Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


«MEVA VA SABZAVOTLARNI FARQLAYMIZ»



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

«MEVA VA SABZAVOTLARNI FARQLAYMIZ»
Jo‘rayeva Nargiza Tairovna 
“Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va 
pedagogikasi” kafedrasi o‘qituvchisi, 
Tashlanova Muxlisa, Ro‘zmatova Maftuna 
talabalar

 
Mashg‘ulot maqsadi
: Bolalarning tevarak - atrofga doir tushuncha va bilimlarini 
chuqurlashtirish, so‘z boyligini oshirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi, badiiy 
asardan zavqlanish ko‘nikmasini shakllantirishda davom etish. Son-sanoq, geometrik 
shakllar haqidagi tushunchalarini mustahkamlash, matematika mashg‘ulotda egallagan 
bilimlarini faollashtirish. Bolalarda kattalar mehnatiga hurmat hissini rivojlantirish. 
Applikatsiya orqali sabzavot va mevalarni tasvirlash malakasini o‘stirish, tartibli 
ishlash, ish jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini faollashtirish. Sabzavot va 


308 
mevalar nomi, turi, ishlatilishiga doir bilimlarini og‘zaki bayon etish ko‘nikmasini 
mustahkamlash. Mantiqiy savol – topshiriqlarni bajarishda mustaqil fikrlash va uni 
erkin bayon etish madaniyatini rivojlantirish, tabiatga doir tushunchalarini 
umumlashtirishda yordam berish. 
Kerakli jihozlar: proektor, ekran, slaydlar, sabzavotlar va mevalarning asli hamda 
mulyaji, xaltacha, suratli kartochkalar, tarelka, sabzavot va meva bo‘laklari, cho‘p, oq 
qog‘oz, yelim, mo‘yqalam, salfetka, ta’limiy o‘yinlar, mantiqiy o‘yinlar kitobchalar. 
Mashg‘ulotda bolalar faoliyatlarining o‘zaro bog‘lanishi:
AKT dan foydalanish,
badiiy adabiyot,
matematik tasavvurlar,
jismoniy rivojlantirish,
tevarak –atrof tushunchalari 
mantiqiy fikrlash,
tasviriy faoliyat,
ta’limiy o‘yinlar,
mantiqiy o‘yinlar . 
Mashg‘ulotning borishi: Bolalar, bugun bizning o‘yin va mashqlarimizni ko‘rgani 
kelgan mehmonlarimiz bilan salomlashamiz. Qarang, ular bizlarga juda qiziq sovg‘a 
bilan kelishibdi. (Proektor orqali qish fasliga doir tasvirlar bo‘yicha savol- javob 
o‘tkaziladi). Bolalar aytingchi, qish faslida kasal bo‘lib qolmaslik uchun biz qaysi 
meva va sabzavotlardan ko‘proq iste’mol qildik. Ha, piyoz, sarimsoq, limon va olmalar 
juda foydali. Piyoz va sarimsoq haqida bir so‘z bilan nima deb aytamiz? - sabzavot. 
Olma bilan limon-chi? –meva. Qarang, stolda meva va sabzavotlar ko‘p ekan, ularning 
nomi, qaerda o‘sishi, shakli va rangini aytib beramiz. 
Endi, mana bu rasmli kartochkalarni oling. Ularda nimalar tasvirlangan? Kaerda 
pishadi? Mevalarni kim yetishtiradi? Sabzavotlarni kim o‘stiradi? Kartochkalarni 
tegishli joyga qo‘yib chiqamiz.(shu yo‘l bilan bolalar ikki guruhchaga bo‘linib 
qolishadi “Mevalar”, “Sabzavotlar”) Men shu sabzavot va mevalar haqida topishmoq 
aytaman, siz javoblarini aytasiz. (AKT dan foydalanish). Bolalar, siz bu meva va 


309 
sabzavotlar haqida she’rlar yod olgansiz, aytib berasizmi?(guruhcha turiga qarab 
she’rlar aytib berishadi) 
She’rlarni yaxshi yodlab olibsiz. Xozir esa “Ajoyib xaltacha” o‘yinini o‘ynaymiz. 
O‘yin qoidasini bilib oling. (qoidasi tushuntiriladi). Qo‘lingizga ilingan narsaning
meva yoki sabzavotligi, shaklini aytib, keyin bizga ko‘rsating. Mevalarni bu stolga 
qo‘yamiz, sabzavotlarni esa bu stolga. Bolalar, keling, mashq bajarib ozgina dam 
olamiz. 
(
fiz. daqiqa) 
Sabzi, piyoz, kartoshkani yig‘ib oldik polizdan. (1-marta bajarganda tizzalar 
bukilmasdan, qo‘llar pastga uzatiladi, 2- marta bajarilganda tizzalarni bukib 
o‘tirishadi) 
Olma, o‘rik, shaftolini yig‘amiz bog‘imizdan (1- marta bajarishganda turgan 
joylarida qo‘llarini tepaga uzatishadi, 2- marta bajarishda oyoqlar uchiga 
ko‘tarilishadi). 
Mashq sizlarga yoqdimi? Navbatdagi o‘yinimiz: “Nimani olib qo‘ydim?” Stol 
atrofiga kelinglar, bu yerda meva va sabzavotlar aralash turibdi, yaxshilab ko‘rib oling. 
Endi orqa o‘girib turamiz. Men ulardan birini olib qo‘yaman, siz qaysini olganimni 
topib, aytasiz. (3-4 marta o‘tkaziladi). 
Bolalar, ko‘zingizni yumib turing sizlarga sabzavot va meva bo‘laklarini beramiz, 
mazasidan topib aytasiz. (bolalarga tarelkalarga kesib tayyorlangan sabzavot va meva 
bo‘laklari maxsus cho‘plarga ilib beriladi. Bolalar ko‘zlari yumuq holda bu qaysi meva 
yoki sabzavotligini, nomini, pishirilganligi yoki xomligini aytishadi.)
Bolalar, stol atrofiga o‘tiring, Hozir xohlagan usulingizda sabzavot mevalar 
tasvirini xosil qilishingiz mumkin, kim rasm chizmoqchi? Applikatsiya qilishni kim 
xohlaydi, marhamat, boshlang.( Bolalarga kerakli jihozlar beriladi, ular ishlayotganda 
shu meva va sabzavotlar, ularning yetishtirilishi, kim yetishtirishi, nimaga ishlatilishi, 
rangi, shakli... haqida savollar berib turiladi). 
Sizlarga bugungi o‘yinlarimizning qaysilari yoqdi?. Sabzavot va mevalar haqida 
bilib olganlaringiz va o‘rganib olganlariningni uyda ham mustahkamlashingiz uchun 
sizlarga kitobchalar beraman. Ustiga nima chizilgan bo‘lsa, davom ettirib, xohlasangiz 
chizing, xohlasangiz applikatsiya qiling, keyin olib kelsangiz, jihozlarimizga qo‘shib 


310 
qo‘yamiz. Mashg‘ulotlarimizda yana o‘ynaymiz. Sizga ota-onangiz, aka-opalaringiz 
yordam berishlari mumkin. Vazifa tushunarlimi. Unday bo‘lsa, mehmonlar bilan 
xayrlashib, guruhimizga boramiz.

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish