Adabiyotlar:
1. “Ilk qadam” Maktabgacha taʼlim tashkilotining Davlat oʼquv dasturi.
2.Т.С.Волосовец, В.А.Маркова, С.А.Аверина STEM-образование детей
дошкольного и младшего школьного возраста.М.Бином..Лаборатория знаний
2019.
3."STEAM talim tizimi nima?" https://www.integer.uz/steam
KUN TARTIBI - MAKTABGAChA YOSHDAGI BOLALARDA SOG‘LOM
TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISh SHARTI SIFATIDA
Qoraboyeva Zohida To‘lanboyevna
NamDU katta o‘qituvchi,
Davlataliyeva Mohidil Abrorjon qizi
NamDU Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 2-kurs
talabasi
Inson salomatligi, uning hayot kechirishi, keksayguniga qadar ish qobiliyatini
saqlab qolishi ko‘p asrlardan buyon tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lib
kelmoqda. Insoniyat yer yuzida qanchadan buyon yashayotgan bo‘lsa, shunchadan
buyon u uzoq yashash yo‘lini izlamoqda. Shunchaki yashashni emas, balki umrining
oxirigacha ijodiy faollikni, sog‘lom aql va kuch-quvvatni saqlab qolishni orzu
qilmoqda.
Agar kun tartibida belgilangan barcha ishlarni doimo bir vaqtda bajarilsa, organizm
519
bunga o‘rganib qoladi: nerv tizimi ishida ma’lum tartib o‘rnatiladi, bu mehnat
qobiliyatini yaxshilaydi va o‘qituvchi organizmining me’yorida shakllanishiga yordam
beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda mustahkam gigenik malakalarni shakllantirish
bolalar hayotini oqilona tashkil etishni – to‘g‘ri tuzilgan kundalik rejimni va unga
qat’iy amal qilishni talab etadi. Kun tartibi – bu vaqtning eng oqilona taqsimlanishi,
uyqu, ovqatlanish, o‘yin, boshqa narsa bilan shug‘ullanish, toza havoda bo‘lish va
mehnat faoliyatining ketma-ketligidir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni tarbiyalash sharoiti birinchidan,
bolalarning rivojlanishi qonunlari bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab jarayon ekanligini
hisobga olgan holda yaratilishi, ikkinchidan esa bu sharoitlar bolalar organizmining
o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir etishi, shuningdek, bolalar sog‘lig‘ini saqlashi va
mustahkamlashi kerak.
Odamning har qanday faoliyati bosh miya qobig‘ining qo‘zg‘alishi va
tormozlanishi jarayonlaridan vujudga kelishi aniqlangan. Kun tartibi tuzishning asosiy
gigenik prinsiplaridan biri: dam olish va har turli faoliyatning almashinuvi muhim
ahamiyatga ega. Bolalarni bir turdagi faoliyatdan boshqasiga jalb etish va bu bilan bosh
miya u yoki bu qismining haddan tashqari charchashining oldini olish uchun, bolalarda
tormozlanishdan qo‘zg‘alish ustun bo‘lishi tarbiyachidan katta e’tibor talab qiladi.
Kun davomida bola har xil harakatda bo‘ladi. U kechki va tushki uyqudan so‘ng
ancha faol, kunning oxirida esa kam harakat bo‘lib qoladi. Bolalarning faoliyati
shunday taqsimlanishi kerakki,, anchagina kuch va faollik talab qiladigan o‘yin,
mashg‘ulot, mehnat kakbilar energiyaning eng ko‘p o‘sish soatlariga to‘g‘ri kelsin;
kam kuch va e’tibor talab qiladigan mashg‘ulotni bolaning energiyasi pasaygan
soatlarda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
Tushki qoniqarsiz uyqu va og‘ir faoliyat kunning oxiriga kelib, bolalarni ba’zi
fiziologik funksiyalarning (nafas olish, yurak-tomir tizimi, gaz almashinuvi va bosh
miyaning faolligi) o‘zgarishida ko‘rinuvchi charchashga olib keladi. Bedorlik vaqtida
charchagan bola kunduz kuni ham, kechasi ham yaxshi uxlay olmaydi.
520
Yangi kelgan bolalar uchun ularning yangi hayot sharoitlariga moslashish
davrini qisqartira oladigan kun tartibi tuzish maktabgacha ta’lim muassasalari
tarbiyachilarining muhim vazifasidir. Ko‘pincha, birinchi marta bolalar muassasaning
ostonasiga qadam qo‘ygan bolalar ota-onalari bilan ajrashish vaqtida yig‘laydilar va
ularni qo‘yib yuborgilari kelmaydi. Uyda ularni ertaga yana tashkilotga olib borish
uchun uzoq vaqt ko‘ndirishga to‘g‘ri keladi.
Kattaroq bolalar yangi sharoitga moslashish davrida tez-tez ovqatdan voz
kechadilar, yomon uxlaydilar yoki muassasada umuman uxlamaydilar, natijada ozib
ketadilar. Bularning hammasi tarbiyachilarni, yangi kelgan bolalarning ko‘nikish
davrini kamaytirish uchun ularning har biriga e’tibor bilan munosabatda bo‘lishga
majbur etadi. Faoliyatni gigiyenik, fiziologik, psixologik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish
muayyan kasb egasining ishlash qobiliyatini uzoq muddat saqlanib qolishi va ishining
samaradorligini oshishi uchun asos bo‘ladi. Buning uchun har bir inson to‘g‘ri kun
tartibiga rioya qilishi zarur.
To‘g‘ri kun tartibi deganda odamlarning har xil faoliyat turlarini va dam
olishlarini ratsional ravishda navbatdash tushuniladi, bu sog‘lomlashtirish va
tarbiyaviy jihatdan juda katta ahamiyatga ega. To‘g‘ri tuzilgan kun tartibi
organizmning uzoq vaqt davom etadigan bedorlik vaqtida nisbatan yuqori mehnat
qobiliyatining saqlanib turishiga ta’sir ko‘rsatadi, kayfiyat doimo yaxshi bo‘ladi, odam
o‘yin-kulgularga, o‘yinlarga, ijodiy ishga qiziqadi, jismonan normal rivojlanadi va
sog‘lig‘i mustahkamlanadi.
Fiziologlar va gigiyenistlarning tekshirishlaridan shu narsa aniqlanganki,
noratsional tashkil etilgan kun tartibi, xususan, to‘la sifatli bo‘lmagan uyqu bosh miya
po‘stlog‘idagi tiklanish jarayonlariga yomon ta’sir qiladi, bu esa har qanday insonning,
jumladan, jiddiy faoliyat egalari bo‘lgan mutaxassislarning ish qobiliyatiga ta’sir
ko‘rsatadi.
Ayniqsa MTTlarida tarbiyalanayotgan bolalarning salomatligini mustahkamlash
va ular hayotining mazmundorligi va samaradorligini oshirish uchun to‘g‘ri kun
tartibiga rioya qilishni ta’minlaydigan barcha shart-sharoitlarni yaratish zarur.
521
Kun tartibini tuzishda quyidagi asosiy holatlarni nazarda tutiladi: har xil faoliyat
turlarining (ularni ratsional navbatlash va muntazam bajarish bilan) ma’lum bir
davomliligi; mashg‘ulotlardan so‘ng ochiq havoda iloji boricha ko‘p bo‘lib, yetarlicha
dam olish; vaqtida sifatli ovqatlanib turish; gigiyenik jihatdan to‘la sifatli uxlash.
Ayrim kun tartibi momentlarining davriyligi va ularni navbatlash organizm
faoliyatining tegishli ritmi ishlanib chiqishini ta’minlaydi. Tutash shartli reflekslar
paydo bo‘lishi munosabati bilan organizmning har bir oldingi faoliyati keyingisiga
shartli ta’sirlovchi – signal bo‘ladi.
Shunday qilib, oldingi faoliyat tufayli, organizm keyingisini amalga oshirishga
tayyorlanadi. Organizmning eng yaxshi faoliyatiga rejim to‘g‘ri bo‘lganda vaqtga
nisbatan ishlanib chiqqan refleks ham yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |