toping-chi, kimning bo‘yi uzun?",
"Geometrik domino" o‘yinlari, konstruktorlik malakalarini shakllantirishga qaratilgan
"Shakllarni to‘rtta cho‘ntakka joylang", "Ziyrak bo‘ling", "Berilgan shaklni kim tezroq
tuza oladi?", "Qanday shakl hosil bo‘ladi?", "Shaklni toping", "Qaysi shakl
yetishmaydi?" o‘yinlari, odam organizmi imkoniyatlarini tushunishga o‘rgatadigan
"Men nimani aytsam shuni bajaring", "Qaerga borib, nima topasiz?"o‘yin-mashqlari,
mantiqiy fikrlash va uni erkin bayon etishga o‘rgatadigan "Shakllarni to‘g‘ri
joylashtiring", “Teskari sanoq”, “Qaerga borasan, nimani topasan?”, “Kecha, bugun,
ertaga”, “Topgan-topaloq”, “Butun va qismlar” o‘yinlari, fizikaviy ilk tushunchalarni
shakllantiradigan “Atomlar”, “Rangli doiralar va ovallar”, “Klaster”, “Mozaika”
o‘yinlari, tabiatga doir bilimlarni shakllantirish uchun “Fasllar”, “Kim bilsa davomini
sanasin”, “Yil fasllari” o‘yinlari, taqqoslash, xulosalar qilish, fikrni bayon etishga
o‘rgatadigan “Toping nechta o‘yinchoq?”, “O‘ngda-chapda, oldinda-orqada”,
“Qo‘ng‘iroqcha qaerda jiringlayapti?”, “Men qanday son o‘yladim?”, "Etadimi?",
"Ko‘p, oz, shuncha", “Shartli belgilar asosida harakat qilamiz” o‘yinlarini tashkil etish
lozim. O‘yinlar bolalar guruhchalari bilan yoki zarur xolatlarda yakkama-yakka tashkil
etiladi. Shuningdek, o‘yin-mashqlar jihozlari bolalarga tushunarli, sodda va yorqin
503
bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Shu o‘rinda, maktabgacha yoshdagi bolalarning aniq
fanlarga doir ilk tushunchalarini shaklantiruvchi an’anaviy hamda bilim-malakalar
miqyosini baholash uchun noan’anaviy ko‘rinishdagi o‘yinlar tashkil etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |