318
haqida suhbatlashar ekanmiz, “Portfolio nima?” , “Tarbiyachi portfoliosida nimalar
bo’ladi?” kabi savollarga javob berishimiz kerak bo’ladi.
Portfolio — so‘zi ingliz tilidan tarjima qilinganda “muhim hujjatlar papkasi”
degan ma’nonini bildiradi. Shuningdek, portfolio mutaxassisning o‘ziga xos yutuqlari
jamlanmasi vazifasini ham bajaradi. Har bir ta`lim muassasasida pedagog shaxsi asosiy
o’rinni egallaydi. U o’z faoliyatini tashkil qilishda o’quv, ilmiy hamda madaniy-
ma`rifiy tadbirlarni to’g’ri rejalashtirishi, kasbiy pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib
borishda o’zgarib boruvchi zamonaviy talablar tezkor
ravishda moslashib borishi
lozim. Zamonaviy ta`lim muassasalari ta`limning milliy modeliga o’tishida ijodiy
fikrlovchi, ta`limning zamonaviy metod va texnologiyalarini, pedagogik-psixologik
diagnostika
usullarini, aniq amaliy faoliyat asosida pedagogik jarayonni mustaqil
loyihalash usullarini qo’llay oladigan yangi toifadagi o’qituvchilarni talab etadi.
Ma`lumki, mutaxassis kadrlarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi ko’p hollarda
uning ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish qobiliyati, o’zgaruvchan mehnat sharoitiga
moslasha olishiga bog’liq. Ushbu holatlarni e`tiborga olishda o’qituvchi portfoliosi
texnologiyasidan foydalanish muhimdir. Bu an`ana qayerdan paydo bo’ldi? Hayotiy
zaruratmi? “Portfolio” tushunchasi XV-XVI asrlarda G’arbiy Yevropadan kirib kelgan
bo’lib, uyg’onish davrida arxitektorlar o’z buyurtmachilariga qurilish loyihalarini
tayyor va homaki variantlarini "portfolio" deb nomlangan
alohida papkada taqdim
etishgan. Ushbu papkada taqdim etilgan xujjatlar talabgorda qurilish loyihasining
kasbiy sifatlari haqida taassurot hosil qilgan. Hozirgi vaqtda esa biznes olamida
portfolio firmaning yutuqlarini ko’rsatish, fotosuratchi va fotomodellar sohasida esa –
suratlar albomi sifatida ishlatiladi. Portfolioni ta`lim sohasida qo’llash g’oyasi, 80-
yillarning o’rtalarida AQShda paydo bo’ldi. AQSH va Kanadadan so’ng, portfolio
g’oyasi Yevropa
va Yaponiyada ommalashdi, XXI asrning boshlarida esa bu g’oya
Rossiyada keng tarqaldi va hozirgi kunda bu g’oya O’zbekistonda ham keng yoyilgan.
Tarbiyachi portfoliosi – tarbiyachining pedagogik faoliyatida foydalanish
maqsadida o‘zi tayyorlagan yoki to‘plagan hamda tizimga keltirgan metodik
materiallar yig‘indisidir. Mazkur materiallar qog‘oz yoki elektron variantda bo‘lib,
319
prezentatsiyalar, dars ishlanmalari, eletron resurslar, boshqa tarbiyachilarning ilg‘or
ish tajribalar, metodik tavsiyalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Portfolio tarbiyachiga mashgulotlarni qiziqarli va samarali tashkil etish bilan
birgalikda, o‘z hamkasblarining ilg‘or ish tajribalaridan xabardor bo‘lish hamda o‘z
tajribasini ommalashtirish imkonini beradi.Bu tadbirni
nafaqat tarbiyachilari balki,
ta’lim muassasasi rahbarlari hamda barcha fan metodistlari tomonidan ham amalga
maktabgacha ta‘lim muassasalarida oshirilishi tavsiya etiladi.
“Tarbiyachi papkasi” ning strukturasi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Tarbiyachi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar:
Ismi – sharifi;
Ma’lumoti;
Mutaxassisligi;
Pedagogik ish staji;
Tarbiyachilik qilayotgan guruh nomi;
Ish stavkasi;
1.
Tarbiyachining o‘z ustida mustaqil ishlash yo‘nalishi va unga oid materiallar:
Malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi;
Malaka oshirishdagi ijodiy ishlari;
Konferensiyalar, seminar va turli o‘quvlarda ishtiroki;
3. Tarbiyachining muvaffaqiyatlari;
Ilg‘or ish tajribasi, yaratgan yangiliklari, o‘zining mahorati,
mukofotlari, ilmiy
darajasi.
Adabiyotlar:
1.
Avliyakulov N.X., Musaeva N.N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Yangi asr
avlodi, 2003. – 190 b.
2.
Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Tarbiyada innovatsion
texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar).
– T.: “Iste’dod” jamg‘armasi, 2009. – 160 b.
3.
Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – T.: O‘qituvchi,
2004. – 104 b.