KITOBLAR BIZNING DO‘STIMIZ
Jo‘rayeva Nargiza Tairovna
“Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va
pedagogikasi” kafedrasi o‘qituvchisi,
Shavkatova Shaxnoza, Dehqonova Risola
talabalar
Maqsad: Bolalarga kitoblarni sevishga, ularni avaylab-asrashga o‘rgatish. Kitob
turlari, ular nimalardan tashkil topganligi, jihozlari, kitob yaratish mehnati haqidagi
bilimlarini mustahkamlash. Kutubxona, kutubxonachi haqidagi ilk tasavvurlarini
boyitish. Lug‘atini tabiatga doir bilimlar bilan boyitish, meva va sabzavotlarni
turkumga ajratib, javoblarini mustaqil izohlashga odatlantirish, bolalarda diqqatni
jamlash, fikrini erkin bayon etishga intilishni rivojlantirish. Fazoviy idrokini
takomillashtirish.
316
Mashg‘ulotning jihozlari : Kutubxona maketi, kitoblar, rasm-suratlar,
«O‘yla,izla,top!», «Bosh tovushidan top!», «Nima ortikcha?», «Nima yeydi» kabi
o‘yin turlari.
Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi: Bolalar, diqqat qilib tinglang, hozir sizga
Abdulla Oripovning «Ona tilimga» she’rini o‘qib beraman.
Ming yildirki, bulbul kalomi.
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha,
Ammo sho‘rlik tutining xoli.
O‘zgalarga taqlid hamisha,
Ona tilim, sen borsan, shaksiz
Bulbul ko`yin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kunda, shubhasiz
Men xam tuti bo‘lib qolaman.
Bolalar, she’r mazmunini tushundingizmi? U nima haqida ekan? Biz o‘zbek
farzandlarimiz. Bizning ona tilimiz – o‘zbek tili. Biz til o‘rganganimizda nima zarur
bo‘ladi? Albatta, kitoblar kerak bo‘ladi. Hoziri sizlarga kutubxona haqida so‘zlab
beraman. Kutubxona kitoblar turadigan, saqlanadigan joy, u yerdan hohlagan kitobni
olib o‘qish mumkin. Kitoblarni o‘qib bo‘lib, yana kutubxonaga qaytib berish kerak,
uni ayab, yirtmay, varaqlariga chizmasdan o‘qiymiz. Kutubxonaga topshirgan
kitoblarimizni bizdan keyin yana boshqa odamlar so‘rab olishadi. Bolalar, qo‘limdagi
rasmlarga qarangchi, bu «Qaysi jonivor nima yeydi?» o‘yiniga chizilgan rasmlar.
Rasmlarini diqqat bilan ko‘rib chiqsangiz, ertaklarni eslaysiz, Kani, kim topag‘on
ekan? (Bolalar rasmlarni kuzatib, tulkiga baliq, quyonga sabzi, echkiga karam berish
kerakligini aytishadi, ertakning nomini topishadi) Barakalla, sabzavotlarni nomlab,
ularning shakli, rangi, o‘sishi haqida ham aytib bera olasizmi? Rahmat,
mashg‘ulotlarda o‘rganganlarimiz esingizdan chiqmabdi. Sabzavotlarning foydalari
ham esingizdami? Topishmoqlarning javobini kim aytadi?
Makonidir dalalar
Yer tagida bolalar (kartoshka)
O‘rmasada- yig‘latadi (piyoz)
317
Qat-qat tunli
Qarich bo‘yli (karam)
Yer tagida
Oltin qoziq (sabzi)
- Endi esa, rangiga qarab iplarni bog‘lab chiqamiz. Bu yerda nimalar
tasvirlangan? Bosh tovushlari biri xil bo‘lgan rasmlarni topib, rangli ip bilan
birlashtiramiz.(topshiriq bajariladi)
Bolalar, sabzini qaysi hayvon yaxshi ko‘radi. Quyonchaga o‘xshab sakrangchi,
Oq quyon, oppoq quyon,
Qaraydi u yon- bu yon.
Quyon bo‘lib sakraymiz,
Va darrov o‘tiramiz.
Mustahkamlash: Bolalar kitob haqida o‘rgangan she’rlarini yoddan o‘qib
berishadi.
Mashg‘ulotning yakuni: Bolalar faoliyatini baholab, rag‘batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |