Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/247
Sana14.07.2022
Hajmi4,75 Mb.
#796806
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   247
Bog'liq
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1 (1)

Adaiyotlar
1.
 
Silyayeva Ye. Semya kak razvivayushaya sreda dlya rebenka s ogranichennimi 
vozmojnostyami. – M.: 2003. – 126 
2.
 
Psixologiya semeynix otnosheniy s osnovami semeynogo konsultirovaniya. 
Ye.I.Artamonova, Ye.V.Yekjanova, Ye. V. Ziryanova i dr.; Pod. Red. Ye. G. Silyaevoy. – M.: 
«Akademiya», 2002. – 220 s.
ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALARNI KORREKSION 
TARBIYALASHDA OILA HAMKORLIGINING ASOSIY YO‘NALISHLARI 
N.Q.Abidova 
Nizomiy nomidagi TDPU katta o‘qituvchi
Bolaning kelajagi, uning shaxs bo‘lib kamol topishi ko‘p jihatdan ota-ona oilasi, 
u to‘g‘rida farzandda shakllangan tasavvurlarga bog‘liq ekanligi psixologlar 
tomonidan ancha batafsil o‘rganilgan. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, bolaning o‘z 


525 
oilasi to‘g‘risidagi tasavvurlari ko‘pincha ota-onaning tasavvurlari va asl holat bilan 
qisman mos keladi. Odatda ota-ona o‘z farzandi uchun qo‘lidan kelgan barcha 
choralarni ko‘rayotganday, buni bola anglashini va undan hamisha minnatdor bo‘lishi 
kerakligini kutadi, lekin bolalar bu xususda turlicha tasavvurga ega bo‘ladilar.
Alohida yordamga muxtoj farzandlari bo‘lgan oila yoki mushkul ahvolga tushib 
qolgan onalar, ularning farzandlari bilan psixologik-pedagogik yordam ishlarini tashkil 
etish asosan quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi: 
-
diagnostik; 
-
korreksion; 
-
profilaktik; 
-
ma’rifiy. 
Alohida yordamga muxtoj farzandlari bo‘lgan oila bilan ishlash avvalo shunday 
holatga tushib qolgan oilalarning talab-takliflari asosida, yoki u yoki bu xududdagi 
oilalarning ahvolini o‘rganish natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Oilaga ijtimoiy-
psixologik xizmat markazlari kimning buyurtmasi bilan faoliyat boshlagani, uning 
faoliyati samarasini kim monitoring qilishidan qat’iy nazar, u quyidagi toifa insonlarga 
xizmat ko‘rasatadi: 
-
bolalar; 
-
ota-onalar; 
-
yaxlit oila

Oilada tarbiyalanayotgan bolalar muammolari bilan shug‘ullanadigan ijtimoiy-
psixologik xizmat markazlari asosan ular bilan diagnostik va psixokorreksion 
yo‘nalishlarda ish olib boradi. 
Diagnostik yo‘nalishdagi ishlar o‘z ichiga quyidagi vazifalarni qamrab oladi: 
-
Bola psixik taraqqiyotida sodir bo‘layotgan muammolar, chekinishlar va 
ularning asl sabablarini diagnostika usullari yordamida aniqlash; 
-
Bola normal taraqqiyoti jarayonida aniqlangan muammolari jihatlar va ularni 
bartaarf etish bilan bog‘liq ishlar; 


526 
-
Bola psixik taraqqiyotidagi patologiyalar va ularni qisman bo‘lsa-da bartaraf 
etish, kelib chiqish sabablarini ota-onaga bildirish hamda hamkorlikda bolaga yordam 
berish choralarini belgilash. 
Bola salomatligi va uning xastaliklarini psixik hayotga aloqadorligi bevosita 
ekanligini aniqlagan psixolog – maslahatchi ota-ona bilan birgalikda muammoning 
yechimini izlaydi va bu bilan oila muhitini yaxshilashga hissa qo‘shadi. 
Bolalar o‘rtasida olib boriladigan profilaktik ishlar asosan avvaldan belgilangan 
reja bo‘yicha amalga oshiriladi. Profilaktikaning maqsadi – bolada anomal holatlarning 
oldini olishdir. Albatta bunda ham psixolog mutaxassis psixodiagnostik vositalardan 
foydalandi, lekin uning vazifasi eng avvalo bolada ro‘y berishi mumkin bo‘lgan 
patologik jarayonlarning oldini olishdir. Chunki oilaviy nizolar, oilaviy 
munosabatlarning izdan chiqishi shu oila muhitida tarbiyalanayotgan bolaning asab 
tizimiga, psixologik rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Oilasida muammo bo‘lgan bolalar o‘rtasida olib boriladigan korreksion-tuzatish 
bilan bog‘liq chora-tadbirlar ham diagnostik amaliyot bilan birgalikda amalga 
oshiriladi. Bunda diagnostika orqali aniqlangan hulqdan chekinish holatlari bolaning 
yoshi, oilaviy sharoiti, qiziqish va iqtidori inobatga olingan holad malakali amaliyotchi 
psixolog tomonidan amalga oshiriladi. Bunda bevosita bola ongi va fikrlash tarziga 
ta’sir ko‘rsatiladi, shuning uchun bunday tadbirlar maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalar o‘rtasida o‘tkaziladi. 
Rus olimi V.V.Stolin psixologik xizmat markazlariga norozilik bilan murojaat 
qilgan ota-onalarning shikoyatlari mazmunini o‘rgangan va ularni toifalarga bo‘lgan: 
1. Bolasidan tashvishlangan ota-onaning murojaati. Aslida ba’zi murojaatlar 
o‘rinsiz bo‘lib, ota-onaning ortiqcha jonsarakligi, havotirchanligi tufayli kelib chiqadi, 
ular har ehtimolga qarshi bolsini parvarishlash, tarbiyalashga adashib ketmaslikdan 
qo‘rqib psixolog qabuliga keladi. 
2. Shikoyatli murojaat ota-onaning bolaga munosabatining o‘zidan kelib chiqadi. 
Chunki aslida bola ota-ona ishora qilayotgan tashvishlardan, nuqsonlardan xoli bo‘ldai. 
Masalan, onaning fikricha, bolasi uni yoqtirmaydi, uning aytganlarini qilmayapti, 
aslida uning o‘zi bolaga yetarli va o‘rinli mehr berolmaydi. 


527 
3. Shikoyat qisman yoki mutloq asosli, chunki bolada haqiqatan ham ota-onaga, 
yaqinlariga, yaxshi ko‘rgan narsalariga nisbatan noto‘g‘ri munosabat shakllana 
boshlagan yoki anchadan buyon namoyon bo‘lmoqda. Bu nuqsonlar asosan ota-ona va 
bola o‘rtasidagi munosabatlarga aloqadorligi psixolog aniqlaydi. 
4. Bola hulqidagi og‘ishlar va ularga bohliq xatti-harakatlar ota-onani jiddiy 
tashvishga soladi. Lekin bunday holat umuman oilaviy o‘zaro munosayuatlarning darz 
ketganligini oqibati bo‘lishi mumkin. Bu odatda bolaning ota-onasi bilan normal 
munosabatda ekanligini ko‘rsatadi, lekin hulqdagi nomuvofiqliklar bolaning o‘qishi, 
intizomi, maktabdagi burchlarini to‘la bajarmayotganligi bilan bog‘lanadi. 
5. Bolaning ota-onasi bilan munosabati yomonligining sababi – asosan 
kattalarning bolaga nisbatan adolatsizligi oqibati hisoblanadi. Bunday holatlarda 
haqiqatan ham bolaning psixologiyasida jiddiy o‘zgarishlar va muammolar bo‘ladi va 
ota-onaning shikoyati jiddiy psixologik tuzatish ishlarini taqozo etadi. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish