Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


MAKTABGACHA YOShDAGI BOLALARNING JISMONIY



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

 
MAKTABGACHA YOShDAGI BOLALARNING JISMONIY 
RIVOJLANISHIDA MILLIY XALQ O‘YINLARINING AHAMIYATI. 
 
Jo‘rayeva Nargiza Toirovna 
“Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va 
pedagogikasi” kafedrasi o‘qituvchisi, 
Miraliyeva Nozima, Raximberganova 
Xusnibonu 
talabalar 
Yosh avlodni har tomonlama kamol topgan, yetuk, jismoniy sog‘lom, baquvvat 
qilib tarbiyalash hozirgi davrimizning eng muhim vazifalaridan biridir. Shunday ekan 
kelajagimiz bo‘lmish bolaning ilk yoshlik chog‘idan boshlab ularning o‘sishi va 
tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanish ta’lim-tarbiya usuli va vositalaridan unumli 
foydalanish joizdir.
Tarbiya vositalari xaqida gapirar ekanmiz, bolalar uchun eng sevimli va quvonchli 
vosita bo‘lgan o‘yinning o‘rni beqiyosdir.
Milliy o‘yinlar bolalarning kuch va qobiliyatlarini o‘stiradi, ularni hayotga 
tayyorlaydi. Xalq og‘zaki ijodining boshqa janrlari kabi milliy harakatli o‘yinlar ham 
uzoq tarix osha bizgacha yetib kelgan. Milliy o‘yinlar orqali bolaning nutqi o‘sadi, 
aqliy qobliyati rivojlanadi. Jismonan epchil va baquvvat bo‘lib o‘sishi ta’minladi.
Milliy va harakatli o‘yinlar bolalarni iymonli, e’tiqodli, aqliy barkamol, sog‘lom 
qilib tarbiyalashda yordam beradi. Milliy o‘yinlarni xalq yaratgan, shuning uchun ular 
asrlar osha yashayveradi.
Xalq o‘yinlari bolalarning estetik didini oshiradi, odobli, ahloqli qilib 
tarbiyalaydi. Ularning til boyligini, eslash qobliyatini, ongini rivojlantiradi. Bolalar 
chek tanlash, sanash, qo‘shiq, she’r aytish orqali chaqqon va ziyrak bo‘lib o‘sadi.
Milliy harakatli o‘yinlarni mashg‘ulotlar davomida qo‘llash bolalarda katta 
qiziqish uyg‘otadi, ularni kayfiyati va boshqa ruhiy sifatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Ushbu holatlar esa organizmda charchash asoratlarni ertaroq vujudga kelishiga yo‘l 
qo‘ymaydi, zo‘riqish holatlarini oldini oladi.


311 
Tariximizdan meros bo‘lib qolgan o‘zbek xalq milliy o‘yinlari hayotda tadbiq 
etishga kengroq yo‘l ochib berilishi, uni ommaviy tus oldirishi, oilada, maktabgacha 
ta’lim muassasalarida, maktablarda, dam olish joylarida, xar xil marosim va 
bayramlarda uni tashkillashtirish o‘sib kelayotgan yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etish 
muqarrardir. Milliy xalq o‘yinlari qadim-qadim zamonlardan boshlab, xalq 
marosimlarida, rasm-rusmlarida va urf-odatlarda mustaqil bir soha sifatida 
musobaqalarda keng qo‘llangan. Jismoniy tarbiya xalqning urf-odatlarida, udum va 
rasm-rusumlarida shakllanib, ming yillar davomida rivojlanib, takomillashib kelgan. 
Xalq milliy o‘yinlari ming yillar davomida bizgacha yetib kelgan o‘zbek milliy xalq 
o‘yinlari “Otda chopish”, “Uloq”, “ Kamonda otish”, “Ho‘roz jangi”, “Besh tosh”, 
“Sapalak”, “Kurash”, “Kim tez o‘raydi”, “Chillak” kabi va boshqa o‘yinlar orqali 
botirlik, epchillik, muvozanatni saqlash sifatlarini rivojlantirishda, hamda qaddi - 
qomatni shakllantirish, ahloq- odob, ong, xotira, diqqat kabi xislatlarni sayqal 
toptirishda va albbatda sog‘liqni mustahkamlashda eng samarali vosita bo‘lib kelgan. 
Ish tajribasidan “Kim o‘raydi” o‘yini 
O‘yin maqsadi:
Bolalarni tezkorlikka, epchilikka o‘rgatish ularning jismoniy rivojlanishini 
oshirish. 
O‘yin jihozlari uchun jihozlar.
 
Ikki bo‘lak arqon, uzunligi 4-5 metr, to‘rta chillak , qalinligi 3 sm. 
O‘yinning borishi 
O‘yinda 6-8 nafar bola, to‘rt guruhga bo‘linib o‘ynashadi. 
O‘yin uchun ikki bo‘lak arqon uzunligi 3-4 metr va to‘rtta chillak kerak bo‘ladi.
Bolalarni to‘rt tomonda qarama-qarshi shaklda joylashtiriladi. To‘rt tomondan 
bolalar “boshla” deyishi bilan arqoni o‘rab markazga qarab kelishadi. Markazga kim 
birinchi yetib kelsa, o‘sha bola g‘olib hisoblanadi. 
O‘yin jarayonidagi erishilgan natija 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish