326
aylandi. Shu yillar mobaynida yurtimizda mazkur sohani rivojlantirishning mustahkam
huquqiy-institutsional asoslari yaratildi. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog‘cha
yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olishdan iborat
va biz bunga albatta erishamiz”, - deb ta’kidlagan edi.
Kasb-hunarga yo'naltirish ishlarining muhim yo'nalishlaridan biri bu
professional ma'lumotdir. Bola kasblar dunyosi qanchalik xilma-xilligini, ularning har
biri o'ziga xosligini tushunishi kerak. Shunga ko’ra,
maktabgacha katta yoshdagi
bolalarda kasb tanlashga qiziqishlarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi. Bolalarning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularni
kelajakda turli kasblarni tanlashga qiziqishlarini shakllantirish lozim.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kasb tanlashga qiziqishlarni
shakllamntirishning turli yo’llari mavjud. Bularga mashg’ulotlar, sayr va
ekskursiyalar, bayram ertaliklari, kasb egalari bilan suhbatlarni
misol qilib olish
mumkin. Bolalarda kasbga qiziqshni shakllantirishning eng yaxshi usuli bu o’yindir.
O’yinlarni biz turli guruhlarga, turkumlarga ajratganmiz: qoidali va ijodiy o’yinlar.
Ijodiy o’yinlarni bolalarning o’zlari o’ylab topishadi. Unda o’yin qoidalari bo’lmaydi.
Qoidali o’yinlarning mazmuni va qoidasi kattalar tomonidan belgilanadi. Qoidali
o’yinlarga quyidagilar kiradi: didaktik o’yinlar, harakatli o’yinlar, musiqaviy o’yinlar,
ermak o’yinlari.
Ammo hozirgi kunda biz asosan biladigan va foydalaniladigan o’yinlar sirasiga
yangi elektron o’yinlar ham kirib kelmoqda. Elektron o’yinlarga biz kompyuter
o’yinlari va mobil o’yinlarni kiritamiz. Bunday o’yinlar ma’lum bir dastur asosida
yaratiligan bo’ladi. Aynan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo’ljallangan o’yinlar
ham ishlab chiqilgan.
Xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni kasbga qiziqishlarini shakllantirishga
qaratilgan electron o’yinlarga fermerlik, dehqonchilik, quruvchilik, oshpaz, o’qituvchi,
tikuvchi, bog’bon va boshqa kasblarga mo’ljallangan o’yinlarni olishimiz mumkin.
Bunday o’yinlarda bolalar kasb doirasida vazifalarni bajaradilar. Masalan, bog’bon
327
bo’lib, belgilangan vaqt ichida bog’ga gullar ekadi, unga suv qo’yadi,
tagini
yumshatadi, o’sgan paytda ularni uzib olib, bozorga sotishga olib boradi. Elektron
o’yinlarni o’ynash va undagi vazifalarni virtual tarzda belgilangan vaqtda sabr-toqat
bilan bajarishga harakat qiladilar.
Elektron o’yinlarni bajarish orqali bolalarda kattalar mehnatiga hurmat, ularning
kasbiga qiziqish, mehnatni qadrlash, vazifani o’z vaqtida to’g’ri bajarish, o’zining
natijasidan zavqlanish kabi ahloqiy-estetik tuyg’ular shakllanadi.
Bolalar kasblar
haqidagi tushuncha, bilimga ega bo’lishi bilan birga, bu boradagi bilimlari virtual
tarzda mustahkamlaydilar. Shu bilan birga, bolalarda zamonaviy axborot
texnolgiyalardan to’g’ri foydalana olish ko’nikmasishakllanadi.
Ammo bunday electron o’yinlardan foydalanishning o’ziga yarasha talablari va
shartlari bor:
1.
Bolaga beriladigan elektron o’yinlar uning yoshiga mos bo’lishi va
uning
ruhiyatiga zarar yetkazmasligi yani tajovuzkor, vahshiy o’yin bo’masligi lozim;
2.
Elektron o’yinlarning o’ynash vaqti 5-10 daqiqadan oshmasligi lozim;
3.
Elektron o’yinlar bolaning aqli, tafakkuri, tasavvuri, dunyoqarashi va
nutqini o’stirishga
xizmat qilishi shart;
4.
Elektron o’yinlarni tanlashda o’yinning mazmuni, usdagi qahramonlar
ko’rinishi, voqelar rivojiga, tarbiyaviy ahamiyatni hisobga olinadi;
5.
Elektron o’yinlar bolaga zavq va quvonch berish bilan birga, kattalar
mehnatiga nisbatan hurmat va qizishni tarbiyalashi lozim.
6.
Elektron o’yinlardan foydalanish borasida eng avvalo, tarbiaychi avborot
texnologiyalarni yaxhi egallagan bo’lishni talab etadi;
7.
Elektron o’yinlardan haftada 1-2 marta foydalanish tavsiya etiladi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda bolalarga ta’lim-tarbiya berishda ta’lim
jarayoniga yangi zamonaviy axborot texnologiyalarini kirib kelishi va ularning joriy
qilinishi tizimni rivojlanishiga olib keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni kasb
tanlashga qiziqishlarni shakllantirishda electron o’yinlardan foydalalanish juda
yaxshi
samara beradi. Faqatgina, zarur taablar va shartlarga rioya qilinsagina, biz kutgan
natijaga erisha olamiz.