1.
Jismoniy:
Qo‘llarni to‘g‘ri va tez harakatlantirish malakasi rivojlanadi.
312
Qo‘l mayda motorikasi rivojlanadi, iroda charxlanadi, tezkorlikka, epchillikka
o‘rganadi.
2.
Ijtimoiy ruhiy:
“Lider” bo‘lishga intiladi.
3.
Ma’naviy:
Harakatli o‘yin orqali milliy ruhni xis qilish, chaqqonlik.
Ta’kidlash joizki, agarda har bir o‘yinga shunday tavsif berilsa, o‘zbek xalq
o‘yinlari va umuman harakatli o‘yinlar ancha yutuqqa ega bo‘ladi.
O‘zbek xalq o‘yinlariga tavsif: Hayoti zarur harakat malakalarini shakllantiruvchi
o‘yinlar:Osilish va osilib chiqish: “Maymunchalar”, “Oq ayiqlar”; yurish,
yugirish:“Quvlashmachoq ”, o‘tirish, turish: “Baqa”, “Tovuq va tulkilar”; to‘xtash
sakrash: “Qarmoqcha”. Jismoniy sifatlari rivojlantiruvchi o‘yinlar: kuch:
“Tortishmachoq” ; tezkorlik: “Kun va tun”; epchillik: “To‘p uchun kurash”, “Lapta”,
“Qirq tosh”, “Besh tosh”.
Ma’lumki o‘zbek xalq o‘yinlari o‘z ichiga harakat jihatidan har xil jismoniy
sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘yinlarni qamrab olgan. Shu bois ularni
yo‘nalishlari bo‘yicha ajrata bilish zarur deb topiladi. Demak ularni tasniflash zarur
o‘rinni egallaydi.
BOLALARDA IJOBIY XISLATLARNI TARKIB TOPTIRISHDA
KITOB O‘QIB BERISH METODIKASIDAN FOYDALANISH
Jo‘rayeva Nargiza Tairovna
“Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va
pedagogikasi” kafedrasi o‘qituvchisi,
Lutfullayeva Odina,Telmonova Toxira
talabalar
Badiiy adabiyotdan foydalaniladigan mashg‘ulotlar g‘oyat osoyishta sharoit
yaratilishini talab etadi. Muhimi, hech narsa bolalarni eshitishdan chalg‘itmasligi
lozim. Mashg‘ulotni tez uyushtirish, uni bolalar adabiyotiga xos sog‘lom, optimistik
xarakterda, xushchaqchaqlik bilan o‘tkazish kerak. Tarbiyachi bolalarni
xushmuomalalik va osoyishtalik bilan o‘tirishga taklif etib, bolalarning qanday
o‘tirganini tekshirib, mashg‘ulotni boshlaydi. Mashg‘ulot boshlangan vaqtdayoq
313
bolalarnshg diqqatini jalb etish juda muhim. Bunga ogohlantirish, po‘pisa qilish(
«Eshitinglar, keyin sizlardan so‘rayman») bilan emas, balki qiziqarli muqaddima so‘zi,
muqaddima suhbati bilan erishish mumkin. Chunki ularda kitob mazmuniga qarab
yorqin surat, topishmoq, bolalar tajribasidan va hokazolardan foydalansa bo‘ladi.
Bolalar bilan o‘qib berishdan oldin va o‘qib berishdan keyin olib boriladigan
dastlabki ish badiiy asarning mazmuniga bog‘liqdir. Ba’zan tarbiyachi muqaddima
so‘zida asarning nomi, avtorning ismi, mavzuni ma’lum qiladi. Masalan, «Bugun men
sizlarga o‘zbek xalq ertaklaridan “Uch og‘ayni botirlar” ni o‘qib beraman».
Mashg‘ulotni
muqaddima
suhbati
bilan
boshlash
mumkin.
Masalan,
S.Ya.Marshakning «O‘n ikki oy» ertagini o‘qib berishdan oldin:
Tarbiyachn: Bolalar, bir yilda necha oy borligini bilasizmi?
Bolalar yoki tarbiyachi: O‘n ikki oy.
Tarbiyachi: U oylar qanday ataladi?
Bolalar oylar nomini aytishadi, tarbiyachi esa, zarurat bo‘lsa, ularning
javoblarini tuzatadi.
Tarbiyachi: Bir oy tugashi bilanoq ikkinchisi boshlanadi. Hech qachon hali fevral,
yanvar tugamasdan kelmagan yoki may oyi aprelni quvib o‘tmagan. Oylar birin-ketin
kelaveradi va hech qachon bir-biri bilan uchrashmaydi. Ammo odamlar tog‘lik o‘lka
— Bogemiyada bir qiz bir vaqtning o‘zida o‘n ikki oyning hammasini ko‘rganligi
haqida hikoya qiladilar. Bu qanday bo‘lgan?
Mana bunday . . .
Keyin tarbiyachi kitobdan o‘qiy boshlaydi.
Ertak o‘qib bo‘lingach, qizcha bir vaqtning o‘zida birdaniga o‘n ikki oyni qanday
ko‘rganini, qiyin vaqtda oylar qizchaga qanday yordam berganligi va boshqalar haqida
suhbat o‘tkazgan ma’qul. Ayniqsa, ahloqiy-estetik va bilish mazmuniga ega bo‘lgan
kitoblarni o‘qib berishda puxta tayyorgarlik talab qilinadi. Ahloqiy-estetik
mazmundagi kitoblar bolalarda ahloqiy sifatlar, hulq-avtorlarning ijobiy formalarini
tarkib toptirishga yordam beradi. Ya Sa’dullaevaning. «G‘isht», “Buvijon”,F.
Musajonovning «To‘lab ber», degan asarlari va boshqalar shunday kitoblar jumlasiga
kiradi. Muhimi, bolalarning kitobni eshitish jarayonidayoq uning g‘oyaviy mazmunini
314
tushunib olishlaridir. Bunda muqaddima suhbati katta rol o‘ynaydi, tarbiyachi bunday
suhbatda bolalar diqqatini eng asosiy, muhim narsalarga jalb etadi
Bilim beruvchi kitoblar har xil bilimlar manbai bo‘libgina qolmay, balki
kishilarning mehnatiga hurmat, tabiatga nisbatan muhabbat va hokazo fazilatlar
tarbiyalash vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi. Shuning uchun kitob bilan ishlashni
shunday yo‘lga qo‘yish g‘oyat muhimki, u bolalarda yuksak ahloqiy sifatlar tarbiyalash
imkonini bersin (masalan, katta guruhda Q. Muhammadiyning «Etik» she’rini o‘qish).
Mashg‘ulotning maqsadi: Bolalarni etikdo‘zning mehnati bilan tanishtirish, o‘z
mehnatiga hammani mamnun etadigan munosabati singari mehnat belgilarini yoritib
berish. Mehnatkashga nisbatan hurmat, uning mehnatini qadrlash xislatlariii
tarbiyalash.
Mashg‘ulotning borishi
Tarbiyachi: Bolalar, oyoq kiyimingizga qarang, ular naqadar chiroyli:
Shahnozada oq tasmali qizil tufli, Alisherda jigar rangdagi tufli (bolalar o‘z oyoq
kiyimlariii ko‘zdan kechiradilar). Bolalar, o‘ylab aytinglar, bunday chiroyli tufli,
shippaklarni sizlar uchun kim tikkan, kim siz uchun harakat qilgan? (bolalarning
javoblari) Bolalar, sizlar va hamma odamlar uchun oyoq kiyiminn kim tikishi haqida
eshitishni istaysizlarmi? Hozir sizlarga o‘zbek shoiri Q. Muhammadiyning «Etik»
she’rini o‘qib beraman.
II.
She’rni ifodali o‘qish.
III.
O‘qigan she’r haqida suhbat:
Tarbiyachi: Salimjonga nimani sovg‘a qilishdi? Nima uchun Salimjonga yangi
etigini ehtiyot qilishni tayinlashdi? Bu etikni kim tikkan? Nima uchun etik bunday
chiroyli va pishiq qilib tikilgan? (odamlar yaxshi tikishga harakat qilishgan) Ustalar
kim uchun bunday yaxshi oyoq kiyiimi tikishga harakat qilishdi? Salimjon nima
deganini aslang-chi
Tarbiyachi bolalar javobidan so‘ng she’rdan quyidagi to‘rtlikni takror o‘qiydi:
«Bilib qo‘y, shuning uchun,
Mehnatlarni hurmatlab,
Qovurg‘ang sinmasin deb,
315
Bosayapman puf-puflab».
Ustalar Salimjon degan bola va boshqa kishilar uchun chiroyli etik tikishga juda
ko‘p mehnat sarflashgan. Bunday chiroyli poyabzalni kiyib, xursand bo‘lishlarini
o‘ylashgan. Salimjonga ham yangi etik juda yoqdi va u etikni ehtiyot qildi. Eslang-chi,
u etigiga qanday qarardi. Nima uchun etigi doimo toza va yaltirab turar edi? Xo‘sh,
sizlar uchun ustalar — etikdo‘zlar tayyorlagan oyoq kiyimingizga o‘zlaringiz qanday
qaraysiz? Uni qanday saqlash lozim? She’r o‘qib bo‘lingandan keyin bolalarning
asarni yaxshiroq eslab qolishlari hamda o‘z hayotiy tajribalari bilan bog‘lashlari uchun
ham ular bilan suhbat o‘tkaziladi. Agar bolalarning o‘yinlari haqidagi kitob o‘qib
berilsa, o‘qib bo‘lingandan so‘ng kitobda faqat nima yozilganligi haqidagina emas,
balki bolalarning uyda va bog‘chada nimani qanday o‘ynashlari haqida ham gaplashib
olish lozim.
O‘qilgan materialni mustahkamlash usullari. Bolalarga o‘qilgan asarni chukurroq
o‘zlashtirib olishda, eslab qolishda yordam berish uchun tarbiyachilar turli metodik
usullardan: takroriy o‘qib berish, hikoya qilib berish, dramalashtirish va boshqa
usullardan foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |