Список литературы
1.
ПП РУз под № 3305 «Об организации деятельности Министерства
дошкольного образования Республики Узбекистан» от 30 сентября 2017 года
2.
«О мерах коренного усовершенствования системы дошкольного образования»
(от 09.09.2017, №3261),
3.
ПП РУз «Концепции развития системы дошкольного образования до
2030»(утвержден 08.05.2019 ПК – 4312)
4. Касымов К. М. Теория организации и управления организацией. Т:
A.Кодирий 2004 г.
5.
. Ш.E.Сейтхалилов. Управление качеством образования. Т: «Туроникбол»:
2006г
6.
. M.Шарифходжаев.Ю.Абдуллаев. Менеджмент. Т: «Укитувчи» 2002г.
С.С.Гуломов. Основы менеджмента.Т: “Фан” 2002.г
SHAXSNING DUNYOQARASHINI ShAKLLANTIRISHDA
EKOLOGIK-GIGIYENIK TARBIYANING ROLI
Muxamedjanova Ruxsora Tulyabekovna
Toshkent To'qimachilik va yengil
sanoat instituti psixologi
Ekologik tarbiya ekologik madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib, insonning ongi,
dunyo qarashi va tasavvurlariga ta’sir qilish orqali tabiatga nisbatan ongli va ma’naviy
munosabat saviyasini muntazam va maqsadli ravishda oshirib borish jarayonidir.
Ma’lumki, insonning barkamolligi, ma’daniyati tashqi ko‘rinishiga qarab emas,
balki uning ma’naviy dunyoqarashi bilan belgilanadi.
Jamiyatning ravnaqi va kelajagi shu jamiyatda yashovchilarning ham ma’naviy,
ham ma’daniy barkamolligiga bog‘liq. Insoniyat ma’naviy tomondan qashshoq bo‘lsa,
kelajagi porloq jamiyat qurib bo‘lmasligi hayotiy haqiqatdir. Ilmiy adabiyotlarda
507
ekologik, gigiyenik ma’daniyatni shakllantirish borasida anchagina maqolalar, asarlar
chop etilmoqda.
Demak, shunday ma’ruza, maqola, asarlarga tashnalik ortib bormoqda.
Chunki bir tomondan , ekologiya va gigiyena sohasidagi madaniyatning hamma
uchun kerakligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan , atrof-muhitning buzilishi va bu jarayon
inson salomatligiga salbiy ta’sir etishning oldini olish vazifalari dolzarblashib
borayotgani va tezda bu muammolarni bartaraf etib barqaror rivojlanishni
ta’minlanishni taqozo etishni ko‘pchilik hamyurtlarimizni tushunib yetayotgani
quvonchli holdir.
Mustaqil O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘zini, vatanini, xalqini sevib, ular
bilan hamkorlikda ekologo-gigiyenik madaniyatni oshirib borish oldida turgan eng
dolzarb muammolar ekanini tushunib yetishi, qo‘ldan kelguncha shu muammoni hal
qilishda faol qatnashishi lozimdir. Bu muammo ko‘p qirrali bo‘lib, hammaning
e’tiborini jalb qiladigan hamda bu borada ta’lim-tarbiyani, uning salohiyatini oshirish
va hamjihatlikni ta’minlash davr talabi bo‘lib qolmoqda. Ekologik jarayon
murakkablashayotgani uchun u yangicha fikrlashni, dunyoqarashni, ma’daniy,
ma’naviy yetuklikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsni bilimli qilish,
unda ma’daniyatni shakllantirish pedagoglar oldiga qo‘yilgan eng murakkab vazifadir.
Inson shaxsi tabiat bilan o‘zaro chambarchas bog‘langanligini hamda u tabiatning bir
qismi ekanini tushunib yetishi, tabiiy muhitda qanday o‘zgarishlar bo‘lmasin,
insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri qaytib o‘ziga salbiy ta’sir etishini va
murakkab vaziatni yuzaga kelayotganini anglab yetishini taqozo qiladi. Tabiat
insonning antropogen faoliyatning salbiy ta’siri oqibatida insonga xavf tug‘dirishi
hamda tabiiy bo‘layotgan ofatlar oqibatida jabrlanishini tushunishi va bularning
hammasi ekologik qonunbuzarliklar natijasi ekanligini tushunib yetish, shu bilan birga
bajarilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar ishlab chiqishida faol qatnashadigan insonni
tarbiyalash darkor bo‘ladi. Har bir insonnnig ekologik va gigiyenik tarbiyasi umumiy
ta’lim-tarbiyaning bir qismi hisoblanadi, ya’ni shaxsda ijodiy, ma’naviy, ruhiy va
ularga hamohang tarzda jamiyatning rivojlanishi ham mavjuddir, ammo bu tarbiyada
shaxsning oldida aniq va maqsadli vazifalar qo‘yiladi. Masalan, tabiatga mehrli,
508
oqibatli bo‘lish, ona-vatan tabiatini sevish, tabiat resurslarni boyitishga harakat qilish,
uni asrash yo‘l-yo‘rig‘ini o‘rganish lozim. Bu borada ta’lim-tarbiya bir qatorda turib
bir maqsadni, ya’ni tabiatni inson-jamiyat-tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni,
o‘zaro munosabatlarini va bir-birlariga nisbatan ta’sir etish me’yorlarini o‘quvchilar
(bolalar)ga tushuntira olish kerak.
Aholining hamma qatlamlariga uzluksiz ta’lim-tarbiya berish, bu doimo maqsadli
bo‘lib, shaxsning tabiiy atrof-muhitni, o‘z salomatligini asrashdagi muammosini
yechishda asosiy rol o‘ynaydi. Bunda, ta’lim berish jarayoni tarbiyaning eng muhimi
hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, kelajakda ekologiya va gigiyena sohasidagi fan-texnika
rivojini ta’minlaydi.
Ekologo-gigiyenik ta’lim-tarbiya masalalarini hal etishda umumiy va ayrim
vazifalarni hal qilishga to‘g‘ri keladi.
Jumladan, respublika fuqarolarining har bir shaxsiga yuqori javobgarlik
mas’uliyatini sezishni, tabiiy boyliklarning yanada ko‘paytirishni, tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish va tejamkorlikni asosiy masala deb bilish, ishlab chiqarishda
paydo bo‘ladigan zararli chiqindilarni utilizatsiya qilish, zararsiz holatga keltirish
muammolarini ham ma’lum darajada hal etish va bajarish bosqichlarini o‘rganish,
tarbiyalash, ta’lim berishni dasturlar yordamida o‘tkazishni taqozo qiladi.
Ekologik ta’lim-tarbiyaning eng asosiy vazifalaridan biri ekologiya va gigiyena
fani sohasidagi bilimlarni tarqatish va ma’rifat ishlarini rivojlantirishdir. Bu tabiiy
atrof-muhitni, tabiatni asrash, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarni, tirik
tabiiy muhit omillari bilan jonsiz tabiiy muhit omillari o‘rtasidagi bir butun yaxlitlikni
tushunish va har bir shaxsda shu jarayonlar bilan bog‘liqlik tushunchasini
shakllantirishni taqozo etadi. Inson tabiat qo‘ynida yashar ekan, uning beminnat
sahovati, in’omi va marhamatidan bahramand bo‘ladi. Shunday ekan, insonning eng
yaqin “do‘sti” bo‘lmish tabiatni ardoqlash va e’zozlash har bir kishining muqaddas
burchi bo‘libgina qolmasdan, balki shu ko‘rkam tabiatning bir oliy ne’mati
hisoblanadigan insonning sharafli burchi bo‘lishi lozim. Ta’biatni avaylab asrash,
e’zozlash unga bo‘lgan muhabbat inson qalbida yoshlikdan uyg‘onadi va davrlar
o‘tishi bilan shakllanadi.
509
Yoshlarning yuragida ona vatanga, ona tabiatga bo‘lgan hurmatini oshirishda
keng jamoatchilik, qolaversa ota-ona va o‘qituvchilarning hissasi salmoqli o‘rin tutadi.
Asosiy maqsad - vatanimizning tabiiy muhitini asrash, uning boyliklarini
ko‘paytirish va har bir shaxsning, yoshlarninig tabiat bilan hamohanglikda
rivojlanishni ta’minlash.
Bugungi kunda ekologik xavfsizlikka tahdid globallashib borayotgan bir davrda,
har qanday jamiyatda ham insonning ekologik madaniyatini, ma’naviyatini oshirish
maqsadida
tarbiyalash
umumiy
ta’lim-tarbiyaning
mas’uliyatini
yanada
mukammallashtirishga yordam beradi. Aholining ongiga tabiat bu men va sen, biz
yashaydigan makon, tabiat butun yer kurrasi mavjudotlarining yashaydigan yagona
zamini degan asosiy nazariy va amaliy bilimlarni singdirish lozim.
Zero, hayot kishilardan atrof-muhitning nafaqat bugungi kuni uchun, balki
kelajak avlod uchun ham asrashni talab qilmoqda, - deydi A.Ismoilov va R.Axadov.
Davr xalqimiz dunyoqarashini milliy istiqlol ruhida isloh qilishni talab qilmoqda.
Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek, “Tarbiya bizlar uchun yo hayot-
yo mamot, yo najot - yo halokat, yo sadoqat- yo falokat masalasidir”. Shunday ekan,
milliy mafkurani ongimizga singdiruvchi amaliy tarbiyani yo‘lga qo‘yish
jamiyatimizda sog‘lom muhitni saqlash bilan barovar ekanligini anglashimiz darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |