Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

 
1. 
Jismoniy:
 

Qo‘llarni to‘g‘ri va tez harakatlantirish malakasi rivojlanadi. 


312 
Qo‘l mayda motorikasi rivojlanadi, iroda charxlanadi, tezkorlikka, epchillikka
o‘rganadi.
2. 
Ijtimoiy ruhiy:
 

“Lider” bo‘lishga intiladi.
3. 
Ma’naviy:
 
Harakatli o‘yin orqali milliy ruhni xis qilish, chaqqonlik. 
Ta’kidlash joizki, agarda har bir o‘yinga shunday tavsif berilsa, o‘zbek xalq 
o‘yinlari va umuman harakatli o‘yinlar ancha yutuqqa ega bo‘ladi.
O‘zbek xalq o‘yinlariga tavsif: Hayoti zarur harakat malakalarini shakllantiruvchi 
o‘yinlar:Osilish va osilib chiqish: “Maymunchalar”, “Oq ayiqlar”; yurish, 
yugirish:“Quvlashmachoq ”, o‘tirish, turish: “Baqa”, “Tovuq va tulkilar”; to‘xtash 
sakrash: “Qarmoqcha”. Jismoniy sifatlari rivojlantiruvchi o‘yinlar: kuch: 
“Tortishmachoq” ; tezkorlik: “Kun va tun”; epchillik: “To‘p uchun kurash”, “Lapta”, 
“Qirq tosh”, “Besh tosh”. 
Ma’lumki o‘zbek xalq o‘yinlari o‘z ichiga harakat jihatidan har xil jismoniy 
sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘yinlarni qamrab olgan. Shu bois ularni 
yo‘nalishlari bo‘yicha ajrata bilish zarur deb topiladi. Demak ularni tasniflash zarur 
o‘rinni egallaydi. 
BOLALARDA IJOBIY XISLATLARNI TARKIB TOPTIRISHDA
KITOB O‘QIB BERISH METODIKASIDAN FOYDALANISH 
 
Jo‘rayeva Nargiza Tairovna 
“Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va 
pedagogikasi” kafedrasi o‘qituvchisi,
Lutfullayeva Odina,Telmonova Toxira 
talabalar 
 
Badiiy adabiyotdan foydalaniladigan mashg‘ulotlar g‘oyat osoyishta sharoit 
yaratilishini talab etadi. Muhimi, hech narsa bolalarni eshitishdan chalg‘itmasligi 
lozim. Mashg‘ulotni tez uyushtirish, uni bolalar adabiyotiga xos sog‘lom, optimistik 
xarakterda, xushchaqchaqlik bilan o‘tkazish kerak. Tarbiyachi bolalarni 
xushmuomalalik va osoyishtalik bilan o‘tirishga taklif etib, bolalarning qanday 
o‘tirganini tekshirib, mashg‘ulotni boshlaydi. Mashg‘ulot boshlangan vaqtdayoq 


313 
bolalarnshg diqqatini jalb etish juda muhim. Bunga ogohlantirish, po‘pisa qilish( 
«Eshitinglar, keyin sizlardan so‘rayman») bilan emas, balki qiziqarli muqaddima so‘zi, 
muqaddima suhbati bilan erishish mumkin. Chunki ularda kitob mazmuniga qarab 
yorqin surat, topishmoq, bolalar tajribasidan va hokazolardan foydalansa bo‘ladi. 
Bolalar bilan o‘qib berishdan oldin va o‘qib berishdan keyin olib boriladigan 
dastlabki ish badiiy asarning mazmuniga bog‘liqdir. Ba’zan tarbiyachi muqaddima 
so‘zida asarning nomi, avtorning ismi, mavzuni ma’lum qiladi. Masalan, «Bugun men 
sizlarga o‘zbek xalq ertaklaridan “Uch og‘ayni botirlar” ni o‘qib beraman». 
Mashg‘ulotni 
muqaddima 
suhbati 
bilan 
boshlash 
mumkin. 
Masalan, 
S.Ya.Marshakning «O‘n ikki oy» ertagini o‘qib berishdan oldin: 
Tarbiyachn: Bolalar, bir yilda necha oy borligini bilasizmi? 
Bolalar yoki tarbiyachi: O‘n ikki oy. 
Tarbiyachi: U oylar qanday ataladi? 
Bolalar oylar nomini aytishadi, tarbiyachi esa, zarurat bo‘lsa, ularning
javoblarini tuzatadi. 
Tarbiyachi: Bir oy tugashi bilanoq ikkinchisi boshlanadi. Hech qachon hali fevral,
yanvar tugamasdan kelmagan yoki may oyi aprelni quvib o‘tmagan. Oylar birin-ketin 
kelaveradi va hech qachon bir-biri bilan uchrashmaydi. Ammo odamlar tog‘lik o‘lka 
— Bogemiyada bir qiz bir vaqtning o‘zida o‘n ikki oyning hammasini ko‘rganligi 
haqida hikoya qiladilar. Bu qanday bo‘lgan? 
Mana bunday . . . 
Keyin tarbiyachi kitobdan o‘qiy boshlaydi. 
Ertak o‘qib bo‘lingach, qizcha bir vaqtning o‘zida birdaniga o‘n ikki oyni qanday 
ko‘rganini, qiyin vaqtda oylar qizchaga qanday yordam berganligi va boshqalar haqida 
suhbat o‘tkazgan ma’qul. Ayniqsa, ahloqiy-estetik va bilish mazmuniga ega bo‘lgan 
kitoblarni o‘qib berishda puxta tayyorgarlik talab qilinadi. Ahloqiy-estetik 
mazmundagi kitoblar bolalarda ahloqiy sifatlar, hulq-avtorlarning ijobiy formalarini 
tarkib toptirishga yordam beradi. Ya Sa’dullaevaning. «G‘isht», “Buvijon”,F. 
Musajonovning «To‘lab ber», degan asarlari va boshqalar shunday kitoblar jumlasiga
kiradi. Muhimi, bolalarning kitobni eshitish jarayonidayoq uning g‘oyaviy mazmunini 


314 
tushunib olishlaridir. Bunda muqaddima suhbati katta rol o‘ynaydi, tarbiyachi bunday 
suhbatda bolalar diqqatini eng asosiy, muhim narsalarga jalb etadi 
Bilim beruvchi kitoblar har xil bilimlar manbai bo‘libgina qolmay, balki 
kishilarning mehnatiga hurmat, tabiatga nisbatan muhabbat va hokazo fazilatlar 
tarbiyalash vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi. Shuning uchun kitob bilan ishlashni 
shunday yo‘lga qo‘yish g‘oyat muhimki, u bolalarda yuksak ahloqiy sifatlar tarbiyalash 
imkonini bersin (masalan, katta guruhda Q. Muhammadiyning «Etik» she’rini o‘qish). 
Mashg‘ulotning maqsadi: Bolalarni etikdo‘zning mehnati bilan tanishtirish, o‘z 
mehnatiga hammani mamnun etadigan munosabati singari mehnat belgilarini yoritib 
berish. Mehnatkashga nisbatan hurmat, uning mehnatini qadrlash xislatlariii
tarbiyalash. 
Mashg‘ulotning borishi 
Tarbiyachi: Bolalar, oyoq kiyimingizga qarang, ular naqadar chiroyli: 
Shahnozada oq tasmali qizil tufli, Alisherda jigar rangdagi tufli (bolalar o‘z oyoq 
kiyimlariii ko‘zdan kechiradilar). Bolalar, o‘ylab aytinglar, bunday chiroyli tufli,
shippaklarni sizlar uchun kim tikkan, kim siz uchun harakat qilgan? (bolalarning 
javoblari) Bolalar, sizlar va hamma odamlar uchun oyoq kiyiminn kim tikishi haqida 
eshitishni istaysizlarmi? Hozir sizlarga o‘zbek shoiri Q. Muhammadiyning «Etik» 
she’rini o‘qib beraman. 
II. 
She’rni ifodali o‘qish. 
III. 
O‘qigan she’r haqida suhbat: 
Tarbiyachi: Salimjonga nimani sovg‘a qilishdi? Nima uchun Salimjonga yangi 
etigini ehtiyot qilishni tayinlashdi? Bu etikni kim tikkan? Nima uchun etik bunday 
chiroyli va pishiq qilib tikilgan? (odamlar yaxshi tikishga harakat qilishgan) Ustalar 
kim uchun bunday yaxshi oyoq kiyiimi tikishga harakat qilishdi? Salimjon nima 
deganini aslang-chi 
Tarbiyachi bolalar javobidan so‘ng she’rdan quyidagi to‘rtlikni takror o‘qiydi: 
«Bilib qo‘y, shuning uchun, 
Mehnatlarni hurmatlab, 
Qovurg‘ang sinmasin deb, 


315 
Bosayapman puf-puflab». 
Ustalar Salimjon degan bola va boshqa kishilar uchun chiroyli etik tikishga juda 
ko‘p mehnat sarflashgan. Bunday chiroyli poyabzalni kiyib, xursand bo‘lishlarini 
o‘ylashgan. Salimjonga ham yangi etik juda yoqdi va u etikni ehtiyot qildi. Eslang-chi, 
u etigiga qanday qarardi. Nima uchun etigi doimo toza va yaltirab turar edi? Xo‘sh, 
sizlar uchun ustalar — etikdo‘zlar tayyorlagan oyoq kiyimingizga o‘zlaringiz qanday 
qaraysiz? Uni qanday saqlash lozim? She’r o‘qib bo‘lingandan keyin bolalarning 
asarni yaxshiroq eslab qolishlari hamda o‘z hayotiy tajribalari bilan bog‘lashlari uchun 
ham ular bilan suhbat o‘tkaziladi. Agar bolalarning o‘yinlari haqidagi kitob o‘qib 
berilsa, o‘qib bo‘lingandan so‘ng kitobda faqat nima yozilganligi haqidagina emas, 
balki bolalarning uyda va bog‘chada nimani qanday o‘ynashlari haqida ham gaplashib 
olish lozim. 
O‘qilgan materialni mustahkamlash usullari. Bolalarga o‘qilgan asarni chukurroq 
o‘zlashtirib olishda, eslab qolishda yordam berish uchun tarbiyachilar turli metodik 
usullardan: takroriy o‘qib berish, hikoya qilib berish, dramalashtirish va boshqa 
usullardan foydalanadilar. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish