Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA KASBIY FAOLLIKNI



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA KASBIY FAOLLIKNI
RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI 
 
Toshpo`latova Hilola, Suvanova Mohinur, Bolliyeva Sitora
TDPU “Maktabgacha ta`lim” fakulteti talabalari 
Ta’lim-tarbiya jarayonida bo‘lajak tarbiyachilarni mustaqil va erkin fikrlashga 
o‘rgatish, dunyoqarashini kengaytirish, kasbiy faolligini shakllantirish va rivojlantirish 
masalasiga e’tibor kundan kun ortib bormoqda. 
2017-2021–yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Yoshlarni ma’naviy-ahloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, 
ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish chora- 


510 
tadbirlari” ga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, 
ta’lim tarbiyaning zamonaviy metodologiyasini yaratish, o‘quv adabiyotlarining
yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda pedagog xodimlarini 
tayyorlash tizimini yadana takomillashtirishni taqazo etadi” [
47
.5b] 
Mazkur fikrlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bugun tarbiyalanuvchi va 
tarbiyachilarni ongli fikrlashga, mustaqil va erkin faoliyatga o‘rgatish, kasbi qiziqishi 
va faolligini rivojlantirish jarayoniga hamda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan
ta’lim muassasalariga ham alohida e’tibor qaratilayotganligini ko‘rishimiz mumkin, 
bu o‘z navbatida bo‘lajak tarbiyachilarda
 
kasbiy faollik tuyg‘usini rivojlantirish 
jarayonlarini o‘rganish orqali ushbu faoliyatni kuzatish va tahlil qilish zaruriyatini 
ham belgilaydi. 
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tarbiyachilarida kasbiy faollikni rivojlantirish 
jarayoni ularning dunyoqarashini o‘zgartirishga, ijtimoiy faolligini oshirishga, ularda
mustaqillik ma’naviyati, milliy iftixor tuyg‘usi, or-nomus va mehr–oqibat kabi qator
tushunchalarni singdirish, ya’ni milliy mentalitimizga mos va xos sifat va fazilatlarni 
ularda tarkib toptirishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim yo`nalishi tarbiyachilarida
kasbiy faollikni oshirishning ahamiyati va zaruriyati haqida bilim, ko‘nikma va 
malakani egallash natijasida, tarbiyachilarda kasbiy madaniyatni shakllantirish va 
rivojlantirish, hayotga, mehnatga va ijodiy izlanishga hamda o‘z xalqiga munosib
xizmat qilishga, milliy boyligimizga, Vatanimiz va Davlat ramzlariga, umummilliy 
qadriyatlar va milliy urf-odatlarimizga bo‘lgan ijobiy munosabatni tarkib topishga 
yordam beradi. 
Ta’lim-tarbiya jarayonida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tarbiyachilarida kasbiy 
faolligini oshirish orqali ularda mehnatga va mehnat ahliga bo‘lgan munosabatni 
shakllantirishga, Vatanga, tabiat va jamiyatga, ota-ona, yoru-do‘stlarga mehr-
muhabbat va sadoqat, umummilliy qadriyatlar va milliy urf-odatlarimizga hurmat, 
ularga egalik qilish hamda o‘z vaqtida himoya qila olish mas’uliyatini shakllantiradi.
47
2017-2021 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi“ 


511 
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tarbiyachilarida kasbiy faollik tushunchasini 
singdirish orqali ularda sharq va g‘arb allomalarining ma’naviy me’rosi, buyuk 
allomalarimiz, ota-bobolarimizning hayoti, ushalmagan orzu-maqsadlari va ular 
qoldirgan meros haqida tushunchalarga ega bo‘lishi, mustaqil mamlakatimizning 
istiqbolli kelajagi, ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida tinmay mehnat qilish, ma’naviy 
boyliklarni qadrlash va asrash, uning kelajagi haqida qayg‘urish, o‘z xalqi va 
mamlakati yutuqlari bilan mag‘rurlanish, o‘zligini anglash va milliy an’analarga sodiq 
bo‘lish, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi va yurt tinchligi yo`lida o‘z jonini fido 
qilishga tayyor har tomonlama faol, ijodkor, fidoiy bo‘lishga to‘g‘ri yo‘naltirishga 
erishish zarur sanaladi.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tarbiyachilarida kasbiy faollikni rivojlantirishda 
mustaqil faoliyat yuritishda individual tafakkurni o‘rni alohida sanaladi. Ma’lumki, 
individual tafakkur hamkorlikdagi aqliy va jismoniy mehnat jarayonida, shaxslarning 
o‘zaro muloqotga kirishishi jarayonida jamoaviy tafakkurga o‘sib o‘tadi. Jamoada 
tanqidiy qarash, o‘z-o‘zini tanqid, baholash, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini tekshirish, 
nazorat qilish, “jamoaviy o‘ylash”, guruh bo‘yicha mulohaza yuritishdan iborat 
tafakkur sifatlari vujudga keladi [
48
]. 
Demak, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tarbiyachilarida kasbiy faollikni 
rivojlantirishda inobatga olinishi zarur bo‘lgan omillardan biri individual tafakkurning 
jamoaviy tafakkurga o‘sib o‘tishi ekan. Bunda tarbiyachilarning tarbiyalanganligi, 
dunyoqarashi va ahloqiy sifatlari o‘ziga xos ahamiyat kasb etib, talabalar tafakkurini 
rivojlantirish jarayonida talabalarning individual psixologik xususiyatlari bilan bir 
qatorda, ular tarbiyalanayotgan muhitni o‘rganish, ularning qobilyati, iqtidori, 
qiziqishlari va ehtiyojlarini inobatga olish zarur hisoblanadi.Chunki ixtiyoriy inson 
asosan, ikki yo‘l bilan, birovning bevosita ta’siri, ya’ni o‘rgatishi, donolar fikrlari, 
o‘gitlari va asarlarini o‘qish, tajriba o‘rganish, shogird turish orqali bo‘lsa, ikkinchisi 
inson o‘zining fikrlashi, odamlar xatti-harakatidan, qilgan va qilayotgan ishlaridan 
xulosalar chiqarish va eng asosiysi – tafakkuri vositasida tarbiyalanishi mumkinligini 
inobatga olinishi zarur.Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib aytish mumkinki, 
48
G‘oziyev E.Tafakkur psixologiyasi.T.:O‘qituvchi,1990. 3b 


512 
talabalarga ta’lim-tarbiya berish jarayonlarida ularda kasbiy faollikni rivojlantirishga 
alohida e’tibor qaratish, ta’lim-tarbiya jarayonida ko‘proq erkin va mustaqil fikrlashga 
o‘rgatish, ularning subyektivligini oshirish hisobiga, subyekt-obyekt munosabatlaridan 
subyekt-subyekt munosabatlariga o‘tish, ya’ni mazkur jarayonda shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish, shuningdek, ularning mustaqil ta’lim 
olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil olgan ma’lumotlarini o‘rganish 
asosida ularning ilmiyligi, yangiligi va ishonchliligini tahlil qilish, eng yangi va 
ishonchli axborotlar bilan ta’minlash, talabalarning faoliyatini muvofiqlashtirishda 
axborotlar almashinuviga alohida e’tibor qaratish zarur.
Bizning fikrimizcha, maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tarbiyachilarida kasbiy 
faollikni rivojlantirish yo‘nalishidagi pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etishda 
quyidagi omillarga e’tibor qaratish muhim sanaladi. Bunda, ta’lim-tarbiya 
jarayonining samaradorligini ta’minlashda kasbiy faolligi va mustaqil faoliyatning 
mazmuni va mohiyatini anglab yetish, shaxslararo munosabatlarda kasbiy faollikni 
rivojlanishga ta’sir ko‘rsatuvchi tarbiyaviy munosabatlarning ahamiyatini tushinib 
yetish, pedagogik jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini inobatga olish,
pedagogik jarayonlarda shaxsga yo‘naltirilgan ta’sirni o‘ziga xos xususiyatlariga 
e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tarbiyachilarida kasbiy faollikni rivojlantirishga
qaratilgan pedagogik jarayonlarni tashkil etishda alohida e’tibor talab qilayotgan 
birinchi omil ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlashda ularning 
faolligi va mustaqil faoliyatining ahamiyati bo‘lib, pedagogik jarayonlarda 
tarbiyachilarning faolligini ta’minlashda ularning mustaqil faoliyati, ya’ni mustaqil 
ta’lim va mustaqil ma’lumotlar olishi hamda o‘zini-o‘zi tarbiyalashi muhim ahamiyat 
kasb etadi va bu ahamiyat ular rivojlanishga asos sifatida xizmat qilishida o‘z ifodasini 
topadi. 
Tadqiqotlarda bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyachi ta’lim - mustaqil ta’lim, 
tarbiya - o‘zini-o‘zi tarbiya, ma’lumot-mustaqil ma’lumot va tarbiyaviy munosabatlar 
haqida yetarli malakani egallashi zarurligi keltiriladi. 


513 
Bolaning rivojlanishida, ya’ni uni tarbiyalashda jamiyat tomonidan tashkil 
etilgan ta’lim muassasalarining va ta’lim-tarbiya jarayonida qatnashayotgan barcha 
kishilarning faoliyatlari ham muhim rol o‘ynaydi. 
Shunga ko‘ra, tarbiya – insonlar rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydigan jarayon 
sanaladi. Mazkur jaorayon bir avlod ijtimoiy tajribasining keyingi avlodlar tomonidan 
o‘zlashtirilishi va ularning ijtimoiy hayotga qo‘shilishlarini ta’minlab beruvchi zaruriy 
faoliyat bo‘lib, u inson tarbiyalanganligining mezoni sifatida shaxsiy xislatlarni 
shakllantirish bilan bog‘liq holda tarixan shakllanib kelgan pedagogik tushuncha. 
Uning yordamida insonning rivojlanishiga tashqi muhitning ta’sirini fan va amaliyot 
isbotlab beradi. Inson butun umri davomida hayotda kimningdir tajribasiga tayanadi 
hamda unga asosan o‘zining ko‘nikma va malakalarini shakllantirib boradi. U faqat 
o‘tmish merosxo‘ri sifatida ijtimoiy hayotga qo‘shilib boradi va kelajak uchun 
tayyorlanadi. 
Tarbiyaviy jarayon
– 
rivojlanib borayotgan avlodning katta yoshdagilar 
tajribasini egallab borish jarayoni bo‘lib, u insonlar rivojlanishini boshqarish hamda 
ularning shaxsiy xislatlari shakllanishiga zarur sharoitlar yaratib beradi.

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish